ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Zamonaviy xizmatlar uchun zamonaviy qonunlar

🔹Bugun, 21-noyabr kuni Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida “O‘zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillaridan iborat 50 dan ortiq ishtirokchi davlat xizmatlarining qulayligi, sifati va inklyuzivligini oshirishga qaratilgan islohotlarni muhokama qildi.

🔹 EI elchisi Toivo Klaar:
“Yangi kompleks qonun har bir fuqaroning teng va sifatli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.”


📌 Davra suhbatida quyidagi muhim tahliliy hujjatlar taqdim etildi:
my.gov.uz platformasining samaradorligi bo‘yicha tahlil;
— davlat xizmatlaridagi to‘siqlar va kechikishlar bo‘yicha 2022–2024-yillar kesimidagi tadqiqot;
— “Davlat xizmatlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi konsepsiyasi.

🔹Hamkorlar tomonidan O‘zbekistonda xizmatlarni yanada tezkor, qulay va fuqaroga yo‘naltirilgan qilishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash ta’kidlandi.

🔹 BMTTD doimiy vakili Akiko Fuzzi:
“Fuqaroga yo‘naltirilgan xizmatlar — davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchning mustahkam omili.”


🔺Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍7👏21
“HYUNDAI” tovar belgisining huquqlari himoya qilindi!

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Xususan, adliya organlari tomonidan “GSTOIL” MChJ XKga foydalanish huquqi tegishli bo‘lgan “HYUNDAI CONSTRUCTION EQUIPMENT” tovar belgisiga nisbatan intellektual mulk huquqlari “E.S.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “E.S.” MChJ tomonidan “HYUNDAI CONSTRUCTION EQUIPMENT” tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar sotuvga taklif etilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan “E.S.” MChJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda kontrafakt mahsulotlar sotuvdan olib tashlanishi belgilandi.

Shuningdek, holat yuzasidan “GST OIL” MChJ XK sudga murojaat qildi va sudning14.11.2025-yildagi qarori bilan “E.S.” MChJga “HYUNDAI CONSTRUCTION EQUIPMENT” tovar belgisiga o‘xshash belgilardan foydalanmaslik majburiyati yuklandi hamda huquqbuzardan 10 mln. so‘m miqdorida tovon puli va 12 mln. so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1👏1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqshunoslik” fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning hududiy bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar respublika bosqichida quyidagi 3 ta shart bo‘yicha bellashishdi.


1-shart – Huquqiy bilimga oid test savollari;
2-shart – Muammoli vaziyat (keys-stadi);
3-shart – Blits savol-javob.

Olimpiada g‘oliblari qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik tamoyillariga tayangan holda hakamlar hay’ati tomonidan berilgan xulosalar asosida aniqlandi.

Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi o‘quvchilar g‘olib deb topildi:

8-sinflar o‘rtasida:
1-o‘rinK. Komiljonova (Xorazm viloyati)
2-o‘rin – Z. Meliboyeva (Andijon viloyati)
3-o‘rinM. Jo‘rayeva (Surxondaryo viloyati)

9-sinflar o‘rtasida:
1-o‘rinJ. Xudoyberdiyev (Navoiy viloyati)
2-o‘rinD. Rustamov (Surxondaryo viloyati)
3-o‘rinD. Mo‘minjonova (Andijon viloyati)

10-sinflar o‘rtasida:
1-o‘rinS. Qurbonova (Surxondaryo viloyati)
2-o‘rinD. Qilichova (Navoiy viloyati)
3-o‘rinCh. Komilova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

11-sinflar o‘rtasida:
1-o‘rinO. Erdonova (Buxoro viloyati)
2-o‘rinM. Ulug‘bekov (Andijon)
3-o‘rin D. Avalboyev (Toshkent viloyati)

Olimpiada g‘oliblari darajali diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥3👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosi hamda Vazirlar Mahkamasining chegara hududlardagi mahallalar bòyicha topshiriĝi yuzasidan biriktirilgan mas’ullar tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Shunga kòra, adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Bekobod shahrida bòlib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari, shatb faoliyati hamda chegara va anklav hududlarda joylashgan mahallalar bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida vazir o‘rinbosari mahallalarda ham bo‘lib, Farmon ijrosi, ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish hamda aholiga mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, chegara hududlarda joylashgan mahallalarda bòlib, ettilik a'zolari va faollar bilan suhbatlashdi.

Mas’ul xodimlarga amaliy tavsiyalar va ko‘rsatmalar berdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2
🇨🇳 Adliya vazirligi delegatsiyasi Xitoyning Sian shahrida boʻlib oʻtayotgan Shanhay hamkorlik tashkiloti aʼzo davlatlari uchun yuridik xizmatlar koʻrsatish bo’yicha dastur doirasida Shensi provinsiyasining Tijorat mediatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi.

Tadbir davomida markazning faoliyati, xususan, raqamli va onlayn mediatsiya xizmatlarini koʻrsatishdagi zamonaviy usullar oʻrganildi.

Shuningdek, mediatorlikka nomzodlarni qabul qilish tartibi, mediatsiya jarayoni tashkil etish hamda turli yurisdiksiyalardagi nizolarga huquqiy baho tizimlari bilan tanishildi.

Dastur 28-noyabrga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3