ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Sud-ekspertlik faoliyatida zamonaviy texnologiyalar - idoralararo elektron axborot tizimlari orqali ma’lumotlarni elektron almashish: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida amaliy seminar

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ–270-son “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori mazmun-mohiyati hamda idoralararo elektron axborot tizimlari orqali ma’lumotlarni elektron almashish tartibini tushuntirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.

✔️ Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B. Valiyev, Adliya vazirining o‘rinbosari Sh. Rabiyev, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i R. Ashrapovlar ishtirok etdi.

Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan ma'ruzalar qilinib, ishtirokchilarga yangi turdagi ekspertiza tadqiqotlari, “E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish va sohani raqamlashtirish hamda sohaga oid muhim masalalar yuzasidan ma'lumotlar berildi.


✔️ Bundan tashqari, tadbir davomida “E-ekspertiza” elektron axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish hamda sohaning boshqa masalalari muhokama qilinib, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish kelishib olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥6👏2
Oʻzbekiston va Qozogʻiston o‘rtasida hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Boku shahrida Turkiy davlatlar adliya vazirlari kengashi yig’ilishi doirasida Qozog‘iston adliya vaziri Erlan Sarsembayev bilan uchrashdi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Qozog‘istonni umumiy tarix, madaniyat va do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. So‘nggi yillardagi oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikka yangi sur’at berdi.

Tomonlar intellektual mulkni huquqiy himoya qilish, yuridik ta’lim, kadrlar tayyorlash, sud-ekspertiza, arxiv ishi va ilmiy hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan natijalar va istiqboldagi rejalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, 2026–2027-yillarga mo'ljallangan yangi Hamkorlik dasturi imzolangan bo'lib, u ikki mamlakat Adliya vazirliklari o'rtasidagi almashinuv va qo'shma tashabbuslarni yanada kuchaytiradi.

Uchrashuv do‘stona va ochiq ruhda bo'lib o'tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍84
Prezident Shavkat Mirziyoyev intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’lim sohalarini isloh qilishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по реформированию сфер интеллектуальной собственности, архивного дела и юридического образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #adliya #intellektualmulk

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍205🔥4🎉1
#Intellektual_mulk

Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlarining IV Milliy anjumani bo‘lib o‘tdi

🔹Bugun Adliya vazirligida “Intellektual mulk va innovatsiya — taraqqiyot va barqaror rivojlanish asosi” mavzusidagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining (TIQQM) IV Milliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔹Anjumanda adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va TIQQMlar xodimlari, shuningdek, ilmiy ishlanma mualliflari ishtirok etdi.

🔹 Tadbirda pedagogik faoliyatda patent infosfera imkoniyatlari, innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish, yoshlar o‘rtasida intellektual mulkni targ‘ib etish, raqamli dizayn muhofazasi va sun’iy intellektning IP tizimidagi roli muhokama qilindi.

🔹 TIQQMlarning yil yakunlari bo‘yicha statistika va natijalar taqdim etildi, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar belgilandi.

Ma’lumot uchun: TIQQMlar hozirda dunyoning 93 davlatida 1 667 dan ortiq markaz sifatida faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda esa 50 ta markaz ishlamoqda.

🔹 Markazlar aholiga IP bo‘yicha maslahat berish, patent axborotidan foydalanishni o‘rgatish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish jarayonida ko‘maklashishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥4👍21
#Adliya_xabari

Zamonaviy xizmatlar uchun zamonaviy qonunlar

🔹Bugun, 21-noyabr kuni Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida “O‘zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillaridan iborat 50 dan ortiq ishtirokchi davlat xizmatlarining qulayligi, sifati va inklyuzivligini oshirishga qaratilgan islohotlarni muhokama qildi.

🔹 EI elchisi Toivo Klaar:
“Yangi kompleks qonun har bir fuqaroning teng va sifatli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.”


📌 Davra suhbatida quyidagi muhim tahliliy hujjatlar taqdim etildi:
my.gov.uz platformasining samaradorligi bo‘yicha tahlil;
— davlat xizmatlaridagi to‘siqlar va kechikishlar bo‘yicha 2022–2024-yillar kesimidagi tadqiqot;
— “Davlat xizmatlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi konsepsiyasi.

🔹Hamkorlar tomonidan O‘zbekistonda xizmatlarni yanada tezkor, qulay va fuqaroga yo‘naltirilgan qilishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash ta’kidlandi.

🔹 BMTTD doimiy vakili Akiko Fuzzi:
“Fuqaroga yo‘naltirilgan xizmatlar — davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchning mustahkam omili.”


🔺Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍7👏21