#Jamoatchilik_kengashi
Bugun, 19-dekabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Jamoatchilik kengashi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, 2026-yilgi ish rejasi loyihasi muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar qarorlar qabul qilish va qonun ustuvorligi hamda adolatni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishda jamoatchilik ishtirokining muhimligini taʼkidladilar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

❤7🔥3 3👍2
#Adliya_xabari
⚡️ Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini hamda Intellektual mulk, davlat xaridlari, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan muhim qonunlar Senat tomonidan ma'qullandi.
📋 Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
📌Mazkur Qonunda mahalliy Kengash raisi va hokimlar lavozimlari bir-biridan ajratilganligi sababli 9 ta kodeks va 69 ta qonun qayta ko‘rib chiqilib, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan vakolatlar mahalliy vakillik va ijro organlari o‘rtasida ixtisoslashtirish nazarda tutilmoqda.
📌Mahalliy Kengashlarga hokimliklarning 26 ta vakolatlari hamda qonun hujjatlarida mahalliy davlat hokimiyati organlariga umumiy berilgan vakolatlarning aniqlashtirilishi natijasida qo‘shimcha 27 ta vakolatlar o‘tkazilmoqda.
📋 Shuningdek, Senatning navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
📌 Mazkur qonunda quyidagilar nazarda tutilgan:
▫️litsenziya shartnomasini tuzishning o‘zi tovar belgisidan foydalanganlik deb hisoblanmasligi;
▫️tovar belgisi guvohnomasini huquq egasi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilganda yoki jismoniy shaxs vafot etib, merosxo‘rlari bo‘lmaganda, manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra, sud qarori asosida tugatish;
▫️O‘zbekiston Respublikasiga tegishli tovar kelib chiqqan joy nomi va geografik ko‘rsatkichni anglatuvchi alohida logotip belgilash;
▫️ixtiro va foydali modellarga talabnomalar Patent kooperatsiyasi shartnomasi bo‘yicha belgilangan muddatdan kechikkan holda taqdim etilganda, ustuvorlikni so‘rash muddatini 12 oygacha tiklash imkoniyati yaratilib, bu harakatlar uchun patent bojlarini belgilash;
▫️EHM dasturi va ma’lumotlar bazasiga oid shartnomaga o‘zgartirish kiritilganda patent bojini undirish tartibi takomillashtirilib, ushbu obyektga doir guvohnomaga o‘zgartirish kiritish uchun patent bojlarini joriy etish;
▫️seleksiya yutuqlarini tijoratlashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan patent bojlarini 2 barobarga kamaytirish;
▫️qonunchilikka “ishonch telefoni” va “call-markaz” tushunchalarini kiritish;
▫️sud, raqobat va Milliy gvardiya organlari faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish.
Mazkur Qonunlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach kuchga kiradi.

👍8🔥1
#Adliya_aralashgach
#Navoiy_viloyati
🔹Nurota tumanidagi o'qituvchi I.Uning rus tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikati bo'lsada, rus tili sinflari uchun o'tilayotgan dars soatlariga kam miqdorda (20 foiz) ustama to'lanayotganligi xususida tuman adliya bo'limidan amaliy yordam so'ragan.
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
21-fevraldagi PF-37-son Farmonining 12-bandiga binoan 2025-yil 1-yanvardan boshlab milliy sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlar (tarix hamda ona tili va adabiyoti)dan dars beruvchi pedagog kadrlarga tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.
🔹Shunga ko'ra, tuman adliya bo'limi tomonidan maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritilib, natijada o'qituvchi foydasiga 2 089 723 so'm miqdorda to'lanmasdan qolgan ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Navoiy_viloyati
O'qtuvchiga to'lanmay qolgan ustamalar to'lab berilishi ta'minlandi.

❤2
#Adliya_xabari
VORISLIK HUQUQINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI YUZASIDAN DAVRA SUHBATI BO'LIB O'TDI
Joriy yilning 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutida vorislik huquqini takomillashtirishning dolzarb masalalari yuzasidan davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda ishtirokchilar O‘zbekistonda amaldagi vorislik huquqi yo‘nalishida mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek, qonunchilik sohasiga shiddat bilan kirib kelayotgan raqamlashtirish va islohotlar, ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib borishi tufayli yangidan-yangi meros turlari va huquqi paydo bo‘layotgani haqida so‘zladilar.
Tadbir davomida qonunchilikni takomillashtirish uchun bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Toshkent Davlat yuridik universiteti vakillari, O‘zbekiston Notarial palatasi rahbar va mutaxassislari hamda notariuslar ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirokchilar O‘zbekistonda amaldagi vorislik huquqi yo‘nalishida mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek, qonunchilik sohasiga shiddat bilan kirib kelayotgan raqamlashtirish va islohotlar, ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib borishi tufayli yangidan-yangi meros turlari va huquqi paydo bo‘layotgani haqida so‘zladilar.
Shuningdek soha mutaxassislari tomonidan “Facebook”, “Instagram”, “Youtube” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda meros qolishi mumkin bo‘lgan elektron meros turlari, ularga kelajakda meros huquqini berish va notarial tasdiqlash haqida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida qonunchilikni takomillashtirish uchun bir qator taklif va tavsiyalar berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤5
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati
Andijonda tibbiyot xodimlariga 88 796 005 (sakson sakkiz million yetti yuz to‘qson olti ming besh) so‘m ustama pullari undirib berildi
Andijon shahar adliya bo‘limiga “Huquqiy mahalla” platformasi orqali shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 6-oilaviy poliklinikada faoliyat yurituvchi 171 nafar xodimlarning murojaati kelib tushgan.
Murojaatga ko'ra, xodimlarga II chorak yakuni munosabati bilan berilishi lozim bo'lgan tegishli ustamalar to‘lab berilmaganligi bayon qilingan.
Murojaat o'rganib chiqilib, kiritilgan taqdimnomaga asosan xodimlarga 88 796 005,00 (sakson sakkiz million yetti yuz to‘qson olti ming besh so‘m) so'm miqdoridagi ustama pullari to'lab berilishi ta‘minlandi.

❤3👏2👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Andijon_viloyati
"FUQARO-MAHALLA-ADLIYA" TIZIMI AMALDA

👍5❤2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_haqimizda
Maxsus reportaj | Tashkilotlarga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyati
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Maxsus reportaj | Tashkilotlarga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyati
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4❤3🔥3👏1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_imiji
Bugungi kunda fuqarolarning adliya organlariga bo‘lgan roziligi ortib bormoqda.
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi misolida maxsus ko‘rsatuv tayyorlandi.

❤4👍3