ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
🇺🇿🇦🇪 “Zero Bureaucracy |Byurokratiyasiz davlat” dasturi doirasida BAA–O‘zbekiston hamkorlik seminari bo‘lib o‘tdi.

🔸Toshkent shahrida Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston o‘rtasida davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratiyani kamaytirish va raqamli boshqaruvni jadal rivojlantirishga qaratilgan “Zero Bureaucracy / Byurokratiyasiz davlat” dasturi bo‘yicha maxsus seminar o‘tkazildi.

🔹Seminar ikki davlat o‘rtasidagi ilg‘or tajriba almashinuvini kuchaytirish, tezkor, shaffof va fuqarolarga qulay davlat xizmatlarini shakllantirishga yo‘naltirildi.

🔻Seminar doirasida BAAdan kelgan mutaxassislar bir vaqtning o‘zida olti yo‘nalish bo‘yicha amaliy ishlarni olib bordilar:
▪️Inson kapitali;
▪️Soliq va iqtisodiyot;
▪️Energetika va infratuzilma;
▪️Moliya;
▪️Sog‘liqni saqlash;
▪️Adliya va sud-huquq sohasi.


✔️Har bir sektorda BAA ning byurokratiyani qisqartirishga doir yetakchi metodlari va uch bosqichdan iborat ilg‘or amaliyoti ishtirokchilarga taqdim etildi.

🔸Seminar yakunida har bir yo’nalish quyidagi ma’lumotlarni shakllantirdi:
• O‘zbekistonda soddalashtirish talab etiladigan eng muhim uchta xizmat ro‘yxati;
• Ularni murakkablashtirayotgan asosiy omillar;
• Hozirgi jarayonda eng ko‘p vaqt oladigan bosqichlar;
• BAA tajribasi va Zero Bureaucracy asboblari asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar.

🔹Ushbu seminar O‘zbekistonning byurokratiyasiz davlat boshqaruviga o‘tish jarayonida muhim qadam bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi tizimli hamkorlikni yanada mustahkamlaydi. “Zero Bureaucracy” dasturi fuqarolarga tezkor, shaffof va zamonaviy davlat xizmatlari taqdim etishda yangi bosqichni belgilab berishi kutilmoqda.
👍32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥119👏6🎉1
#Adliya_xabari

Konstitutsiya bayrami arafasida Adliya vaziri Akbar Tashkulov Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 9-Ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari uchun "Kelajak soati" doirasida "Mening huquqlarim" mavzusida dars o‘tdi.

Mazkur darsda o‘quvchi yoshlarga Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirib berildi.

O‘quvchilar Bosh Qomusimizdagi asosiy huquq va kafolatlar bilan birga, qonunlarni hurmat qilishning ahamiyati haqida ham bilimga ega bo‘ldilar.

Dars yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1210🔥3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

#Fuqarolik_jamiyati_haftaligi

✈️ Ayni vaqtda “Fuqarolik jamiyati haftaligi” tadbirlarining ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

Unda adliya vaziri o’rinbosari N.Muxammadiyev va vazirlik mas’ullari ham faol ishtirok etmoqda.

Eslatib o'tamiz,“Fuqarolik jamiyati haftaligi” tadbirlari joriy yil 1-5 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2026-yil 1-martdan boshlab quyidagi arxiv xizmatlarini ko'rsatish muddatlari qisqartiriladi:

arxiv hujjatlari yoki ularning ko'chirma nusxalarini O'zbekistondan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma berish — 15 ish kunidan 5 ish kunigacha;

yaroqsiz holatga kelgan yoki yo'qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash — 20 ish kunidan 10 ish kunigacha;

oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasasida o'qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma'lumotnomasini berish — 5 ish kunidan 2 ish kunigacha;

arxiv hujjatlari, kitoblar va qo'lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) — 3 ish kunidan 1 ish kunigacha.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-228-son Farmoni.

Telegram |
Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🔥3
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi
PQ–188-son qaroriga asosan bugun, 1-dekabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔹Apellyatsiya Kengashi kun tartibida 2 nafar fuqarolarning tegishli davlat xizmatlari ko‘rsatilishidan norozi bo‘lib yo‘llagan shikoyatlari ko‘rib chiqilib, ushbu shikoyatlarni qanoatlantirish haqida qarorlar qabul qilindi.

✔️Shu bilan birga, majlis davomida ma’muriy organga o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📌Apellyatsiya Kengashiga YaIDXP orqali yoki davlat xizmatlari markazlari orqali shikoyat berish mumkin bo‘lib, Apellyatsiya kengashiga shikoyatlarni berish 2026-yil 1-iyul kuniga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4👏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fuqarolik_jamiyati_haftaligi
#Jamoatchilik_kengashlari_forumi

Avval xabar berganimizdek, Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Jamoatchilik kengashlari forumi bo’lib o’tmoqda.

Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlari boshqarmasi boshlig’i — Zikirilla Maxmudov: Nodavlat tashkilot nima desa, xalqaro tashkilot deb tushunish, fuqarolik jamiyati nima desa, fuqarolarni tushunish holatlari haligacha saqlanib qolgan.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍31🔥1
#Bir_murojaat_izidan

Fuqaro 35 yillik orzusiga erishdi !!!


Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro U. Xning farzandini tug‘ilganlik faktini belgilashda amaliy yordam berishni so‘rab yo'llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, U.X o‘z murojaatida 1990-yilda tug‘ilgan farzandi U.K Zarbdor tuman markaziy shifoxonasi tug‘ruq kompleksida dunyoga keltirganligi, ba’zi sabablarga ko‘ra tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini hozirgi kunga qadar olmagan.

Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasining ma’lumotnomasiga ko‘ra, 1990-yil 18-aprelda tug‘ilgan U. Kning tug‘ilgani haqida hujjatlar tibbiyot birlashmasi arxivida topilmagan.

Hozirgi kunda U. K Sharof Rashidov tumani Toqchilik MFYdagi 2004-yildan buyon onasi U. X. bilan birga yashab kelgan. Bu holat Sharof Rashidov tumani Toqchilik MFYning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan.

Jizzax shahar Ittifoq MFYning dalolatnomasiga ko‘ra, U. K 1990-yil 18-aprelda tug‘ilganligi, onasi U. X. ekanligini qo‘shnilari tasdiqlagan.

O‘zbekiston Respublikasi FPKning 295-moddasiga binoan fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki tugashiga sabab bo‘ladigan faktlarni, jumladan bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi faktini, shuningdek tug‘ilganlik vaqtini sud aniqlaydi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, fuqaro U. Kning tug‘ilganlik faktini belgilash bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilib, tug‘ilganlik fakti belgilangandi va FHDY organlari tomonidan tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1