ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#intellektual_mulk

BIMTning Mualliflik huquqi bo‘yicha 47-sessiyasi boshlandi

📅 1–5 dekabr, Jeneva (Shveytsariya)

🔹Butunjahon Intellektual Mulk Tashkilotining (BIMT) Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bo‘yicha doimiy qo‘mitasining 47-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Unda dunyoning turli davlatlaridan xalqaro ekspertlar, mutaxassislar va vakolatli delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

❗️Unda Adliya vazirligining shu sohani tahlil qilish va rivojlantirishga mas'ul bo'lgan xodimlari ham ishtirok etishmoqda.

Sessiya doirasida quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilinmoqda:
🔹 Efirga uzatuvchi tashkilotlar huquqlari bo‘yicha xalqaro bitim loyihasi;
🔹 Sun’iy intellekt va mualliflik huquqi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar;
🔹 Kutubxonalar va arxivlar faoliyatiga oid istisno qoidalarni takomillashtirish;
🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun axborot resurslariga teng imkoniyat yaratish;
🔹 Raqamli muhitda ijodkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar.


❗️Ushbu yo‘nalishlar O‘zbekiston uchun ham dolzarb bo‘lib, intellektual mulk sohasidagi milliy qonunchilikni modernizatsiya qilish, ijodkorlar manfaatlarini himoya qilish va raqamli xizmatlar bozorida adolatli tartiblar yaratishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4👍3👏3🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasidagi tadbirlar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥2
#Adliya_xabari

“Konstitutsiya – yangi O‘zbekiston taraqqiyotining huquqiy kafolati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.


Joriy yilning 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universitetida “Konstitutsiya – yangi O‘zbekiston taraqqiyotining huquqiy kafolati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Konstitutsiyaviy sud, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Odil sudlov akademiyasi hamda boshqa oliy ta’lim muassasalarining vakillari, shuningdek, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Bolgariya, Vengriya, Hindiston va boshqa davlatlardan yetakchi huquqshunos olimlar ishtirok etdi.



Xalqaro anjumanda adliya vaziri o‘rinbosari M.Allakuliyev barchani Konstitutsiya qabul qilinganligining 33 yilligi bilan muborakbod etib, Konstitutsiya va amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

“O‘zbekistonda olib borilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar bugun faqat huquqiy jarayon emas – bu global maydondagi siyosiy pozitsiyamiz, yangi konseptual qarashlarimizga javob beradigan siyosiy hujjatdir.”


Tadbir davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida milliy va xorijiy olimlarning ma’ruzalari tinglandi.

Xususan, so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni alohida qayd etildi.


Tashkil etilgan xalqaro anjuman Konstitutsiyaviy islohotlar, inson huquqlari, demokratik institutlarni mustahkamlash borasida fikr almashish, ilmiy xulosalar chiqarish va amaliy takliflar ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥65👍2
❗️E’lon!

⚡️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Surxondaryo viloyat bo‘limining yangi binosi ochilishi munosabati bilan barcha OAV vakillari va blogerlarni seminar, press-tur hamda tantanali ochilish marosimiga taklif etamiz!

🗓 Ochilish marosimi va Press-tur joriy yilning 4-dekabr kuni soat 10:00 da X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Surxondaryo viloyat bo‘limida o‘tkaziladi. (Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, “Do‘stlik” mahallasi, Ogahiy ko‘chasi)

✔️ Shuningdek, tadbir doirasida, soat 11:30 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan hamda “Sud ekspertizalarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari” mavzusida davlat sud-ekspertiza muassasalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida seminar o‘tkaziladi. (Manzil: Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi binosi, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov ko'chasi, 42-uy)

💬Murojaat uchun telefon:
71-209-11-55 (ichki 160,175)
90-920-28-68, 91-343-66-67


Markaz matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#Adliya_xabari

Toshkent viloyatida Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti tashabbusi bilan tashkil qilingan “Targ‘ibot poyezdi" aksiyasi o‘z faoliyatini boshladi

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo‘limi tomonidan ushbu loyiha doirasida bugun tumandagi 24-sonli bolalar musiqa maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 noyabrdagi F-60-son farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” hamda “Xalqchil davlat — barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” shiorlari ostida tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida ishtirokchilarga Konstitutsiyada belgilangan asosiy huquq va erkinliklar, qonun ustuvorligining jamiyat hayotidagi o‘rni, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar mazmuni haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4
Endilikda litsenziya, ruxsatnomalar olish uchun arizalarni hamda xabarnomalarni vakolatli organga Davlat xizmatlari markazlari orqali ham yuborish yo'lga qo'yiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi O‘RQ-1099-son Qonuni.

🌟 Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3
#tayinlov

Adliya vazirining tegishli buyrug’i bilan Rabiyev Sherzod Mirjalilovich Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Adliya vazirligi jamoasi Sh. Rabiyevni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1👍4218🔥14👏6