ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“МИБ УЙИМНИ ОЛИБ ҚЎЙМОҚЧИ”. АДВОКАТ ҚАНДАЙ ЁРДАМ БЕРАДИ?

Бутун бошли уй сохта кредит учун гаровга олиб қўйилган. Лизингга машина олган фуқаро бўлса жами пулларни тўлаган бўлишига қарамай 3 йил давомида уни бошқаролмай ҳовлисида яшириб юрган. Аеропортда ушлаб қолинган 28 минг АҚШ доллари ва жазоси йўқ онлайн фирибгарликлар адвокат билан навбатдаги қизиқарли суҳбатда.

Батафсил 👉https://youtu.be/ILj00V__rCg

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5
#Kun_tarixi

🗓 8-yanvar (1992-yil)

Prezident Farmoni bilan O'zbekiston SSRning ittifoq-respublika Adliya vazirligi O'zbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga aylantirilgan.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
22👍159🎉7🔥2👏2
#Adliya_tabrigi

Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!

Sizlarni 8-yanvar - prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat qilish yo'lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
128👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy bilim — hayotiy faollik mezoni!

G'allaorol tuman Davlat xizmatlari markazida fuqarolar uchun 8-yanvar Adliya vazirligi tashkil etilgan sana munosabati bilan “Huquqiy viktorina” o‘tkazildi.

Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan fuqarolar huquqiy savodxonlik, kundalik hayotda qo‘llaniladigan qonunchilik normalari va davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi bo‘yicha savollarga javob berishdi.

Tadbir davomida eng faol va bilimdon ishtirokchilar aniqlanib, Davlat xizmatlari markazining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday viktorinalar fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yanada qulaylik yaratishga xizmat qiladi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🎉22👍1🔥1👏1
#Bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati

Fuqaroning foydalanilmagan mehnat ta’tillari va ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilishi ta’minlandi.


Namangan tumani adliya bo‘limi tomonidan Namangan tuman pedagogika kolleji o‘qituvchisi M.S.ning Namangan tuman pedagogika kolleji bilan shtat qisqarganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi ogohlantirish berilgan holda bekor qilingan qilingan bo‘lsa-da, ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.


👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4
“Silk” brendidan ruxsatsiz foydalanish 135 mln. so‘mga tushdi!

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Xususan, adliya organlari tomonidan “ROSE DIAMOND” XKga tegishli bo‘lgan “Silk” tovar belgisiga nisbatan intellektual mulk huquqlari “S.B.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “S.B.” MChJ tomonidan “Silk” tovar belgisidan ruxsatsiz foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilganligi aniqlandi. Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan “S.B.” MChJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, holat yuzasidan “ROSE DIAMOND” XK sudga murojaat qildi va sudning 4.12.2025-yildagi qarori bilan “S.B.” MChJdan 123 mln. so‘m miqdorida tovon puli va 12 mln. so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
📣 Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash kurslariga qabul e'lon qilinadi!

🗓 Qayta tayyorlash kurslari 6 oy (24 hafta) davom etadi

Hujjatlarni qabuli: 12-yanvardan 12-fevralgacha
📌 Qabul shakli: Onlayn yoki offlayn

📋 Talabgor quyidagi hujjatlarni topshiradi:
🔹 Institut direktori nomiga ariza (qaysi tilda ta’lim olmoqchiligi va imtihon topshirmoqchiligini ko‘rsatgan holda);
🔹 Tavsiyanoma (nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari xodimlari uchun)
🔹 Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
🔹 3,5x4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;
🔹 Maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
🔹 Mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma yoki ekspertlik faoliyati va turini tasdiqlovchi boshqa hujjat.

🗣 Qabul suhbat shaklida o'tkaziladi.

👥 Kurslar o‘n nafardan yigirma nafargacha tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi. Shartnomaga muvofiq to'lov miqdori: 17 798 400 so'm.

❗️Kurs yakunida sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi SERTIFIKAT beriladi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 91 191 47 84
➡️Telegramdan: @ShA0484

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
#Adliya_aralashgach
#Andijon

📍 Andijonda tadbirkorning 608 550 000 so‘m miqdordagi pul mablag'lari undirib berildi.

Andijon shahar adliya bo'limiga obodonlashtirish boshqarmasiga shartnoma asosida yetkazib berilgan mahsuloti uchun to'lovlarni undira olmayotgani yuzasidan murojaat qilgan.

Mazkur murojaatni o‘rganish natijasida, adliya bo'limi tomonidan MChJ manfaatlarini ko'zlab, Andijon tumanlararo iqtisodiy sudiga da‘vo arizasi kiritilgan.

Keyinchalik da'vo Qo'rg'ontepa tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilib, sud majlisi natijalariga ko'ra hal qiluv qarori chiqqach, da‘vogarga 608 550 000 so‘mlik tovar haqidan bo‘lgan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi talabini Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan to‘lab berilishi ta'minlangan.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82🔥2👏2
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va vazirlik huzuridagi muassasalar faoliyati to'g'risida quyidagi telegram sahifalari orqali xabardor bo'lib borishingiz mumkin!
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi


💬| Adliya organlari va mussasalari faoliyatiga oid yangiliklar

💬| Davlat xizmatlari sohasiga oid yangiliklar

💬| Intellektual mulk sohasiga oid yangiliklar

Adliya vazirligi tizmidagi muassasalar


💬| Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi

💬| Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

💬| Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi

💬| Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti

💬| Toshkent davlat yuridik universiteti

💬| Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi

━━━━━━━━━━━━━━━━
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📽 "Fidoiy xodimlar" loyihasi doirasida tayyorlangan lavha.

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi haydovchisi Arkaboy Avazov

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya
👍5🔥4
#Адлиятв #Эслатма

"Васиятнома ва мерос масалалари мавзусида жонли эфир бошланди.

🔴 Жонли эфирни ушбу ҳавола орқали кузатиш мумкин: https://www.youtube.com/watch?v=OJx4XErUGuA

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
2🔥1
Forwarded from Rasmiy axborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida

🔺Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.


🌐 Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

💬Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing!

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Роддомда" алмашиб қолган эгизаклар

“Роддом”да чақалоқлар бизнеси борлиги ростми? Мурдалар гапиришидан тортиб жиноятларни очишдаги машаққат. Эксперт лойиҳасида батафсил.

Батафсил 👉https://youtu.be/GnExlOoBcXk?si=WtxLtjfehStYb93Z

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👍63🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Toshkent telekanalining "Siz nima deysiz?" ko'rsatuvi

Ekspert
:
Dilmurod YO'LCHIBOYEV
Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Milliy” telekanalining “Gapirmasak boʼlmaydi” koʼrsatuvi

Ekspert:
Abbosxon A'ZAMXONOV
Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi


📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍73👏2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Endi nikoh shartnomasini masofaviy tasdiqlatish mumkin

⚡️ Yangi tartibga muvofiq, arizalarni
My.gov.uz portali yoki E-notarius.uz tizimi orqali masofaviy topshirish imkoniyati yaratildi.

Batafsil videoda ⤴️


📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥2👍1👏1
#Adliya_aralashgach
#Namangan_viloyati

Adliya aralashuvi bilan 7 nafar murojaatchining muammosiga ijobiy yechim topildi


Davlatobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida ishlovchi 7 nafar xodimning 2025-yilning 12 oyi davomida ichki o'rindoshlik asosida ishlagan stavkasiga qo'shimcha ustama haqi to'lanmayotganidan norozi bo'lib qilgan murojaatlari o'rganib chiqildi.

Natijada, tuman adliya bo'limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritilib, 7 nafar xodimlarga 2025-yil davomida to'lanmay qolgan jami 53 011 448 so'm ustama haqlari to'liq to'lib berilib, bundan keyin to'lab borilishi belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍32👏1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Xodimga 39 mln so'mdan ziyod ustama pullari to'lab berildi

Qo'shtepa tuman adliya bo'limi tomonidan ustama to'lovlarini to'lanmaganidan norozi bo'lgan xodim K.O.ning murojaati o'rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, Qo'shtepa tuman maktabgacha va maktab taʻlimi bo'limida AKTni joriy etish va raqamlashtirish bo'yicha metodist lavozimida faoliyat ko'rsatib kelgan K.O. ga 2024-yil may oyidan boshlab to'lanishi lozim bo'lgan ustama puli to'lanmay kelingan.

Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5349-sonli farmoni 7-bo'limi g-bandida “Davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas'ul bo'lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat byudjetidan, davlat byudjetidan ajratilmagan boʻlsa, ushbu tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo'lmagan miqdorda belgilanadi” deb ko'rsatilgan.


Yuqoridagi holatlarni inobatga olinib, adliya bo'limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan K.O. ga jami 39.431.999 soʻm ustam to'lovlari to'lab berilib, xodimning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43👏3🔥2