ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#davra_suhbati

Yil sarhisobi va kelgusi rejalar

🔹Adliya vazirligida “O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish: dolzarb masalalar va tavsiyalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbir adliya vaziri o'rinbosari M.Allakuliyev, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari, Finlandiyaning O‘rta Osiyo uchun elchisi hamda Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari ishtirokida tashkil etildi.

🔹Mazkur davra suhbatida BMT Taraqqiyot Dasturining 2025-yildagi O‘zbekistondagi loyihalari ijrosi, jumladan “Yuridik yordam” axborot tizimi yangi versiyasining ishga tushirilishi, bir qator nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yakuni va kelgusi yil uchun rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi.

🔸Shuningdek, tadbir davomida BMT Taraqqiyot Dasturi loyihalarining g‘olib va sovrindorlari maxsus diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ilk mualliflik huquqi qayerda paydo bo‘lganligi haqida bilarmidingiz?

Adliya vazirligi huzuridagi O‘zarxiv agentligining Milliy arxivida topilgan nihoyatda qimmatli manbaga ko‘ra, mualliflik huquqining ilk qadamlari aytib o‘tganimizdek 1474-yil Venetsiyada emas, balki ancha avval — buyuk siyosatdon, olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek hukmronlik qilgan davrdayoq shakllangan bo‘lishi mumkin.

Ushbu savolga batafsil javobni esa videodan bilib olishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍5🔥2🎉1
O‘zbekistonda geografik ko‘rsatkichlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha yangi bosqich: “oriGIn Uzbekistan” muassasa shakldagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etiladi

🔸Mazkur muassasa milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, mahsulotlar qiymatini oshirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

❗️“oriGIn Uzbekistan”ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
– milliy geografik ko‘rsatkichlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha tizimli yordam ko‘rsatish;
– mahalliy ishlab chiqaruvchilarni geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, boshqarish va targ‘ibot o‘tkazish;
– xalqaro tashkilotlar, jumladan “oriGIn Global” tashkiloti bilan hamkorlikni kuchaytirish;
– O‘zbekistonning geografik ko‘rsatkichlariga ega mahsulotlarini jahon bozorida keng targ‘ib qilish.


🔹Mazkur tashabbus O‘zbekistonni geografik ko‘rsatkich sohasida xalqaro standartlarga moslashtirish va milliy mahsulotlarni xalqaro miqiyosida tan olinishi uchun muhim qadamdir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON O‘Z QONUNCHILIGINI JST TALABLARIGA TEZLIK BILAN MUVOFIQLASHTIRMOQDA

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida Adliya vazirligining asosiy vazifalari nimalardan tashkil topadi? 2026 yilda qonunchilikni JST talablariga moslashtirish bo‘yicha asosiy ustuvor yo‘nalishlar nimalardan iborat? Ushbu savollarga adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamov javob berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👏74👍4🔥3
#Adliya_aralashgach

Talabaga ta'lim krediti ajratilishida amaliy yordam ko'rsatildi

Adliya vazirligiga Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashovchi fuqaro G.A tomonidan unga oliy ta'lim muassasasida ta'lim olishi uchun bank tomonidan ta'lim krediti ajratilmayotganidan norozi boʻlib murojaat yo'llagan.

Mazkur murojaat Adliya vazirligi tomonidan batafsil oʻrganib chiqildi.

Natijada mas'ullar tomonidan tegishli choralar ko'rilib fuqaro G.Aga bank tomonidan jami 17 366 040 so'm ta'lim krediti ajratilishi ta'minlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
7🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_aksiya

❗️Farg'onada "Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish" aksiyasi doirasida turli tadbirlar bo'lib o'tdi

Huquqiy aksiya doirasida Uchko'prik tumanidagi 28-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tuman adliya bo'limi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o'quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbati jarayonida profilaktik uchrashuvlar ham tashkillanib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va majburiyatlari, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda bartaraf etish choralari, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Batafsil videolavhada 👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2👏1
#Ogoh_bo'ling!

‼️Adliya vazirligiga shu kabi mazmunda tadbirkorlar va fuqarolar elektron pochtasiga xabarlar yuborilayotganligi haqidagi murojaatlar kelib tushmoqda.

Bunday ko'rinish va mazmundagi xatlar Adliya vazirligiga umuman tegishli emas va feyk xabarlar hisoblanadi.

Mazkur xatdagi havolalar va QR-kod sizning ma’lumotlaringizni o’g’irlaydigan soxta saytlarga ham yo‘naltirishi mumkin.

❗️Tadbirkorlardan va fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolmaslikni va feyk xabarlarga ishonmaslikni so'raymiz.

Adliya vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏21🔥1
#Adliya_aralashgach

❗️Farg'onada xodimlarning 178 mln so'm ish haqlari undirib berildi

O'zbekiston tumani adliya bo'limiga tumandagi 57 ta Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari nomidan murojaat kelib tushdi. Masala o'rganilganda oydinlashdiki, tarbiyachi xodimlar joriy yilning iyul–sentabr oylaridagi ish haqlarining faqat 50% ish beruvchi tomonidan toʻlib berilgan xolos.

O'zbekiston tumani Adliya boʻlimi murojaat asosida to'lanmay qolgan ish haqlarini undirish bo'yicha tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga taqdimnoma kiritdi. Masʼul tashkilotning javob xatida esa, talab qilinayotgan mablag' vazirlik tomonidan ajratilgachgina to'lab berilishi ma'lum qilingan.

Shundan so'ng adliya bo'limi tomonidan zarur hujjatlar toʻplanib, xodimlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida ish sudga taqdim etildi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻzbekiston tumanlararo sudi joriy yilning noyabr oyidagi hal qiluv qarori bilan Adliya boʻlimi arizasi toʻliq qanoatlantirdi.

Natijada O'zbekiston tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan 100 nafar tarbiyachilarga to'lanmay qolgan 178 mln so'm ish haqlari to'lab berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2
Kontrafakt mahsulot ishlab chiqargan huquqbuzar 41 mln. so‘m jarimaga tortildi!

Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Xususan, Vazirlik tomonidan “Choco Plus” MChJning “GOLD” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “M.X.” XK tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “M.X.” XK tomonidan “GOLD” tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan “DOLCE GOLD” belgili kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “M.X.” XKga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarida, ya’ni 41 mln. so‘m jarima qo‘llanildi hamda “GOLD” tovar belgisiga nisbatan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatish majburiyati yuklandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan Namangan viloyatdagi 22 ta sport markazi va maktablarida ishlovchi tibbiyot xodimlariga 991 887 837 million so’m pul mablag’i to’lab berildi.


Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Namangan shahar sport maktabi hamshirasi N.Q.ning 2025-yil yanvar-aprel oylari uchun ustama toʻlovlarini undirishda amaliy yordam berishni soʻrab yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥3
#Ogoh_bo'ling!

Bu ham FEYK.

❗️OGOH BO'LING!
Havolalar va QR-kod sizning ma’lumotlaringizni o’g’irlaydigan soxta saytlarga yo‘naltirishi mumkin.

❗️Firibgarlarga aldanib qolmaslikni va feyk xabarlarga ishonmaslikni so'raymiz.

Adliya vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi tomonidan tizim xodimlari uchun Islom sivilizatsiya markazida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

🔸Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida uch kunlik o‘quv kursida ishtirok etayotgan Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining hududiy organlari xodimlari uchun navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar Islom sivilizatsiya markazida tashkil etildi.

🔹Tinglovchilar Markazning boy tarixiy merosi, qadimiy qo‘lyozmalar, ulug‘ allomalarning ilmiy maktablari va islom tamadduniga oid qimmatli ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarning ahamiyati, jamoatchilik bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlar hamda huquqiy madaniyatni targ‘ib qilishning samarali usullari yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

🔸Mazkur tashrif nafaqat xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga, balki ular o‘rtasida jamoaviy ruh, o‘zaro hamkorlik va bir-birini qo‘llab-quvvatlash muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Birgalikda o‘tkazilgan o‘quv jarayonlari tinglovchilarda yanada faol, tashabbuskor va ahil jamoa sifatida ishlash ko‘nikmalarini kuchaytiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥145👍1👏1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

HUDUD - MY5 TV
“Huquqiy Mahalla” aholi muammolariga amaliy yechim

Yurtimizda aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish maqsadida adliya organlari tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bu borada birgina Farg‘ona viloyatida loyiha doirasida joriy yilning shu kuniga qadar 117 mingdan ortiq muammolar aniqlangan va ularning 80 foiziga ijobiy yechim topilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍54🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Biznesni boshlashda davlat xizmatlari kompleks tarzda ko'rsatiladi

2026-yil 1-yanvardan tadbirkorlarni davlat ro'yhatidan o'tkazishda "Biznesni 15 daqiqada boshlash" tamoyili doirasida xizmatlar ko'rsatiladi.

(Manba PF-214, 14.11.2025)

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥2👏1