#Xalqaro_hamkorlik
Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Birlashgan Arab Amirliklarining Hukumat ishlari bo‘yicha vazirligining Xizmatlarni rivojlantirish va byurokratiyani yo‘q qilish bo‘yicha ijrochi direktori Hesham Amirini qabul qildi.
Uchrashuvda “Uzbekistan Zero Government Bureaucracy” Forumini BAA bilan hamkorlikda tashkil etish masalalari, xususan, forum konsepsiyasi muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya vakillariga Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari markazi misolida davlat xizmatlari markazlari orqali 450 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilayotganligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 50% chegirma, surdotarjimon xizmati va infratuzilmalarda qulayliklar yaratilganligi, olis hududlarda sayyor xizmatlar va bepul huquqiy yordam tizimi yo‘lga qo‘yilganligi va yaratilgan boshqa qulayliklar amaliy misollar bilan ko‘rsatib berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev delegatsiya vakillariga Oʻzbekistonda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish orqali byurokratik toʻsiqlar qisqarib borayotganligini ta'kidladi. Xususan, xalqaro ijobiy tajribalar asosida aholiga “yagona darcha” tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatuvchi Davlat xizmatlari markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi, davlat xizmatlarining qariyb 80 foizidan elektron shaklda foydalanish imkoniyati joriy etilganligi hamda davlat idoralari oʻrtasida elektron hamkorlikning rivojlanishi hamda maʼlumotlarning raqamlashtirilishi natijasida davlat xizmatlarini koʻrsatishda inson omili qisqarib borayotganligi haqida ma'lumot berdi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda davlat organlari aholi bilan muloqotda byurokratiyani minimal darajada tushirish, raqamlashtirish ishlarini yakunlash, davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali boshqaruv samaradorligini oshirish kabilar dolzarb boʻlib qolayotgani bildirildi.
Uchrashuv davomida forum byurokratiyani qisqartirish, boshqaruv tartib-taomillarini soddalashtirish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish kabi milliy maqsadlarga bevosita mos kelishi hamda forum sessiyalari doirasida fuqarolar, tadbirkorlar, investorlar va biznes egalarining hayotlarini soddalashtirish, hukumatning qonunchilik salohiyatini toʻliq faollashtirish usullarini oʻrganish ko‘zda tutilganligi qayd etildi.
Hesham Amiri, oʻz navbatida mazkur forumga Birlashgan Arab Amirliklarida Zero Government Bureaucracy tanlovida g‘olib deb topilgan vazirlik va idoralarni taklif qilib, ular o‘z faoliyati davomida erishilgan natijalari haqida batafsil taqdimotlar bilan ishtirok etishlari hamda o‘z tajribalari bilan yaqindan ulashishga tayyor ekanliklarini alohida ta’kidladi.
Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya vakillariga Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari markazi misolida davlat xizmatlari markazlari orqali 450 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilayotganligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 50% chegirma, surdotarjimon xizmati va infratuzilmalarda qulayliklar yaratilganligi, olis hududlarda sayyor xizmatlar va bepul huquqiy yordam tizimi yo‘lga qo‘yilganligi va yaratilgan boshqa qulayliklar amaliy misollar bilan ko‘rsatib berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥1
#xalqaro_hamkorlik
✅ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov bilan Turkmaniston adliya vaziri Merettagan Taganov oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi
🔸Uchrashuvda O‘zbekiston – Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari alohida qayd etilib, adliya va huquq sohasida istiqbolli hamkorlik aloqalari hamda birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi takliflar muhokama qilindi.
🔹A.Tashkulov O‘zbekistonda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni va FHDYO organlari faoliyatidagi amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
🔸Xususan, notariat xizmatlarini raqamlashtirish: “Notarius” axborot tizimi orqali hujjatlarni elektron shaklda yuritish va notarial jarayonlarni soddalashtirish mexanizmi, davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam nafaqat jinoiy ishlarda, balki ma’muriy huquqbuzarliklar va fuqarolik ishlarida ham ko‘rsatilayotganligi alohida ta’kidlandi.
🔹Turkmaniston adliya vaziri M. Taganov O‘zbekistonda adliya va huquq sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, notariat va advokatura, shuningdek, adliya faoliyatini raqamlashtirish yo‘nalishlarida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
🔸Tomonlar, 2022-yilda amalga oshirilgan hamkorlik dasturining muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng, yangi 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.
🤝Uchrashuv doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtdi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2