ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Bog’cha pulidan imtiyoz bormi?

Umumiy ovqatlanish korxonalariga toʻlagan qoʻshilgan qiymat soligʻining maʼlum bir qismini qaytarib berish imtiyozi berilgan.
Taʼlim sohasini rivojlantirish maqsadida ayni yoʻnalishdagi tadbirkorlik subyektlari 2030-yilgacha boʻlgan davrda soliq imtiyozlariga ega.
Kontrakt toʻlovining 12 foizlik qismi kimlarga qaytariladi?

Batafsil 👉🏻https://youtu.be/lM6rLoGreaM?si=bka5pvjKwlXP0PCb
5🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Menining yurtim" telekalining "Gapiring" tok-shousida 35 yillik tadbirkor Saidzoda Muxsinov davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi islohotlar yuzasidan fikr bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏4
#Adliya_aralashgach

Fuqaro manfaati sud orqali tiklandi.

🔹Viloyat adliya boshqarmasiga Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimi F.T. tomonidan yuridik xizmat xodimlariga har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organlari hamda tashkilotlari foydasiga hal qilingan nizolar bo‘yicha undirilgan mablag‘lardan mukofot pulini undirib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan.

🔸Mazkur murojaat Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, fuqaro manfaatida sudga da’vo arizasi kiritildi.

🔹2026-yil 26-noyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining hal qiluv qarori bilan 2021–2025 yillar davomida to‘lanmagan mukofot pullari fuqaro foydasiga jami 278 462 121 so‘m miqdorida undirib berildi.

🔸Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏3👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

❗️Adliya idoralariga tushayotgan murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

Yurtimizda aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish maqsadida adliya organlari tomonidan "Huquqiy mahalla" loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi - Mahallalarda huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

Birgina Farg‘ona viloyatida ushbu loyiha doirasida joriy yilning shu kuniga qadar 117 mingdan ortiq muammolar aniqlangan va ularning 80 foiziga ijobiy yechim topilgan.

Ayni kunlarda Farg‘onadagi 171 ta mahallalarda "Huquqiy mahalla" loyihasi to‘liq amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Adliya mahalla” va "Online mahalla" platformalari orqali viloyatda jami 17 mingdan ortiq murojaatlar qabul qilingan. Shundan 12 mingdan ortig‘iga adliya organlari tomonidan ijobiy yechim topgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥32👏2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Jismoniy shaxslar uchun mikroqarz va iste’mol kreditlarini olish mumkin bo‘lgan maksimal miqdorlar belgilandi.

🔹Adliya vazirligi Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3618-1, 2025-yil 18-dekabr).

🔸Unga ko‘ra:
▪️Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlarga qarz oluvchining iste’mol kreditlari va (yoki) mikroqarzlari bo‘yicha qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichini hisoblash talabi qo‘shildi;
▪️2026-yil 1-martdan boshlab qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati:
mavjud bo‘lsa, qarzning daromadga nisbati ko‘rsatkichi 8 barobardan;
mavjud bo‘lmasa, qarzning daromadga nisbati ko‘rsatkichi 5 barobardan oshmasligi belgilandi.
▪️Masalan, qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati mavjud bo’lganda, uning daromadi 5 mln. so‘mni tashkil etsa, u mazkur daromadining 8 baravari, ya’ni 40 mln. so‘mdan ortiq miqdorda iste’mol kreditlari va (yoki) mikroqarzlar ololmaydi.
▪️Mazkur talab yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladigan kreditlar va ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
43🔥2
Adliya vazirligidan yangi loyiha!
Bolajonlar ilk bor “Oshxona sarguzashtlari”da! Oddiy emas huquqiy oshxonada.

Bu oddiy ko‘rsatuv emas —
bu ta’lim, tarbiya va zavq uyg‘unlashgan yangi format

Bolalar qiziqarli multfilmni tomosha qiladi
Kattalar ko‘magida taom tayyorlashda ishtirok etadi
O‘z huquqlarini sodda va hayotiy misollar orqali o‘rganadi
Savol beradi, fikrlaydi, xulosa chiqaradi

Ko‘rsatuvni ushbu havola orqali tomosha qiling:
👉 https://www.youtube.com/watch?v=vC4-yP0CJxc

Bolajonlar bilan oilaviy ko‘ring, muhokama qiling, birga o‘rganing!
🔥41
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Sindikatlashgan kreditlarni ajratish tartibi belgilandi

🔹Adliya vazirligi Banklar tomonidan sindikatlashgan kreditlarni ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3730, 2025-yil 18-dekabr).

🔸Unga ko‘ra:
▪️Sindikatlashgan kredit qarz oluvchini birgalikda moliyalashtirish uchun bank sindikati ishtirokchilari tomonidan ajratiladigan kredit hisoblanadi;
▪️Bank, xorijiy bank, xalqaro moliya tashkiloti yoki ro‘yxatdan o‘tkazgan davlat qonunchiligiga muvofiq kredit ajratishga haqli bo‘lgan chet el yuridik shaxsi bank sindikati ishtirokchisi bo‘lishi mumkin;
▪️Qarz oluvchi bankka sindikatlashgan kredit olish haqida ariza bilan murojaat qiladi;
▪️Bank sindikatlashgan kredit ajratish mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, qarz oluvchi bilan sindikatlashgan kreditning dastlabki shartlarini kelishib oladi.


🔸Shuningdek,
▪️Yetakchi ishtirokchi bank sindikatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan potensial ishtirokchilarga qarz oluvchi to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bank sindikatida ishtirok etish bo‘yicha taklifni yuboradi;
▪️Bank sindikati sindikat ishtirokchilari o‘rtasidagi yozma kelishuv asosida tuziladi va unda sindikat ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, huquq va majburiyatlar belgilanadi.
▪️Bank sindikati ishtirokchilari o‘rtasida bank sindikati kelishuviga erishilganda, bank sindikati ishtirokchilari va qarz oluvchi o‘rtasida sindikatlashgan kredit shartnomasi imzolanadi.
▪️Kredit shartnomasi tuzilgandan keyin bank sindikatining ishtirokchilari kredit summasini shartnomada belgilangan tartibda va muddatda yetakchi ishtirokchiga, agentga, qarz oluvchiga yoki qarz oluvchi ko‘rsatgan boshqa shaxsga o‘tkazish majburiyatini oladi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
#Adliya_aralashgach

📍 Andijonda tadbirkor foydasiga 404.280.000 so‘m pul mablag'lari undirib berildi!

Boʻston tuman adliya bo'limiga tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi MCHJ rahbari davlat muassasasiga yetkazib bergan mahsulotlari uchun haligacha to'lovlar amalga oshirilmaganligi yuzasidan yordam so'rab murojaat yo'llagan.

Murojaatni o'rganish davomida, taraflar o'rtasida tuzilgan shartnomaga ko'ra, tadbirkor tomonidan shartnomada belgilangan mahsulotlar yetkazib berilgan bo'lsa-da, Muassasa tomonidan tegishli to'lovlar amalga oshirilmaganligi aniqlangan.

Shu yuzasidan, Bo'ston tuman adliya bo'limi boshlig'i nomidan Bo'ston tumanlararo Iqtisodiy sudiga tadbirkor manfaatini ko‘zlab da’vo arizasi kiritilib, masala yuzasidan sud muhokamasi natijalariga ko'ra, javobgardan MChJ foydasiga 404.280.000 so‘m pul miqdoridagi to'lov undirib berilishi ta'minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥3👏1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Depozitar operatsiyalar bo‘yicha harakatlar tartibi tasdiqlandi

Adliya vazirligi Investitsiya vositachisi faoliyati to‘xtatib turilgan va tugatilgan taqdirda, depozitar operatsiyalar bo‘yicha harakatlar tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3727, 2025-yil 18-dekabr).

🔸Unga ko‘ra:
▪️Investitsiya vositachisining litsenziyasi to‘xtatib turilganda, u depozitar operatsiyalarni to‘xtatadi hamda bu haqida ikki ish kunida OAV va fond birjasining veb-saytida eʼlon qiladi;
▪️Investitsiya vositachisi uning litsenziyasi tugatilganda yoki bekor qilinganda,
deponentlarning hisobvaraqlaridan ko‘chirmalarni shakllantiradi va faoliyati tugatilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani deponentga yuboradi;
▪️Deponent xabarnoma bir hafta muddatda tugatilayotgan investitsiya vositachisiga o‘z qimmatli qogʻozlarini boshqa investitsiya vositachisiga oʻtkazish to‘g‘risida topshiriq beradi;
▪️Deponent tomonidan bunday topshiriq taqdim etilmaganda, investitsiya vositachisi qimmatli qogʻozlarni “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJga oʻtkazadi;
▪️“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlarni bir kun ichida deponent tanlagan investitsiya vositachisiga o‘tkazib berish orqali deponentlarga qaytaradi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥31
📣 E’LON!

❗️ “Qonunchilikdan amaliyotgacha: xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi

📣 Adliya vazirligi tomonidan Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan hamkorlikda “Qonunchilikdan amaliyotgacha: xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

🔹Anjumanda inson huquqlari, shu jumladan xotin-qizlar va bolalarning huquq hamda erkinliklari himoyasini yanada kuchaytirish borasida tegishli davlat organlari tomonidan qilingan ishlar, amalga oshirilayotgan qadamlar, mavjud muammolar va ularning rejali, ketma-ket chora-tadbirlar asosidagi yechimlari muhokama qilinadi hamda jurnalistlar va blogerlar uchun savol-javob imkoniyati yaratiladi.

📰 OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

📅 Sana va vaqt: 2025-yil 24-dekabr, soat 15:00
📍 Joy: Milliy matbuot markazi (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16-uy)

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston – BAA: “Zero bureaucracy” yo‘lida yangi bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi “Zero bureaucracy” islohotlari doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining Adliya vazirligiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida davlat xizmatlarini soddalashtirish, raqamlashtirish va inson manfaatiga yo‘naltirish bo‘yicha BAAning ilg‘or tajribasi muhokama qilindi.

📌 Uchrashuvlarda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi:
🔹fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni soddalashtirish;
🔹davlat xizmatlarida yagona raqamli yondashuv va ma’lumotlarni takror talab qilmaslik;
🔹e-notariat va masofaviy xizmatlar;
🔹mediatsiya orqali nizolarni sudgacha hal etish;
🔹biznes va investorlar uchun huquqiy aniqlikni kuchaytirish.

🤝 Tomonlar 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma faoliyat rejasi, qo‘shma ishchi mexanizmlar, pilot loyihalar hamda mutaxassislar almashuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

🎯 Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar va tadbirkorlar uchun tez, shaffof va ishonchli adliya xizmatlarini ta’minlash.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍10🔥4👏2
#Важно

📣 Вниманию негосударственных некоммерческих организаций!

⚠️
Согласно законодательству, негосударственные некоммерческие организации (в том числе и религиозные) ежегодно до 1 февраля предоставляют отчет о деятельности за прошедший год в органы юстиции.

Формы отчета:
🔹Для негосударственных некоммерческих организаций: здесь.
🔹Для религиозных организаций: здесь.

Просим предоставить отчет в электронном виде через портал www.e-ngo.uz своевременно и в полном объеме.

❗️Напоминаем, что в соответствии со статьей 239 КоАО, непредставление, несвоевременное представление или представление по неустановленной форме ННО регистрирующему органу отчетов о своей деятельности, представление ими заведомо недостоверных сведений о своей деятельности, а равно непредставление информации, в том числе подтверждающих документов об использовании ими имущества и денежных средств — влечет наложение штрафа на должностных лиц от 10 до 25 базовых расчетных величин.

Для получения дополнительной информации:
● Министерство юстиции Республики Узбекистан – (71)207-04-39, (77)210-00-08, (91)797-33-00, (94)658-52-94, (90)908-11-18, (94)368-99-44;
● Министерство юстиции Республики Каракалпакстан – (91)392-77-72, (55)101-10-08;
● Управление юстиции Андижанской области – (91)486-07-06, (55)202-10-08;
● Управление юстиции Бухарской области – (91)164-04-54, (65)223-18-27;
● Управление юстиции Джизакской области – (91)304-69-64, (90)492-74-72, (72)221-50-50;
● Управление юстиции Кашкадарьинской области – (90)607-26-60, (93)423-34-60, (75)230-01-76;
● Управление юстиции Навоийской области – (91)249-01-02, (79)222-11-08;
● Управление юстиции Наманганской области – (91)367-59-00, (69)226-11-00;
● Управление юстиции Самаркандской области – (97)615-70-20, (90)502-22-99, (55)701-00-55;
● Управление юстиции Сырдарьинской области – (91)622-22-99, (67)236-11-48;
● Управление юстиции Сурхандарьинской области – (90)969-93-94, (55)451-11-48;
● Управление юстиции Ферганской области – (90)807-90-29, (93)270-19-00, (73)249-05-25;
● Управление юстиции Хорезмской области – (99)967-65-64, (62)227-77-22;
● Управление юстиции Ташкентской области – (97)420-33-00, (71)501-02-50;
● Управление юстиции города Ташкента – (94)695-44-44, (93)567-32-22, (71)203-60-03.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
#Bu_muhim

📣 Nodavlat notijorat tashkilotlari diqqatiga!

⚠️ Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1-fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.

📝 Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

🔹 Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun — havola.
🔹 Diniy tashkilotlar uchun — havola.

Hisobotni www.e-ngo.uz portali orqali elektron shaklda, o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etish so‘raladi.

❗️Eslatma: MJtKning 239-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi BHMning 10 baravaridan 25 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqamlari:
● O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – (71)207-04-39, (77)210-00-08, (91)797-33-00, (94)658-52-94, (90)908-11-18, (94)368-99-44;
● Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi – (91)392-77-72, (55)101-10-08;
● Andijon viloyat adliya boshqarmasi – (91)486-07-06, (55)202-10-08;
● Buxoro viloyat adliya boshqarmasi – (91)164-04-54, (65)223-18-27;
● Jizzax viloyat adliya boshqarmasi – (91)304-69-64, (90)492-74-72, (72)221-50-50;
● Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi – (90)607-26-60, (93)423-34-60, (75)230-01-76;
● Navoiy viloyat adliya boshqarmasi – (91)249-01-02, (79)222-11-08;
● Namangan viloyat adliya boshqarmasi – (91)367-59-00, (69)226-11-00;
● Samarqand viloyat adliya boshqarmasi – (97)615-70-20, (90)502-22-99, (55)701-00-55;
● Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi – (91)622-22-99, (67)236-11-48;
● Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi – (90)969-93-94, (55)451-11-48;
● Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi – (90)807-90-29, (93)270-19-00, (73)249-05-25;
● Xorazm viloyat adliya boshqarmasi – (99)967-65-64, (62)227-77-22;
● Toshkent viloyat adliya boshqarmasi – (97)420-33-00, (71)501-02-50;
● Toshkent shahar adliya boshqarmasi – (94)695-44-44, (93)567-32-22, (71)203-60-03.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Tashkilotlarga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili kuchga kirmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥2👍1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektini ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

🔹 Ushbu Qonun loyihasi ulushdorlar huquqlarini ishonchli himoya qilish, qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash hamda moliyaviy xavflarning oldini olishga qaratilgan.

Qonun loyihasida xususan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
▪️ulushli qurilishning yagona qonuniy modeli joriy etiladi;
▪️fuqaro, developer (quruvchi) va tijorat banklari ishtirokidagi aniq mexanizm belgilanadi;
▪️qurilish jarayoniga oid barcha ma’lumotlar Uy-joy qurilishining yagona axborot tizimida ochiq e’lon qilinadi;
▪️ulushdorlarning mablag‘lari faqat vakolatli banklarda ochiladigan eskrou hisobvaraqlarida jamlanadi;
▪️qonunda nazarda tutilmagan usullarda ulushdorlarning mablag‘larini jalb qilish taqiqlanadi;
▪️ulushdorlarga yetkazilgan zarar uchun quruvchi va uning yakuniy benefisiarlari shaxsiy javobgar bo‘ladi;
▪️noqonuniy mablag‘ jalb qilgan shaxslarga nisbatan javobgarlik belgilanadi;
▪️ulushli qurilish sohasida davlat nazoratining institusional tizimi shakllantiriladi;
▪️shartnomalar bo‘yicha sifat kafolatlari va aniq muddatlar belgilanadi;
▪️maxsus vakolatli tashkilotlar, muammoli obyektlar, banklar va loyihalarning yagona reyestrlari yuritiladi;
▪️quruvchi yoki bank to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganda ularni almashtirish mexanizmi joriy etiladi.


❗️Siz ham Qonun loyihasi bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalaringizni bildiring. Jamoatchilik fikri qonunchilikni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥4