ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📍Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida bayrami shukuhi Axmedovlar xonadoni uchun qo'shaloq bo‘ldi!

Tumanda yashovchi Sh.Axmedov bu yil 15 yoshga to'lgan bo'lsada, haligacha tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini mavjud emasligi sababli ko'plab ijtimoiy muammolar qiynab kelgan.

Fuqaroning onasi muammo yuzasidan Oltinko‘l tumani adliya boʻlimi tomonidan 30.09.2010-yilda uy sharoitida tug‘ilgan Sh.Axmedovga Fuqarolik ishlari bo'yicha Andijon tumanlararo sudiga zarur hujjatlar va da'vo arizasini kiritishda amaliy yordam ko‘rsatilib, qonuniy kuchga kirgan sud qarori asosida tug‘ilganlik holati qayd etildi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏64🔥3
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Mediatorlar tomonidan statistika ma'lumotlarini taqdim etish tartibi belgilandi


Adliya vazirligi Mediatorlar tomonidan statistika ma’lumotlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3740, 2026-yil 5-yanvar).

🔰 Unga ko‘ra, mediatorlar statistika ma’lumotlarini har chorak uchun hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasiga qadar hududiy adliya organlariga taqdim etadi.

Bunda, statistika ma’lumotlarini taqdim etish muddatining so‘nggi kuni dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kuni yoxud boshqa ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelganda, taqdim etish muddati keyingi ish kuniga uzaytiriladi.

❗️ Statistika ma’lumotlarida xato va kamchiliklar aniqlanganda mediatorlar shu kunning o‘zida mazkur xato va kamchiliklarni bartaraf etish haqida xabardor qilinadi.

➡️ Hududiy adliya organlari statistika ma’lumotlarini umumlashtiradi va hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay Adliya vazirligiga taqdim etadi.

➡️ Adliya vazirligi taqdim etilgan statistika ma’lumotlarini umumlashtiradi va vazirlikning rasmiy veb-saytiga hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay joylashtiradi.

📌 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2😢2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔹Mehnat munosabatlarida shunday eʼtibor qaratish kerak boʻlgan jihatlar borki, bu ish beruvchi zimmasiga ikki hissa masʼuliyat yuklaydi, uni adolatli bo'lishga undaydi.

🔸Boisi, notoʻgʻri qaror xodimning taqdirini oʻzgartirib yuborishi mumkin. Jizzaxda attestatsiyadan yuqori ball to'plagan hamshira noma'lum sabablarga ko'ra ishdan bo'shatilgan.

🔹Jizzax viloyati G'allaorol tuman adliya boʻlimining aralashuvi bilan xodimning noto'g'ri hisoblangan ish haqi undirib berildi va uni ishga qayta tiklash bo'yicha sud qarori chiqdi.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👏2🙏2👍1🔥1🎉1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashuvi bilan fuqaro foydasiga 14 million so’mdan ortiq kompensatsiya undirildi

Bag'dod tuman adliya bo'limiga fuqaro F.A. tomonidan murojaat kelib tushgan. U tumandagi mahallalaridan birida bir necha yil davomida mahalla raisi lavozimida ishlab kelganligi, biroq yillik mehnat taʻtilidan foydalanmaganligi, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda ham foydalanilmagan yillik mehnat taʻtillari uchun pullik kompensatsiya to'lab berilmaganligidan norozi bo'lib murojaat qilgan.

Bo'lim tomonidan fuqaro F.A ning murojaati oʻrganib chiqilib, tegishli hujjatlar asosida fuqarolik ishlari bo'yicha Rishton tumanlararo sudiga fuqaro manfaatini ko'zlab da'vo arizasi kiritildi.

O'zbekiston Mahallalar uyushmasi Bag'dod tuman boʻlimidan fuqaro foydasiga foydalanilmagan yillik mehnat taʻtillari uchun 14 378 576 soʻm miqdorida kompensatsiya undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarildi hamda fuqaroning mehnat huquqlari tiklanishiga erishildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏43👍3🔥2
Homiladorlik nafaqasi undirilishi belgilandi

🔸Sirdaryo viloyati, Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

🔸O‘rganish davomida patronaj hamshirasi lavozimida faoliyat yuritgan M. A. homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqqaniga qaramay, unga belgilangan nafaqa pullari o‘z vaqtida to‘lab berilmagani aniqlandi.

▶️Batafsil👈

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥73👍3
#Bir_murojaat_izidan
#Namangan

Adliya aralashuvi bilan 176 nafar murojaatchiga
153 million so'mdan ortiq pul mablag‘i to‘lab berildi.


Pop tumani adliya boʻlimi tomonidan Pop tuman tibbiyot birlashmasining bir guruh xodimlarining birlashma tomonidan malaka oshirish (xizmat safariga) yuborilib, safar xarajatlari toʻlanmaganligi sababli, ushbu toʻlovlarni toʻlanishida amaliy yordam berishni soʻrab qilgan murojaatlarini oʻrganib chiqildi.

👉batafsil

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“МИБ УЙИМНИ ОЛИБ ҚЎЙМОҚЧИ”. АДВОКАТ ҚАНДАЙ ЁРДАМ БЕРАДИ?

Бутун бошли уй сохта кредит учун гаровга олиб қўйилган. Лизингга машина олган фуқаро бўлса жами пулларни тўлаган бўлишига қарамай 3 йил давомида уни бошқаролмай ҳовлисида яшириб юрган. Аеропортда ушлаб қолинган 28 минг АҚШ доллари ва жазоси йўқ онлайн фирибгарликлар адвокат билан навбатдаги қизиқарли суҳбатда.

Батафсил 👉https://youtu.be/ILj00V__rCg

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5
#Kun_tarixi

🗓 8-yanvar (1992-yil)

Prezident Farmoni bilan O'zbekiston SSRning ittifoq-respublika Adliya vazirligi O'zbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga aylantirilgan.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
22👍159🎉7🔥2👏2
#Adliya_tabrigi

Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!

Sizlarni 8-yanvar - prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat qilish yo'lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
128👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy bilim — hayotiy faollik mezoni!

G'allaorol tuman Davlat xizmatlari markazida fuqarolar uchun 8-yanvar Adliya vazirligi tashkil etilgan sana munosabati bilan “Huquqiy viktorina” o‘tkazildi.

Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan fuqarolar huquqiy savodxonlik, kundalik hayotda qo‘llaniladigan qonunchilik normalari va davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi bo‘yicha savollarga javob berishdi.

Tadbir davomida eng faol va bilimdon ishtirokchilar aniqlanib, Davlat xizmatlari markazining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday viktorinalar fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yanada qulaylik yaratishga xizmat qiladi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🎉22👍1🔥1👏1
#Bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati

Fuqaroning foydalanilmagan mehnat ta’tillari va ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilishi ta’minlandi.


Namangan tumani adliya bo‘limi tomonidan Namangan tuman pedagogika kolleji o‘qituvchisi M.S.ning Namangan tuman pedagogika kolleji bilan shtat qisqarganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi ogohlantirish berilgan holda bekor qilingan qilingan bo‘lsa-da, ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.


👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4
“Silk” brendidan ruxsatsiz foydalanish 135 mln. so‘mga tushdi!

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Xususan, adliya organlari tomonidan “ROSE DIAMOND” XKga tegishli bo‘lgan “Silk” tovar belgisiga nisbatan intellektual mulk huquqlari “S.B.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “S.B.” MChJ tomonidan “Silk” tovar belgisidan ruxsatsiz foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilganligi aniqlandi. Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan “S.B.” MChJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, holat yuzasidan “ROSE DIAMOND” XK sudga murojaat qildi va sudning 4.12.2025-yildagi qarori bilan “S.B.” MChJdan 123 mln. so‘m miqdorida tovon puli va 12 mln. so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
📣 Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash kurslariga qabul e'lon qilinadi!

🗓 Qayta tayyorlash kurslari 6 oy (24 hafta) davom etadi

Hujjatlarni qabuli: 12-yanvardan 12-fevralgacha
📌 Qabul shakli: Onlayn yoki offlayn

📋 Talabgor quyidagi hujjatlarni topshiradi:
🔹 Institut direktori nomiga ariza (qaysi tilda ta’lim olmoqchiligi va imtihon topshirmoqchiligini ko‘rsatgan holda);
🔹 Tavsiyanoma (nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari xodimlari uchun)
🔹 Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
🔹 3,5x4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;
🔹 Maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
🔹 Mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma yoki ekspertlik faoliyati va turini tasdiqlovchi boshqa hujjat.

🗣 Qabul suhbat shaklida o'tkaziladi.

👥 Kurslar o‘n nafardan yigirma nafargacha tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi. Shartnomaga muvofiq to'lov miqdori: 17 798 400 so'm.

❗️Kurs yakunida sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi SERTIFIKAT beriladi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 91 191 47 84
➡️Telegramdan: @ShA0484

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
#Adliya_aralashgach
#Andijon

📍 Andijonda tadbirkorning 608 550 000 so‘m miqdordagi pul mablag'lari undirib berildi.

Andijon shahar adliya bo'limiga obodonlashtirish boshqarmasiga shartnoma asosida yetkazib berilgan mahsuloti uchun to'lovlarni undira olmayotgani yuzasidan murojaat qilgan.

Mazkur murojaatni o‘rganish natijasida, adliya bo'limi tomonidan MChJ manfaatlarini ko'zlab, Andijon tumanlararo iqtisodiy sudiga da‘vo arizasi kiritilgan.

Keyinchalik da'vo Qo'rg'ontepa tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilib, sud majlisi natijalariga ko'ra hal qiluv qarori chiqqach, da‘vogarga 608 550 000 so‘mlik tovar haqidan bo‘lgan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi talabini Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan to‘lab berilishi ta'minlangan.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82🔥2👏2
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va vazirlik huzuridagi muassasalar faoliyati to'g'risida quyidagi telegram sahifalari orqali xabardor bo'lib borishingiz mumkin!
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi


💬| Adliya organlari va mussasalari faoliyatiga oid yangiliklar

💬| Davlat xizmatlari sohasiga oid yangiliklar

💬| Intellektual mulk sohasiga oid yangiliklar

Adliya vazirligi tizmidagi muassasalar


💬| Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi

💬| Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

💬| Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi

💬| Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti

💬| Toshkent davlat yuridik universiteti

💬| Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi

━━━━━━━━━━━━━━━━
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📽 "Fidoiy xodimlar" loyihasi doirasida tayyorlangan lavha.

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi haydovchisi Arkaboy Avazov

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya
👍5🔥4