ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Advokatlar palatasi va Adliya vazirligi hamkorligida qonun loyihasi muhokamasi bo'lib o'tdi

🔹“Advokatura institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

🔹Unda Adliya vazirligi vakillari, Advokatlar palatasi mas'ul xodimlari va Advokatlar palatasining barcha hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda xodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbatini o'tkazishdan asosiy maqsad, advokatura institutini yanada takomillashtirish, uni raqamlashtirish, sohaga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirishdan iborat.


🔹Tadbirda qonun loyihasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga oid 30 dan ortiq takliflar muhokama qilindi va ishtirokchilar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥3
2👍2👏2🔥1
#Adliya_sarhisob

Norma ijodkorligida jamoatchilik ishtiroki

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥54👍2
#Adliya_sarhisob

Advokatura va yuridik xizmat

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍32👏2
5👍3👏2
#Huquqiy_aksiya
#Mulk_huquqlari_kafolatlari

✍️ “Mulk huquqlari kafolatlari” oyligi doirasida fuqarolarni mulk huquqlari bilan bog'liq muammolarini o'rganish yuzasidan so‘rovnoma tashkil etildi.

📊 So‘rovnoma orqali fuqarolarning mulk huquqlariga oid muammolari, amaliyotda uchrayotgan kamchiliklar hamda taklif va fikrlari o‘rganiladi.

👉 Olingan natijalar asosida tegishli choralar ko‘rish, huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish va amaliy yechimlar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

📣 Hurmatli fuqarolar, sizning fikringiz biz uchun muhim!

❗️So‘rovnomada ushbu 👉 havola 👈 orqali ishtirok etishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥64🙏3
5👍3👏3
#Adliya_sarhisob

Davlat xizmatlari ko'rsatilishini nazorat qilish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥32👍1
#Diqqat_loyiha

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va Davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi regulation.adliya.uz portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

🗓 Loyihada 2 ta eng muhim masala nazarda tutilgan:

1. Murojaatnomada ta’kidlangan sohalar bo‘yicha:

▪️ davlat siyosatining asosiy yo‘nalish va ko‘rsatkichlari belgilab berilmoqda;
▪️ 5 ta ustuvor yo‘nalish doirasida alohida-alohida Islohotlar dasturlari (78 ta tashabbus) tasdiqlanmoqda;
▪️ Islohotlar dasturlari ijrosini tashkil etish hamda nazorat qilishning mexanizmlari va mas’ullari belgilab berilmoqda;

2. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish bo‘yicha quyidagilardan iborat bo‘lgan Davlat dasturi tasdiqlanmoqda:

▫️ amaliy chora-tadbirlar rejalari (306 ta tadbir);
▫️ 2026-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar (60 ta) va Strategik qonunchilik hujjatlari (13 ta) ro‘yxatlari.

❗️Ushbu muhokamada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.

👉 Havola orqali o‘tib, Farmon loyihasi matni bilan tanishishingiz mumkin!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5🔥1👏1
Forwarded from ADLIYA YANGILIKLARI
#So'rovnoma

📣 Hurmatli kuzatuvchi, adliya organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!

💬 So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu 👉 havolaning 👈 ustiga bosing!

❗️Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🇺🇿🤝🇰🇷 O‘zbekiston–Koreya hamkorligida milliy intellektual mulk tizimini takomillashtirish loyihasi amaliy bosqichga o‘tmoqda

Bugun, Adliya vazirligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida amaliy va ishchi uchrashuvlar haftaligi o‘z ishini boshladi.

🔹Mazkur tadbirlar doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov hamda Koreya Intellektual mulk vazirligining Intellektual mulk sohasida axborot siyosati byurosi direktori Jo Xvan Jang o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuvda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, raqamlashtirish jarayonlari, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Axborot 24 | Prezidentimizning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi yuzasidan e’lon

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2