ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
“HYUNDAI” tovar belgisining huquqlari himoya qilindi!

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Xususan, adliya organlari tomonidan “GSTOIL” MChJ XKga foydalanish huquqi tegishli bo‘lgan “HYUNDAI CONSTRUCTION EQUIPMENT” tovar belgisiga nisbatan intellektual mulk huquqlari “E.S.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “E.S.” MChJ tomonidan “HYUNDAI CONSTRUCTION EQUIPMENT” tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar sotuvga taklif etilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan “E.S.” MChJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda kontrafakt mahsulotlar sotuvdan olib tashlanishi belgilandi.

Shuningdek, holat yuzasidan “GST OIL” MChJ XK sudga murojaat qildi va sudning14.11.2025-yildagi qarori bilan “E.S.” MChJga “HYUNDAI CONSTRUCTION EQUIPMENT” tovar belgisiga o‘xshash belgilardan foydalanmaslik majburiyati yuklandi hamda huquqbuzardan 10 mln. so‘m miqdorida tovon puli va 12 mln. so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1👏1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqshunoslik” fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning hududiy bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar respublika bosqichida quyidagi 3 ta shart bo‘yicha bellashishdi.


1-shart – Huquqiy bilimga oid test savollari;
2-shart – Muammoli vaziyat (keys-stadi);
3-shart – Blits savol-javob.

Olimpiada g‘oliblari qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik tamoyillariga tayangan holda hakamlar hay’ati tomonidan berilgan xulosalar asosida aniqlandi.

Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi o‘quvchilar g‘olib deb topildi:

8-sinflar o‘rtasida:
1-o‘rinK. Komiljonova (Xorazm viloyati)
2-o‘rin – Z. Meliboyeva (Andijon viloyati)
3-o‘rinM. Jo‘rayeva (Surxondaryo viloyati)

9-sinflar o‘rtasida:
1-o‘rinJ. Xudoyberdiyev (Navoiy viloyati)
2-o‘rinD. Rustamov (Surxondaryo viloyati)
3-o‘rinD. Mo‘minjonova (Andijon viloyati)

10-sinflar o‘rtasida:
1-o‘rinS. Qurbonova (Surxondaryo viloyati)
2-o‘rinD. Qilichova (Navoiy viloyati)
3-o‘rinCh. Komilova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

11-sinflar o‘rtasida:
1-o‘rinO. Erdonova (Buxoro viloyati)
2-o‘rinM. Ulug‘bekov (Andijon)
3-o‘rin D. Avalboyev (Toshkent viloyati)

Olimpiada g‘oliblari darajali diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥3👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosi hamda Vazirlar Mahkamasining chegara hududlardagi mahallalar bòyicha topshiriĝi yuzasidan biriktirilgan mas’ullar tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Shunga kòra, adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Bekobod shahrida bòlib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari, shatb faoliyati hamda chegara va anklav hududlarda joylashgan mahallalar bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida vazir o‘rinbosari mahallalarda ham bo‘lib, Farmon ijrosi, ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish hamda aholiga mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, chegara hududlarda joylashgan mahallalarda bòlib, ettilik a'zolari va faollar bilan suhbatlashdi.

Mas’ul xodimlarga amaliy tavsiyalar va ko‘rsatmalar berdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2
🇨🇳 Adliya vazirligi delegatsiyasi Xitoyning Sian shahrida boʻlib oʻtayotgan Shanhay hamkorlik tashkiloti aʼzo davlatlari uchun yuridik xizmatlar koʻrsatish bo’yicha dastur doirasida Shensi provinsiyasining Tijorat mediatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi.

Tadbir davomida markazning faoliyati, xususan, raqamli va onlayn mediatsiya xizmatlarini koʻrsatishdagi zamonaviy usullar oʻrganildi.

Shuningdek, mediatorlikka nomzodlarni qabul qilish tartibi, mediatsiya jarayoni tashkil etish hamda turli yurisdiksiyalardagi nizolarga huquqiy baho tizimlari bilan tanishildi.

Dastur 28-noyabrga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
Геосиёсий ҳамкорликнинг янги архитектураси: Тошкент ва Вашингтон муносабатлари стратегик юксалиш палласида

Икки мамлакат ўртасидаги иқтисодий алоқалар янги босқичга чиқмоқда. Яқинда ташкил этилган Америка-Ўзбекистон ишбилармонлик ва инвестиция кенгашига икки томондан кимлар раҳбарлик қилиши маълум бўлди:

🇺🇸 АҚШ томонидан: Президент Дональд Трампнинг Жанубий ва Марказий Осиё бўйича махсус вакили — Сержио Гор. 🇺🇿 Ўзбекистон томонидан: Президент Администрацияси раҳбари — Саида Мирзиёева.

АҚШ ва Ўзбекистон ўртасидаги иқтисодий ҳамкорлик энди шунчаки қоғоздаги келишув эмас, балки икки томонлама юқори бошқарув остидаги аниқ механизмга айланмоқда.

Президентимизнинг ноябрдаги АҚШ сафари ўз мевасини бермоқда: мақсад — Америка технологиялари ва инвестицияларини Ўзбекистонга олиб кириш.

Каналга қўшилиш 👈
Facebook | Instagram | Медиабанк
Kontrafakt mahsulot ishlab chiqargan huquqbuzar 41 mln so‘m jarimaga tortildi!


Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi.Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Xususan, Vazirlik tomonidan “Mayoly Pharma France” (Fransiya) kompaniyasining “SMECTA/СМЕКТА” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “A.O.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “A.O.” MChJ tomonidan “SMECTA/СМЕКТА” tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan “АКТИВ СМЕКТА” belgili 1000 dona kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “A.O.” MChJga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarida, ya’ni 41 mln. so‘m jarima qo‘llanildi hamda “SMECTA/СМЕКТА” tovar belgisiga nisbatan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatish majburiyati yuklandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1👏1
✔️”Yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan va COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda barqaror bo‘lmagan stenokardiyani davolash usuli” nomli ixtiro davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

▪️Ixtiro tibbiyotga, ya’ni kardiologiyaga tegishli bo‘lib, u COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda nostandart stenokardiyani davolashning yangi tibbiy yondashuvini taklif qiladi.

🫀Stenokardiya yurak qisishi — yurak ishemik kasalligining keng tarqalgan shakli. Bunda koʻkrak sohasida toʻsatdan paydo boʻladigan gʻijimlovchi ogʻriq stenokardiyaning asosiy belgisidir.

▪️Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish, ya’ni patent olish sizning rivojlanishingiz uchun mutlaq huquqlarni himoya qilish uchun zarurdir. U ixtirongizni sizning ruxsatingizsiz boshqalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik huquqini beradi, bu esa ixtirongizni nohalol raqobatdan himoya qilish va undan foydalanishdan potensial foyda olish imkonini beradi.

Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1