ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Intellektual mulk – taraqqiyot va ijod erkinligining kafolati

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mas’ul xodimlari tomonidan “Intellektual mulk - taraqqiyot va ijod erkinligining kafolati” mavzusida seminar o‘tkazildi. Tadbirda intellektual mulkning mohiyati, uning turlari hamda huquqiy muhofazasi masalalari atroflicha muhokama qilindi.

▶️Batafsil👈

▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
5
#imtihon

⚡️Imtihon kunlari ma'lum

🏛 Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan talabgorlar uchun suhbat (imtihon) vaqti va joyi aniq bo‘ldi.

🗓 Imtihon kuni: 2025-yil 20-noyabr
📌 Joy: Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti binosi
📍Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Xamal ko‘chasi 29-v
🌐 Lokatsiya: https://maps.google.com/maps?q=41.283123,69.300484

📞 Aloqa: (71) 200-02-35 | (90) 930-70-74

👉@Institut_ilmiy

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Birga ro‘yxatdan o‘tamiz – birga kelajakni quramiz!

Diyora Keldiyorova

Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni

🔝 Instagram |🔝Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sun'iy_intellekt

Ish haqi saqlanmaydigan ta’tilni istagan payt olish mumkinmi? Qancha muddatga beriladi? Bunda ish beruvchining roziligi kerak bo‘ladimi?


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tayyorlangan videorolikda shu savollarga javob topishingiz mumkin.


▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
🔥1
“BYD COMPANY LIMITED”AVTOMOBILLARI sanoat namunasi sifatida ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Sanoat namunasi bu: buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi.
Boshqacha qilib aytganda, bu mahsulotning texnik funktsiyasini emas, balki uning noyob estetik ko‘rinishini himoya qiluvchi ro‘yxatdan o‘tgan intellektual mulk obyektidir.

Sanoat namunasi ro‘yxatdan o‘tkazilishi va qonuniy himoya qilinishi uchun (patent olish uchun) u ikkita asosiy mezonga javob berishi kerak:
Yangilik: Uning asosiy xususiyatlarining yig‘indisi ustuvorlik sanasidan (ariza topshirilgan sana) oldin ommaga ochiq manbalardan ma'lum bo‘lmasligi kerak.
Originallik: Dizaynning asosiy xususiyatlari uning noyob, ijodiy xususiyatini belgilashi kerak.
Huquqiy himoya: Sanoat namunasi uchun patent uning egasiga (patent egasiga) dizayndan foydalanishning mutlaq huquqini beradi va boshqalarga uni ruxsatsiz nusxalash yoki undan foydalanishni taqiqlaydi.

Sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#NikohShartnomasi #Oila #Barqarorlik

📌NIKOH SHARTNOMASI – OILANING MUSTAHKAMLIGI VA HUQUQIY KAFOLATI

Nikoh – ikki insonning birga hayot kechirish va oila qurish haqidagi muqaddas qarori. Ammo oilaviy munosabatlarda huquqiy jihatlarni oldindan belgilash, barqarorlikni ta’minlash uchun muhimdir.


🕸 Kanalga ulanish:👉https://t.me/qonun_va_huquq
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

Quva tumanining “Toshhovuz” mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi Havasxon onani hayot 73 yoshga kirganida yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Taqdir ota-onasidan erta yetim qolgan to‘rt nafar nabiralarini uning qaramog‘ida qoldirdi.

Voyaga yetganlarida hayotda qiynalishlaridan havotir olib Havasxon ona nabiralarini qonunan vasiylikka olishni ixtiyor qildi. Afsusuki, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga ona murojaat qilganida nabiralarining tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari mavjud emasligi oydinlashdi. Shuning uchun ham onaning murojaati hujjatlarda rad etilgan edi.

Batafsil videolavhada 👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👏2👍1🔥1
#Adliya_aralashgach
#Bir_murojaat_izidan

Sobiq o‘qituvchilarga 373 898 082 so‘m pul mablag‘lari to‘lab berildi yoxud 66 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.

Uzun tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida huquqni qo‘llash amaliyoti monitoring qilinganda maktablardagi 66 nafar sobiq CHQBT rahbariga ishdan bo‘shatish nafaqasi pullari to’lanmaganligi va bu bilan Mehnat kodeksining 173 va 100-moddasi talablari buzilganlik holatlari aniqlandi.

Shunga ko‘ra, mazkur holat Uzun tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqildi va maktablardagi 66 nafar sobiq CHQBT rahbariga jami 373 898 082 so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan ushbu qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga taqdimnoma ta'sir chorasi qo‘llanildi.

Natijada, maktablardagi 66 nafar sobiq CHQBT rahbariga jami 373 898 082 so‘m ishdan bo‘shatish nafaqasi pullari to’lab berilishiga erishildi.
👍41🔥1👏1
#Adliya_aralashgach

❗️Farg'onada adliya aralashuvi bilan qaror haqiqiy emas deb topildi

Gap shundaki, Budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi O‘zbekiston tumani bo‘limi tomonidan fuqaro M. X. ga nisbatan 2021-yil 13-dekabrdagi PQ-3680-son qaror asosida amalga oshirilgan to‘lovlar uning pensiyaga chiqishida hisobga olinmagan. Shu sababli fuqaroning pensiyaga chiqish huquqi cheklangan edi.

M.X. ning adliyaga murojaati asosida O‘zbekiston tuman adliya bo‘limi uning manfaatini ko'zlab, sudga murojaat qildi va fuqaroning huquqlari himoya qilinishi uchun barcha zarur hujjatlar taqdim etildi.

Mazkur arizada BTPJ tuman bo'limining 2025-yil 10-oktabrdagi (01/67/12/15-37/433-sonli) qarorini haqiqiy emas deb topish va to‘lovlarni ish stajiga qo‘shish majburiyatini yuklash so‘ralgan.


Farg'ona tumanlararo ma’muriy sudining 2025-yil 11-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan adliya bo‘limining arizasi to‘liq qanoatlantirildi va Budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi tuman bo‘limining 2025-yil 10-oktabrdagi qarori haqiqiy emas deb topildi.

Natijada fuqaroning ilgari to‘lagan ijtimoiy to‘lovlari ish stajiga qo‘shildi va M.X. ning pensiyaga chiqish huquqi tiklandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1👏1