ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

❗️Farg'onada xodimlarning 178 mln so'm ish haqlari undirib berildi

O'zbekiston tumani adliya bo'limiga tumandagi 57 ta Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari nomidan murojaat kelib tushdi. Masala o'rganilganda oydinlashdiki, tarbiyachi xodimlar joriy yilning iyul–sentabr oylaridagi ish haqlarining faqat 50% ish beruvchi tomonidan toʻlib berilgan xolos.

O'zbekiston tumani Adliya boʻlimi murojaat asosida to'lanmay qolgan ish haqlarini undirish bo'yicha tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga taqdimnoma kiritdi. Masʼul tashkilotning javob xatida esa, talab qilinayotgan mablag' vazirlik tomonidan ajratilgachgina to'lab berilishi ma'lum qilingan.

Shundan so'ng adliya bo'limi tomonidan zarur hujjatlar toʻplanib, xodimlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida ish sudga taqdim etildi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻzbekiston tumanlararo sudi joriy yilning noyabr oyidagi hal qiluv qarori bilan Adliya boʻlimi arizasi toʻliq qanoatlantirdi.

Natijada O'zbekiston tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan 100 nafar tarbiyachilarga to'lanmay qolgan 178 mln so'm ish haqlari to'lab berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2
Kontrafakt mahsulot ishlab chiqargan huquqbuzar 41 mln. so‘m jarimaga tortildi!

Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Xususan, Vazirlik tomonidan “Choco Plus” MChJning “GOLD” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “M.X.” XK tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “M.X.” XK tomonidan “GOLD” tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan “DOLCE GOLD” belgili kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “M.X.” XKga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarida, ya’ni 41 mln. so‘m jarima qo‘llanildi hamda “GOLD” tovar belgisiga nisbatan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatish majburiyati yuklandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan Namangan viloyatdagi 22 ta sport markazi va maktablarida ishlovchi tibbiyot xodimlariga 991 887 837 million so’m pul mablag’i to’lab berildi.


Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Namangan shahar sport maktabi hamshirasi N.Q.ning 2025-yil yanvar-aprel oylari uchun ustama toʻlovlarini undirishda amaliy yordam berishni soʻrab yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥3
#Ogoh_bo'ling!

Bu ham FEYK.

❗️OGOH BO'LING!
Havolalar va QR-kod sizning ma’lumotlaringizni o’g’irlaydigan soxta saytlarga yo‘naltirishi mumkin.

❗️Firibgarlarga aldanib qolmaslikni va feyk xabarlarga ishonmaslikni so'raymiz.

Adliya vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi tomonidan tizim xodimlari uchun Islom sivilizatsiya markazida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

🔸Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida uch kunlik o‘quv kursida ishtirok etayotgan Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining hududiy organlari xodimlari uchun navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar Islom sivilizatsiya markazida tashkil etildi.

🔹Tinglovchilar Markazning boy tarixiy merosi, qadimiy qo‘lyozmalar, ulug‘ allomalarning ilmiy maktablari va islom tamadduniga oid qimmatli ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarning ahamiyati, jamoatchilik bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlar hamda huquqiy madaniyatni targ‘ib qilishning samarali usullari yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

🔸Mazkur tashrif nafaqat xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga, balki ular o‘rtasida jamoaviy ruh, o‘zaro hamkorlik va bir-birini qo‘llab-quvvatlash muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Birgalikda o‘tkazilgan o‘quv jarayonlari tinglovchilarda yanada faol, tashabbuskor va ahil jamoa sifatida ishlash ko‘nikmalarini kuchaytiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥145👍1👏1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

HUDUD - MY5 TV
“Huquqiy Mahalla” aholi muammolariga amaliy yechim

Yurtimizda aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish maqsadida adliya organlari tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bu borada birgina Farg‘ona viloyatida loyiha doirasida joriy yilning shu kuniga qadar 117 mingdan ortiq muammolar aniqlangan va ularning 80 foiziga ijobiy yechim topilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍54🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Biznesni boshlashda davlat xizmatlari kompleks tarzda ko'rsatiladi

2026-yil 1-yanvardan tadbirkorlarni davlat ro'yhatidan o'tkazishda "Biznesni 15 daqiqada boshlash" tamoyili doirasida xizmatlar ko'rsatiladi.

(Manba PF-214, 14.11.2025)

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥2👏1
🏆 Adliya vazirligi — “Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha eng namunali vazirlik-idora” nominatsiyasi g‘olibi!

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qaroriga muvofiq har yili o'tkazib kelinayotgan mazkur tanlovdan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ilg‘or amaliyotlarni ommalashtirish, hudud va vazirliklar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsad qilingan


🔹 Ushbu natija davlat tilining nufuzi va mavqeini oshirish, hujjatlarni davlat tilida to‘g‘ri, sifatli va professional yuritish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasidir.

Adliya vazirligi jamoasini ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍19👏6🎉53🔥2
“E-qaror” tizimi orqali qabul qilingan qarorlarni monitoring qilish jarayonlarini kuchaytirish yuzasidan vebinar o‘tkazildi

🔹Toshkent viloyatining 22 ta tuman (shahar) adliya bo'limlari boshliqlari ishtirokida "Hokimliklar faoliyatida huquqni qo'llashni metodik ta'minlash sohasidagi kamchiliklar va "E-qaror" elektron tizimi orqali qarorlar qabul qilish holatlari" yuzasidan vebinar o‘tkazildi.

🔸Vebinarda hokimliklar faoliyatida huquqni qo'llashni metodik ta'minlash sohasidagi kamchiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda ishtirokchilari tomonidan amaliyotdagi muammolar bo‘yicha takliflar bildirildi.

🔹Vebinar davomida hokimlik qarorlarining monitoringini kuchaytirish, qonun buzilish holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4🔥41
#Adliya_aralashgach

Namangan viloyati, Davlatobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi umumta'lim maktablarining qorovul (texnik) xodimlari tomonidan tungi ishlagan vaqti uchun qo'shimcha haq to'lanmayotganidan norozi bo'lib qilgan murojaatlari o'rganib chiqildi.

Natijada, tuman adliya bo'limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga taqdimnoma kiritilib, 2025-yilning avgust - oktyabr oylarida tumandagi jami 22 ta maktabning 63 nafar qorovullariga 41 245 589 so'm, jami 23 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining 70 nafar qorovullariga 40 949 496 so'm, jami 133 nafar texnik xodimga 82 195 085 so'm qo'shimcha ish haqlari to'liq to'lib berilib, bundan keyin to'lab borilishi ta'minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Hukumatning 2025-yil 19-martdagi 171–son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi

🔹Bugun adliya vaziri Akbar Tashkulov Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Hukumatning 2025-yil 19-martdagi 171–son qarori ijro holati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

🔸Tadbir davomida tashkil etilayotgan o‘quv dasturlari sifati, “Raqamli institut" platformasi orqali tinglovchilarni uzluksiz malakasini oshirib borish va kurslar tashkil etishda yangi yo‘nalishlar, raqamli texnologiyalar hamda sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berildi.

🔹Bundan tashqari, adliya vaziri Institutda amaliy mashg'ulotlar o‘tkazish uchun laboratoriyalar tashkil etish, tinglovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflarni tingladi.

📌Tadbir yakunida adliya vaziri tomonidan sohani yanada rivojlantirishga doir tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥5👍3👏2🎉1