ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
🏢 Surxondaryo viloyati sud ekspertiza bo‘limining yangi binosida zamonaviy sharoitlar yaratildi

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Surxondaryo viloyat bo‘limi uchun qurilgan yangi bino zamonaviy talablarga to‘liq mos bo‘lib, aholiga tez, aniq va ishonchli sud-ekspertiza xizmatlari ko‘rsatish imkonini kengaytirdi.

🔹 Yangi Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi – viloyatda ilk bor tashkil etilib, biologik ota-onalik faktini aniqlash bo‘yicha ekspertizalarni joyida o‘tkazish imkonini beradi. Bu jarayonlarning tezlashishi va fuqarolarga qulaylik yaratadi.

🔹 Yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan ekspertizа xonalari – namunalarni tahlil qilishda zamonaviy diagnostika uskunalari qo‘llanadi.

🔹 Xavfsiz va standartlarga mos saqlash bo‘linmalari – ekspertiza namunalarining butligi, maxfiyligi va sifatini ta’minlaydi.

🔹 Qulay ish muhiti va xizmat ko‘rsatish zallari – fuqarolar, advokatlar va sud-tergov organlari xodimlari uchun ochiq, shaffof va ergonomik sharoitlar yaratilgan.

🔹 Axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan yangi infratuzilma – tahlil jarayonlarini tezkorlashtiradi va natijalarni aniq qayd etish imkonini beradi.

📌 Yangi bino Surxondaryoda sud-ekspertiza tizimi imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirib, aholiga yanada sifatli va zamonaviy xizmat ko‘rsatish uchun mustahkam baza yaratdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
8🔥3👍2👏1
4️⃣4️⃣4️⃣ • “Yurist AI — kelajakning huquqiy texnologiyalari” maqolalar tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekistonning ilg‘or yuridik sun’iy intellekt platformasi tomonidan tashkil etilayotgan tanlovda ishtirok etishni istaganlar quyidagi mavzulardagi materiallarini 7-dekabrga qadar @yuristai_tanlov_admin Telegram manziliga yuborishi kerak:
— Sun’iy intellekt va huquqiy maslahatlarning kelajagi;
— Yurist AI ekotizimida qo‘llash mumkin bo‘lgan kelajak texnologiyalari;
— O‘zbekistonda huquqiy xizmatlarga kirishni soddalashtirish yo‘llari;
— LegalTech startaplari uchun global trendlar va O‘zbekiston uchun imkoniyatlar.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari pul mukofotlari, “Yurist AI” loyihasi va LegalTech laboratoriyasi tomonidan sertifikat hamda “Yurist AI” dan foydalanish uchun premium obunalari bilan taqdirlanadi.

👉 Tanlov shartlari va maqolalarga qo‘yilgan talablar bilan tanishish...

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • Объявлен конкурс статей «Yurist AI — правовые технологии будущего»

Желающие принять участие в конкурсе, организуемом передовой юридической платформой искусственного интеллекта Узбекистана, должны отправить свои материалы до 7 декабря на Telegram-адрес @yuristai_tanlov_admin по следующим темам:
— Искусственный интеллект и будущее правовых консультаций;
— Технологии будущего, которые можно применить в экосистеме Yurist AI;
— Пути упрощения доступа к юридическим услугам в Узбекистане;
— Глобальные тренды для LegalTech-стартапов и возможности для Узбекистана.

Победители и призеры конкурса будут награждены денежными призами, сертификатами от проекта «Yurist AI» и Лаборатории LegalTech, а также премиальными подписками для пользования сервисом «Yurist AI».

👉 Ознакомиться с условиями конкурса и требованиями к статьям...

⚫️ 🔴 🔵 🟣 ⚪️ @tsulofficial #elon #объявление #announcement
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
#Adliya_xabari

Sirdaryoda yana 253 nafar fuqaroga uy-joyga egalik huquqi berildi


Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining tegishli qarori bilan yana 253 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari hamda ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqi e’tirof etildi.

Egalik huquqining rasmiy e’tirof etilgani endilikda ushbu fuqarolarga o‘z mulklarini to‘laqonli tasarruf etish imkonini beradi.

"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatda jami 700 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyat adliya boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va jamiyatda faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍1
Adliya vazirligida Intellektual mulk obyektlari muhofazasi mavzusida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

🔹Adliya vazirligida Intellektual mulk departamenti mutaxassislari tomonidan Odil Sudlov akademiyasining 58 nafar tinglovchilariga Intellektual mulk huquqini muhofaza va himoya qilish masalalari oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

🔸Mashgʻulotda sudlarda intellektual mulk huquqi bilan bogʻliq ishlar, sud protsesslarida vujudga kelayotgan muammolar toʻgʻrisida maʼlumotlar va ularni yechimlari yuzasidan takliflar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2311👏8🔥3🎉3
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
“Konstitutsiya koʻchasi”ga marhamat!

Barchangizni taklif qilamiz!
11👍7👏6🎉2
Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Konstitutsiya ko‘chasi” tadbiri tashkil etildi

🔹Bugun, 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining “Sayilgoh” ko‘chasida an’anaviy “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.

🔹Tadbir doirasida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, Konstitutsiyada belgilangan asosiy qoidalar mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida turli interaktiv maydonchalar, xususan, tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etildi.

🔹Talabalar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar, fleshmoblar, harbiylarning jang san’atiga oid ko‘rgazmali chiqishlari, huquqiy ma’ruzalar va so‘z ustalari ishtirokidagi dasturlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6