#Adliya_xabari
✅ Adliya vaziri Hukumatning 2025-yil 19-martdagi 171–son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi
🔹Bugun adliya vaziri Akbar Tashkulov Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Hukumatning 2025-yil 19-martdagi 171–son qarori ijro holati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
🔸Tadbir davomida tashkil etilayotgan o‘quv dasturlari sifati, “Raqamli institut" platformasi orqali tinglovchilarni uzluksiz malakasini oshirib borish va kurslar tashkil etishda yangi yo‘nalishlar, raqamli texnologiyalar hamda sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berildi.
🔹Bundan tashqari, adliya vaziri Institutda amaliy mashg'ulotlar o‘tkazish uchun laboratoriyalar tashkil etish, tinglovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflarni tingladi.
📌 Tadbir yakunida adliya vaziri tomonidan sohani yanada rivojlantirishga doir tegishli topshiriqlar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔹Bugun adliya vaziri Akbar Tashkulov Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Hukumatning 2025-yil 19-martdagi 171–son qarori ijro holati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
🔸Tadbir davomida tashkil etilayotgan o‘quv dasturlari sifati, “Raqamli institut" platformasi orqali tinglovchilarni uzluksiz malakasini oshirib borish va kurslar tashkil etishda yangi yo‘nalishlar, raqamli texnologiyalar hamda sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berildi.
🔹Bundan tashqari, adliya vaziri Institutda amaliy mashg'ulotlar o‘tkazish uchun laboratoriyalar tashkil etish, tinglovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflarni tingladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥5👍3👏2🎉1
#Adliya_xabari
Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi
🟢 Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
🟢 Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi joyida qanoatlantirildi va 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. 15 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🟢 Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi
Xususan, joriy yilning 12-dekabr kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 20 nafarga (5 nafari onlayn tarzda) yaqin jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarining uy-joy, tadbirkorlik, sud ekspertizasi, advokatura, mehnat qonunchiligi va intellektual mulk masalalariga oid murojaatlari tinglandi.
⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤5
🔹Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sakkizinchi sessiyasida 1 ming 172 ta fuqarolarning yer uchastkasiga bo’lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo’lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko’rib chiqildi.
🔹Hurmatli Prezidentimizning topshirig‘iga asosan «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan edi.
🔹Qonun bilan fuqarolar va tadbirkorlarning mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilishi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkchilik, shuningdek, meroslar bilan bog‘liq nizolarga yechim topilishiga asos yaratildi. Bundan tashqari, aholining ijtimoiy masalalari (doimiy ro‘yxatga qo‘yish, moddiy yordam olish, maktab, bog‘chaga joylashtirish) hamda bino va obyektlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha masalalariga ham ijobiy yechim topiladigan bo‘ldi.
🔹Mazkur qonunning 20-moddasiga asosan Kadastr agentligining «E’tirof» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kelib tushgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqildi.
⚠️Ma’lumot uchun, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar respublikada jami 1 ming 663 ta fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan va ortiqcha egallagan yerlariga, ularda qurilgan turar joylariga ijara va mulk huquqlari e’tirof qilindi.

❤5👍4🔥1
🎯Xodimlarning malaka va tajribasi oshirildi
📚 Adliya organlarining intellektual mulk sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tizimli ravishda seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda.
🗓️ 12–13-dekabr kunlari “Olmos” dam olish maskanida “Intellektual mulk huquqini himoya qilish va kontrafakt mahsulotlarni aniqlashda adliya organlari xodimlarining salohiyatini oshirish” mavzusida hududiy adliya boshqarmalarining mas’ul xodimlari uchun navbatdagi seminar-treninglar o‘tkazildi.
🕵️ Ushbu tadbirda sud va prokuratura organlari, ekspertlar hamda patent vakillari, shuningdek “Legal Max”, “White Hill” va “Settle” advokatlik firmalari mutaxassislari ma’ruzachi sifatida ishtirok etishdi.
✅ Seminar-trening davomida xodimlar kontrafakt mahsulotlarni aniqlashning zamonaviy mexanizmlari, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarga nisbatan huquqiy choralarni qo‘llash amaliyoti, shuningdek milliy va xalqaro ilg‘or tajribalar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

🔥10❤3👏1