ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Toshkent viloyatida Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti tashabbusi bilan tashkil qilingan “Targ‘ibot poyezdi" aksiyasi o‘z faoliyatini boshladi

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo‘limi tomonidan ushbu loyiha doirasida bugun tumandagi 24-sonli bolalar musiqa maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 noyabrdagi F-60-son farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” hamda “Xalqchil davlat — barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” shiorlari ostida tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida ishtirokchilarga Konstitutsiyada belgilangan asosiy huquq va erkinliklar, qonun ustuvorligining jamiyat hayotidagi o‘rni, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar mazmuni haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4
Endilikda litsenziya, ruxsatnomalar olish uchun arizalarni hamda xabarnomalarni vakolatli organga Davlat xizmatlari markazlari orqali ham yuborish yo'lga qo'yiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi O‘RQ-1099-son Qonuni.

🌟 Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3
#tayinlov

Adliya vazirining tegishli buyrug’i bilan Rabiyev Sherzod Mirjalilovich Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Adliya vazirligi jamoasi Sh. Rabiyevni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1👍4218🔥14👏6
Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahar adliya boshqarmasi binosida Adliya vazirligi tomonidan intellektual mulk obyektlari bo‘yicha amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida quyidagi natijalarga erishildi:
🔹 16 nafar jismoniy va yuridik shaxsga tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtiro, foydali model va sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talabnoma topshirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
🔹 10 nafar tadbirkorga intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
🔹 5 ta yozma murojaat joyida qabul qilinib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
🔹 Sayyor qabulda 100 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha maslahat oldilar.

🔸Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchilarning brend nomlari Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portalida tekshirilib, mavjudligi yoki mavjud emasligi yuzasidan amaliy xulosalar berildi.

🔹Ushbu sayyor qabul aholi va tadbirkorlarning intellektual mulk obyektlarini yaratish, ro‘yxatdan o‘tkazish va himoya qilish bo‘yicha bilimlarini oshirishga, shuningdek, zarur amaliy yordamni joyida olishlariga xizmat qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_Konstitutsiyam

❗️“Targ'ibot poyezdi” - Farg'onada

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!" shiori ostida "Targ'ibot poyezdi" loyihasiga start berilgan.

Yoshlarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini yanada rivojlantirish yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari "Tengdosh tengdoshga" tamoyili doirasida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasini Farg'ona viloyati yuridik texnikumida davom ettirdilar.

Tadbirda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning jamiyat rivoji va xalqimiz farovonligini ta'minlashda ahamiyati batafsil tushuntirildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi hamda huquqiy viktorina orqali o'quvchilarning bilimlari sinovdan o'tkazildi. Faol ishtirok etgan o'quvchilarga TDYUning esdalik sovg'alari topshirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍21👏1