ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
🤝 Institut va Mayer Brown yuridik firmasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Mayer Brown yuridik firmasi o‘rtasida yuridik ta’lim va malaka oshirish sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan hamkorlik Memorandumi imzolandi.

📌 Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi belgilangan:

➡️xalqaro savdo huquqi, JST nizolari va zamonaviy tendensiyalar bo‘yicha yuridik salohiyatni oshirish;

➡️Mayer Brownning yetakchi mutaxassislari ishtirokida ma’ruzalar, mahorat darslari va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish;

➡️vebinarlar, davra suhbatlari hamda ikki tomonlama o‘quv tashriflarini amalga oshirish;

➡️ilmiy, huquqiy va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

➡️qisqa, o‘rta va uzoq muddatli qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.


🔹 Ushbu kelishuv Institutning xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi navbatdagi muhim qadamidir.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#Adliya_xabari

Paxtachi tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi.

🔹Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov tomonidan Paxtachi tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risidagi PF–173-son Farmoni” ijrosi bo‘yicha aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish hamda belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish yuzasidan tashkil etilgan shtab faoliyati tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, vaziri o‘rinbosari M.Istamov tomonidan Paxtachi tumanidagi “Amir Temur” va “Bo‘ston” mahallalarida ro‘yxatga olish uchastkalari tashkil etilganligi, uchastkalarda ro‘yxatga olish bilan bog‘liq barcha hujjatlar holati, moddiy-texnika ta’minoti o‘rganib chiqildi.

🔺Jarayonda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi: mintaqa integratsiyasida yangi bosqich

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi D.Umurzoqova Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan asosiy fikr va tashabbuslar haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi
👍1👏1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov bilan Turkmaniston adliya vaziri Merettagan Taganov oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi

🔸Uchrashuvda O‘zbekiston – Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari alohida qayd etilib, adliya va huquq sohasida istiqbolli hamkorlik aloqalari hamda birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi takliflar muhokama qilindi.

🔹A.Tashkulov O‘zbekistonda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni va FHDYO organlari faoliyatidagi amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

🔸Xususan, notariat xizmatlarini raqamlashtirish: “Notarius” axborot tizimi orqali hujjatlarni elektron shaklda yuritish va notarial jarayonlarni soddalashtirish mexanizmi, davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam nafaqat jinoiy ishlarda, balki ma’muriy huquqbuzarliklar va fuqarolik ishlarida ham ko‘rsatilayotganligi alohida ta’kidlandi.

🔹Turkmaniston adliya vaziri M. Taganov O‘zbekistonda adliya va huquq sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, notariat va advokatura, shuningdek, adliya faoliyatini raqamlashtirish yo‘nalishlarida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

🔸Tomonlar, 2022-yilda amalga oshirilgan hamkorlik dasturining muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng, yangi 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

🤝Uchrashuv doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🇺🇿 Davlat bayrog'i O'zbekiston davlat suverenitetining ramzidir

18-noyabr
“O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan kun.

Adliya vazirligi barchangizni ushbu kun bilan chin dildan tabriklaydi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥3👏2🎉2
#Adliya_aralashgach

📆 ADLIYA ARALASHGACH TA'TIL PULLARI UNDIRIB BERILDI

🔹Navoiy shahar adliya bo'limi tomonidan fuqaro G‘.J ning 2023, 2024 va 2025-yillardagi mehnat ta’tili pullari kam to‘langanligi natijasida mehnat qonunchiligi talablari buzilganligi aniqlandi.

Aniqlanishicha, fuqaro Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida 2021-yil mart oyidan buyon dasturchi muhandis vazifasida ishlab kelgan va 3 yil davomida mehnat ta'tillarini hisoblashda mehnat qonunchiligiga rioya qilmagan.


⚖️ Holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan javobgar Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga nisbatan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga da'vo ariza kiritilgan hamda sudning hal qiluv qarori bilan fuqaroga 20 575 804 so‘m ta’til pullari to'lab berilishi ta’minlangan.
1
#Adliya_aralashgach

❗️22 yil ta'tilsiz mehnat

🔸Fuqaro J.Ch ning
Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida 22 yil davomida ishlab kelganligi, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi, biroq ishlagan davri davomida yillik mehnat ta’tillaridan foydalanmaganligi va bu bo‘yicha kompensatsiya pullari qonun talablari asosida to‘g‘ri hisoblanmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan arizasi Surxondaryo viloyati, Termiz shahar adliya bo‘limi ish yurituviga olinib, ijroga qaratildi.

🔹Murojaatni o‘rganish davomida Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan fuqaro J.Ch ga kompensatsiya mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 172-moddasiga zid ravishda kam hisoblangani aniqlandi.

🔸Shunga ko‘ra, Adliya bo‘limining aralashuvi bilan sobiq xodim J.Ch foydasiga qo‘shimcha ravishda 56 000 000 so‘m hisoblanib, jami 165 000 000 so‘m miqdoridagi kompensatsiya pullari to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👏2👍1🔥1🎉1
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 485 000 000 so‘m pul mablag'lari to'lab berildi!


🔸Andijon viloyati, Oltinko'l tuman adliya bo'limiga "KYL-yo'l ko'prik qurilish ta'mir" mas’uliyati cheklangan jamiyati Shayxontohur tuman Obodonlashtirish boshqarmasidan bajarilgan ishlar qiymatini undirib berishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

🔹Xususan, tomonlar o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, "KYL-yo'l ko'prik qurilish ta'mir" mas’uliyati cheklangan jamiyati tumandagi yashil bog', yo'laklar hamda zamonaviy bolalar va sport maydonchalarini mukamal ta’mirlash ishlarini olib borgan bo'lishga qaramasdan Shayxontohur tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tegishli to'lovlar amalga oshirilmagan.

🔸O‘rganish yakuni bo‘yicha Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudiga tadbirkor manfaatini ko‘zlab da’vo ariza kiritildi.

🔹Da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, javobgar Shayxontohur tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan "KYL-yo'l ko'prik qurilish ta'mir" mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 485 000 000 so‘m qarzni undirib berilishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏2👍1
Ustama to‘lovlari to‘lanmay qolgan trenerning ustama pullari to‘lab berilishi ta’minlandi

🔸 Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi parayengil atletika trener lavozimida ishlovchi A.K qoʻshimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qiladi.

🔹 Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan murojaat o‘rganilganda, trenerga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 731-son qarori 7-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 12, 22, 24-bandlariga asosan murabbiyning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 140 foiz miqdorida toʻlanishi lozim boʻlgan ustama to‘lovlari toʻlanmay kelinganligi aniqlandi.

🔸Ushbu holat yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.

🔹Natijada, ushbu xodimga to‘lanmay qolgan 16 083 684 soʻm miqdordagi ustama toʻlovlari toʻlab berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan o'qituvchi o'z ish joyiga qayta tiklandi!


Istiqlol mahallasi Birlik ko‘chasi 7/15-uyda yashovchi fuqaro Tillaboyeva Nafosat Mirzavoy qizi Bo'stonliq tuman adliya bo'limiga muayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligiga rioya qilmagan holda noqonuniy bekor qilinganligi yuzasidan murojaat qilgan.
Xodim va umumta’lim maktabi direktori(ish beruvchi) o‘rtasida 2025-yil 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 112-moddasiga asosan “Muyyan muddatga ishga qabul qilish" to‘g‘risida buyruq bilan rasmiylashtirilgan. Shundan so'ng ish beruvchi tomonidan xodimning huquqiy bilimlari kamligidan foydalanib hamda Mehnat kodeksi 158-modda talablarini buzgan holda, u bilan tuzilgan mehnat
shartnomasi Mehnat kodeksi 157-moddasiga ya’ni taraflarnig kelishuviga asosan bekor qilishni taklif qilgan va Taraflarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq bilan rasmiylashtirishga erishilgan.
Holat yuzasidan Bo'stonliq tuman adliya bo'limi tomonidan Bo‘stonliq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 20-sonli maktab direktori nomiga 2025-yil 30-sentabr /3-son taqdimnoma kiritilib, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 111-114, 124-127-moddalarida belgilangan talblarga muvofiq qabul qiligan "Taraflarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish" to‘g‘risidagi buyruq bekor qilinib, mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan Tillaboyeva Nafosat Mirzavoy qizini ishga tiklash to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirilgan.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Bir_murojaat_izidan

Fuqaroning murojaati hal etilib, 22 milliondan ziyod pul mablag’i undirib berildi.


Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro D.Aning “Namangan suv taʼminoti” AJ bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2025-yil 22-aprelda bekor qilingan boʻlsa-da, Jamiyat tomonidan hozirga qadar oylik va boshqa toʻlovlar toʻliq hisob-kitob qilmayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

👉batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot