ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Diqqat_loyiha

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va Davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi regulation.adliya.uz portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

🗓 Loyihada 2 ta eng muhim masala nazarda tutilgan:

1. Murojaatnomada ta’kidlangan sohalar bo‘yicha:

▪️ davlat siyosatining asosiy yo‘nalish va ko‘rsatkichlari belgilab berilmoqda;
▪️ 5 ta ustuvor yo‘nalish doirasida alohida-alohida Islohotlar dasturlari (78 ta tashabbus) tasdiqlanmoqda;
▪️ Islohotlar dasturlari ijrosini tashkil etish hamda nazorat qilishning mexanizmlari va mas’ullari belgilab berilmoqda;

2. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish bo‘yicha quyidagilardan iborat bo‘lgan Davlat dasturi tasdiqlanmoqda:

▫️ amaliy chora-tadbirlar rejalari (306 ta tadbir);
▫️ 2026-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar (60 ta) va Strategik qonunchilik hujjatlari (13 ta) ro‘yxatlari.

❗️Ushbu muhokamada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.

👉 Havola orqali o‘tib, Farmon loyihasi matni bilan tanishishingiz mumkin!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5🔥1👏1
Forwarded from ADLIYA YANGILIKLARI
#So'rovnoma

📣 Hurmatli kuzatuvchi, adliya organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!

💬 So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu 👉 havolaning 👈 ustiga bosing!

❗️Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🇺🇿🤝🇰🇷 O‘zbekiston–Koreya hamkorligida milliy intellektual mulk tizimini takomillashtirish loyihasi amaliy bosqichga o‘tmoqda

Bugun, Adliya vazirligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida amaliy va ishchi uchrashuvlar haftaligi o‘z ishini boshladi.

🔹Mazkur tadbirlar doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov hamda Koreya Intellektual mulk vazirligining Intellektual mulk sohasida axborot siyosati byurosi direktori Jo Xvan Jang o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuvda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, raqamlashtirish jarayonlari, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Axborot 24 | Prezidentimizning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi yuzasidan e’lon

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
🇺🇿🤝🇰🇷 O‘zbekiston–Koreya hamkorligida milliy intellektual mulk tizimini takomillashtirish loyihasi amaliy bosqichga o‘tmoqda

Bugun, Adliya vazirligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

🔹Ochilish marosimidan so‘ng loyiha doirasida intellektual mulk sohasidagi jarayonlarni raqamlashtirish va tizimlarni takomillashtirish yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokamalar olib borildi hamda tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni amaliy jihatdan muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔹Koreya delegatsiyasi vakillarining tashrifi 2026-yil 26-yanvardan 3-fevralga qadar davom etib, unda ma’lumotlar xatoliklarini aniqlash va tozalash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari va tovar belgilari bo‘yicha ma’lumotlar bilan ishlash, shuningdek sun’iy intellektni o‘rgatish uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalalari qamrab olinadi.

🔹Mazkur tadbirlar loyihani amaliy bosqichga o‘tkazish, intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat ekspertizasi jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur texnik va tashkiliy masalalarni kelishib olishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun: 2024-yil iyun oyida KOICA tomonidan e’lon qilingan “Mamlakatlar bo‘yicha loyihalar va dasturlar” dasturi doirasida mazkur “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi g‘olib deb topilgan.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍4👏1