#Adliya_aralashgach
#Buloqboshi_tuman
✅ Andijon viloyati, Buloqboshi tumani tibbiyot birlashmasida ishlovchi tibbiyot xodimlari o'z hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishganligi bilan bog‘liq xarajatlari tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan kompensatsiya tariqasida to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati Buloqboshi tuman adliya bo'limi tomonidan o'rganildi.
✅ Murojaatni o'rganish davomida, tibbiyot xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 286-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi xodimning majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganligi munosabati bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart ekanligi hamda 292-moddasida xodimning majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilish ish beruvchining hisobidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan to‘lovlari toʻlanmay kelganligi aniqlandi.
✅ Bu holat yuzasidan Buloqboshi tuman tibbiyot birlashmasiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.
✅ Natijada, 700 dan ortiq tibbiyot xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganligi munosabati bilan bogʻliq xarajatlari ish beruvchi tomonidan kompensatsiya tariqasida jami 52 381 000 so‘m pul mablag'lari toʻlab berilishi taʼminlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Buloqboshi_tuman
📍 Ish beruvchining aybi bilan o‘z hisobidan tibbiy ko‘riklardan o‘tib kelgan tibbiyot xodimlarining 52 381 000 so‘m pullari to'lab berilishi ta'minlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
✅Turk davlatlari o‘rtasida raqamli adliya bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda
🔹Bugun, 20-noyabr kuni adliya vaziri Akbar Tashkulov Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo davlatlar adliya vazirlari Kengashining ikkinchi yigʻilishida ishtirok etdi.
🔹Ishtirokchilar tomonidan TDTga aʼzo davlatlar Adliya vazirliklarining o‘zaro istiqbolli hamkorlik masalalari, huquq va adliya tizimida raqamli texnologiyalar o‘rni, turkiy davlatlarning adliya sohasidagi hamkorligining dolzarb jihatlari muhokama qilindi hamda global o‘zgarishlar sharoitida Turk davlatlarining geosiyosiy ahamiyati ortib borayotgani, TDT esa siyosiy barqarorlik, huquqiy uyg‘unlik va raqamli integratsiyaning muhim markaziga aylanayotgani ta’kidlandi.

👍4❤2🔥2
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati
❗️ Noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori ishga tiklandi
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro G.M.ning ishga tiklash masalasida yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish davomida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan xodim bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi belgilangan muddat tugamaganligiga qaramasdan Mehnat kodeksining 158-moddasiga asosan g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi aniqlandi.
Murojaatni o‘rganish yakuni bo‘yicha ish beruvchi tomonidan chiqarilgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topish, xodimni ishga tiklash, shuningdek, majburiy progul davri uchun ish haqi hamda yetkazilgan ma’naviy zararni undirish bo‘yicha Adliya boshqarmasi tomonidan sudga da’vo arizasi kiritildi va mazkur da’vo arizasi sud tomonidan qanoatlantirildi.
Natijada xodim ishga tiklandi va ish beruvchidan jami 30 million so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari undirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

🔥4👍2❤1👏1🎉1
#Adliya_xabari
Sud-ekspertlik faoliyatida zamonaviy texnologiyalar - idoralararo elektron axborot tizimlari orqali ma’lumotlarni elektron almashish: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida amaliy seminar
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ–270-son “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori mazmun-mohiyati hamda idoralararo elektron axborot tizimlari orqali ma’lumotlarni elektron almashish tartibini tushuntirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.
✔️ Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B. Valiyev, Adliya vazirining o‘rinbosari Sh. Rabiyev, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i R. Ashrapovlar ishtirok etdi.
✔️ Bundan tashqari, tadbir davomida “E-ekspertiza” elektron axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish hamda sohaning boshqa masalalari muhokama qilinib, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish kelishib olindi.

Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan ma'ruzalar qilinib, ishtirokchilarga yangi turdagi ekspertiza tadqiqotlari, “E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish va sohani raqamlashtirish hamda sohaga oid muhim masalalar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
✔️ Bundan tashqari, tadbir davomida “E-ekspertiza” elektron axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish hamda sohaning boshqa masalalari muhokama qilinib, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish kelishib olindi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥6👏2
Oʻzbekiston va Qozogʻiston o‘rtasida hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda
Adliya vaziri Akbar Tashkulov Boku shahrida Turkiy davlatlar adliya vazirlari kengashi yig’ilishi doirasida Qozog‘iston adliya vaziri Erlan Sarsembayev bilan uchrashdi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Qozog‘istonni umumiy tarix, madaniyat va do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. So‘nggi yillardagi oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikka yangi sur’at berdi.
Tomonlar intellektual mulkni huquqiy himoya qilish, yuridik ta’lim, kadrlar tayyorlash, sud-ekspertiza, arxiv ishi va ilmiy hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan natijalar va istiqboldagi rejalarni muhokama qildilar.
Shuningdek, 2026–2027-yillarga mo'ljallangan yangi Hamkorlik dasturi imzolangan bo'lib, u ikki mamlakat Adliya vazirliklari o'rtasidagi almashinuv va qo'shma tashabbuslarni yanada kuchaytiradi.
Uchrashuv do‘stona va ochiq ruhda bo'lib o'tdi.

👍8❤4
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’lim sohalarini isloh qilishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по реформированию сфер интеллектуальной собственности, архивного дела и юридического образования.
#Mirziyoyev #taqdimot #adliya #intellektualmulk
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

👍20❤5🔥4🎉1
#Intellektual_mulk
Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlarining IV Milliy anjumani bo‘lib o‘tdi
🔹Bugun Adliya vazirligida “Intellektual mulk va innovatsiya — taraqqiyot va barqaror rivojlanish asosi” mavzusidagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining (TIQQM) IV Milliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
🔹Anjumanda adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va TIQQMlar xodimlari, shuningdek, ilmiy ishlanma mualliflari ishtirok etdi.
🔹 Tadbirda pedagogik faoliyatda patent infosfera imkoniyatlari, innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish, yoshlar o‘rtasida intellektual mulkni targ‘ib etish, raqamli dizayn muhofazasi va sun’iy intellektning IP tizimidagi roli muhokama qilindi.
🔹 TIQQMlarning yil yakunlari bo‘yicha statistika va natijalar taqdim etildi, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar belgilandi.
Ma’lumot uchun: TIQQMlar hozirda dunyoning 93 davlatida 1 667 dan ortiq markaz sifatida faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda esa 50 ta markaz ishlamoqda.
🔹 Markazlar aholiga IP bo‘yicha maslahat berish, patent axborotidan foydalanishni o‘rgatish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish jarayonida ko‘maklashishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilmoqda.

🔥4👍2❤1