ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bayrogim_faxrim

❗️Mangu hilpirayver - davlat bayrog'i

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining 34-yilligiga bag'ishlangan "Ranglar jilosi" rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlovda viloyatning turli hududlaridan kelgan inklyuziv ta'lim olayotgan o'quvchilar ishtirok etdilar va davlat bayrog'iga bo'lgan munosabatlarini o'z rasmlarida aks ettirdilar.

Ishtirokchilarning ijod namunalari adliya xodimlari tomonidan xarid qilindi. Tadbir so'ngida tanlov ishtirokchilariga boshqarmaning diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥2👏2
#Adliya_aralashgach

Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, "Bo‘ston" MFYda yashovchi fuqaro X.E. foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun belgilangan kompensatsiya pullarni undirishda amaliy yordam so‘rab tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro X.E. 1996-yildan buyon tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgan bo‘lsa-da, 2025-yil 21-iyunda ishdan bo‘shatilganidan so‘ng unga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun belgilangan pullik kompensatsiyalar to‘lanmagan.

Mazkur qonunbuzilish yuzasidan Ishtixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli tashkilotga taqdimnoma kiritilib, qonuniy ta’sir choralari qo‘llanildi.

Taqdimnoma natijasida fuqaro X.E. foydasiga 55 280 000 so‘m miqdorida foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya pullari to‘lab to‘lab berilishiga erishildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2🔥1👏1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Pedagoglarga har oylik ustama tayinlandi

Uchko'prik tumani adliya bo'limi tomonidan 35-umumiy o'rta ta'lim maktabi pedagog xodimlarining har oylik ustamalar tayinlanmaganligidan norozi bo'lib qilgan murojaati ko'rib chiqildi.

Ma'lum bo'lishicha pedagog xodimlar har oylik ustama tayinlash uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Ishchi guruhga taqdim qilgan bo'lsa-da, turli bahonalar bilan ularning arizasi va ustama tayinlash uchun asos bo'luvchi hujjatlari ko'rib chiqilmasdan, har oylik ustama tayinlash ortga surib kelingan.


Adliya bo'limi tomonidan ustama tayinlash uchun asos sifatida taqdim qilingan hujjatlar o'rganib chiqilganda 14 nafar pedagog, psixolog hamda kutubxonachilar tomonidan 2024-2025-o'quv yilida amalga oshirilgan ishlar belgilangan mezonlarga javob berishi aniqlanib, taqdimnoma ta'sir chorasi qo'llanildi.

Taqdimnomaga asosan 35-umumiy o'rta ta'lim maktabining 14 nafar xodimlariga har oylik ustama tayinlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1👏1
🤝 Institut va Mayer Brown yuridik firmasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Mayer Brown yuridik firmasi o‘rtasida yuridik ta’lim va malaka oshirish sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan hamkorlik Memorandumi imzolandi.

📌 Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi belgilangan:

➡️xalqaro savdo huquqi, JST nizolari va zamonaviy tendensiyalar bo‘yicha yuridik salohiyatni oshirish;

➡️Mayer Brownning yetakchi mutaxassislari ishtirokida ma’ruzalar, mahorat darslari va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish;

➡️vebinarlar, davra suhbatlari hamda ikki tomonlama o‘quv tashriflarini amalga oshirish;

➡️ilmiy, huquqiy va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

➡️qisqa, o‘rta va uzoq muddatli qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.


🔹 Ushbu kelishuv Institutning xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi navbatdagi muhim qadamidir.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#Adliya_xabari

Paxtachi tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi.

🔹Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov tomonidan Paxtachi tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risidagi PF–173-son Farmoni” ijrosi bo‘yicha aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish hamda belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish yuzasidan tashkil etilgan shtab faoliyati tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, vaziri o‘rinbosari M.Istamov tomonidan Paxtachi tumanidagi “Amir Temur” va “Bo‘ston” mahallalarida ro‘yxatga olish uchastkalari tashkil etilganligi, uchastkalarda ro‘yxatga olish bilan bog‘liq barcha hujjatlar holati, moddiy-texnika ta’minoti o‘rganib chiqildi.

🔺Jarayonda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi: mintaqa integratsiyasida yangi bosqich

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi D.Umurzoqova Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan asosiy fikr va tashabbuslar haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi
👍1👏1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov bilan Turkmaniston adliya vaziri Merettagan Taganov oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi

🔸Uchrashuvda O‘zbekiston – Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari alohida qayd etilib, adliya va huquq sohasida istiqbolli hamkorlik aloqalari hamda birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi takliflar muhokama qilindi.

🔹A.Tashkulov O‘zbekistonda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni va FHDYO organlari faoliyatidagi amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

🔸Xususan, notariat xizmatlarini raqamlashtirish: “Notarius” axborot tizimi orqali hujjatlarni elektron shaklda yuritish va notarial jarayonlarni soddalashtirish mexanizmi, davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam nafaqat jinoiy ishlarda, balki ma’muriy huquqbuzarliklar va fuqarolik ishlarida ham ko‘rsatilayotganligi alohida ta’kidlandi.

🔹Turkmaniston adliya vaziri M. Taganov O‘zbekistonda adliya va huquq sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, notariat va advokatura, shuningdek, adliya faoliyatini raqamlashtirish yo‘nalishlarida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

🔸Tomonlar, 2022-yilda amalga oshirilgan hamkorlik dasturining muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng, yangi 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

🤝Uchrashuv doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52