ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Ishchi guruh chegara oldi hududlarda joylashgan mahallalar bilan tanishdi

🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni yuzasidan biriktirilgan mas’ullar idoralar tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

🔹Shunga ko'ra, Adliya vazirligining ishchi guruhi Bekobod shahrida bo'lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari, shtab faoliyati hamda chegara oldi hududlarida joylashgan mahallalar bilan tanishdi.

🔺O‘rganishlar davomida ishchi guruh tomonidan Bekobod shahar hokimi bilan birgalikda aholini ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish hamda mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar va tegishli ko'rsatmalar berildi.

🔹Shu bilan birga aholiga bayramona kayfiyat ulashish va yangi yilni munosib kutib olish maqsadida mahallalardagi ayrim oilalarga adliya vazirligining yangi yil sovg'asi topshirildi.

❗️2025-yilning 15-yanvaridan boshlab mamlakatimizda aholini va qishloq xòjaligini ròyxatga olish boshlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1
#muhokama_2030

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatning 2030-yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni loyihasi regulation.adliya.uz portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

❗️Ushbu muhokamada faol ishtirok etishingizni so'rab qolamiz.


Havola orqali o'tib, Farmon loyihasi matni bilan tanishishingiz mumkin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍11
#iqtibos
#murojaatnoma

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2
Forwarded from Rasmiy axborot
💵 Prezident topshrig’i bilan O‘zbekistonda 8 mingdan ortiq yetim bolalarga 500 dollarlik omonatlar ochildi

Prezident topshrig’i bilan bu yil o‘tkazilgan “Prezident archasi” doirasida an’anaviy yangi yil sovg‘alariga qo‘shimcha ravishda, bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlarini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilindi — bu ularning ertangi kuni uchun kichik, ammo muhim qadamdir.


0 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlari ochildi. Har bir bunday hisob raqamiga davlat tomonidan 500 AQSh dollari miqdorida mablag‘ joylashtirildi. Ushbu mablag‘lar yildan-yilga kapitalizatsiya hisobiga jamg‘arilib boradi. Bola 18 yoshga to‘lgach, ushbu mablag‘lardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, mustaqil hayotga qadam qo‘yish uchun ilk qarorlarini qabul qilishi mumkin.

9 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi. Bu qulaylik, xavfsizlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. Ijtimoiy karta bugunoq foydali: u orqali jamoat transportidan imtiyozli sharoitlarda foydalanish, xaridlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shaxsni tasdiqlash, shuningdek ijtimoiy yordam va xizmatlarni olish huquqini tasdiqlash mumkin. Barcha operatsiyalarni Baraka mobil ilovasi orqali kuzatish va nazorat qilish mumkin.


🥝 Ushbu qo‘llab-quvvatlash davlat g‘amxo‘rligiga alohida muhtoj bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan:

✈️ mahallalarda istiqomat qiluvchi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
✈️ mehribonlik uylari, oilaviy va kichik hajmli bolalar uylari hamda SOS bolalar qishloqlari tarbiyalanuvchilari;
✈️ ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish chog‘ida halok bo‘lgan bolalar;
✈️ “Taskin” bolalar xospisi huzuridagi bolalar onkologiya shifoxonasida davolanayotgan bolalar.

❗️“Taskin” bolalar xospisida davolanayotgan bolalar uchun alohida tartib belgilangan: depozit hisob raqamidagi mablag‘lar zaruratga ko‘ra va qonuniy vakillar murojaati asosida istalgan vaqtda bank kartasiga o‘tkazilishi mumkin.


Bu — har bir bola haqida qayg‘urish, ishonch va kelajakka bo‘lgan ishonch ramzidir.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
#korrupsiya

“O‘zarxiv” agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Bugun “O‘zarxiv” agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda agentlik rahbariyati, Adliya vazirligi tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ullari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar arxiv ishi hududiy boshqarmalari, davlat arxivlari hamda O‘zbekiston Milliy arxivlari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.


👉Batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2🔥1
#Adliya_xabari

Konstitutsiyaviy sud mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib chiqdi

2025-yil 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Oliy Majlis palatalari, Hukumat, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Ombudsman va Bolalar ombudsmani, Adliya vazirligi, nodavlat notijorat tashkilotlari, ta’lim va ilmiy tashkilotlar vakillari hamda Konstitutsiyaviy sud Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari qatnashdilar.

Majlisda Konstitutsiyaviy sudning 2025-yilda mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqildi.

Konstitutsiyaviy sud axborotida Asosiy Qonunimizni amalga oshirish bo‘yicha 20 ta yo‘nalishda olib borilgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek axborotda Asosiy Qonunimizni amalga oshirish bo‘yicha bir qator takliflar ham ilgari surildi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍3