ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

📌Adliya aralashuvi bilan fuqaroga to'lanmasdan qolgan 56 059 600 so'm kompensatsiya puli undirilishi ta'minlandi

Ishtixon tuman "Dehqonobod" MFYda yashovchi fuqaro T.A , tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 27-umumiy o'rta ta'lim maktabi xo'jalik mudiri lavozimida ishlab 2025-yil 11-iyulda mehnat shartnomasi bekor qilingan bo'lsa-da, ammo unga foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun belgilangan kompensatsiya pullari to'lab berilmagan.

Fuqaro Ishtixon tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgach, holat mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, fuqaro T.Aga foydalanilmagan ta'til kunlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 56 059 600 so‘m mablag‘ o‘z vaqtida berilmay qolganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan, Ishtixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli tashkilotga taqdimnoma kiritilib, ta'sir choralari qo‘llanildi hamda fuqaro T.Aga 56 059 600 so‘m miqdorida kompensatsiya pullari to‘lanishiga erishildi.

🌐 Kanalga ulanish:👉https://t.me/qonun_va_huquq
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Bir_murojaat_izidan

📣 Fuqaroga to‘lanmay qolgan ustama puli undirib berildi


🔰 Urganch tumani adliya bo‘limiga fuqaro R.Mning tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tegishli ustama haqlari to‘lanmayotgani yuzasidan murojaati kelib tushdi.

Murojaatni o‘rganish davomida, Urganch tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan fuqaro R.M ga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2023-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-son farmoniga asosan to‘lanishi lozim bo‘lgan 9 257 387 so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

✔️ Mazkur holat bo‘yicha Urganch tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro R.M manfaatida ustama pullarini undirish haqida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

⚖️ Sud tomonidan ushbu ariza ko‘rib chiqilib, fuqaro foydasiga 9 257 387 so‘m pullarni undirish haqida sudning hal qiluv qarori qabul qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Rahbar_va_yoshlar

Jizzax shahar adliya bo'limiga biriktirilgan 2-sonli umumta'lim maktabida “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida “Yoshlar yurt kelajagi” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.

🏢 Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga 13 ta umumta'lim maktablari biriktirilgan bo'lib, bugunda o'quvchi yoshlar bilan samarali hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Mazkur tadbirga tuman adliya bo'limlariga biriktirilgan maktablarning yuqori sinf o'quvchilari ham zoom platformasi orqali bog'landilar.

📌 Uchrashuvda adliya boshqarmasi boshlig'i Akmal Ergashev hamda mehmon sifatida adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig'i Bekzod Yusupov ishtirok etib mamlakatimizda yoshlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotgani, oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilganligini alohida ta'kidladilar. Shu bilan birga, boshqarma boshlig'i tomonidan huquqshunos mas'uliyati, adliya organlari va muassasalari faoliyat turi va maqsadlari hamda tizimdagi raqamlashtirish jarayonlari bo'yicha batafsil ma'lumot berib o'tildi.

🗂 Shuningdek, tadbirga yoshlarning ta'lim-tarbiyasida mas'ul bo'lgan hamkor tashkilot vakillari ham taklif etilib, o'z sohalari bo'yicha kerakli va qiziqarli ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdilar. Rasmiyatchilikdan xoli, erkin muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga boshqarma boshlig'idan aniq javoblar olishdi. Qonunchilikda yoshlarga berilgan imtiyozlar haqida batafsil tushunchalarga ega bo'lishdi.

🎁 Ochiq muloqot davomida yoshlarning fikrlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Tadbir so'ngida viktorina o'yini tashkil etilib, huquq fani doirasida o'quvchilarning bilimlari sinovdan o'tkazildi. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg'alari ulashildi.

Bizni ushbu sahifalar orqali kuzating

👇👇👇👇👇
🕊Telegram| 📱Facebook
📱Instagram|📺Youtube
2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kibermadaniyatni_yuksaltirish_oyligi

❗️Kiberjinoyatchilikdan ogoh bo'ling!

Kiberxavfsizlik — bu har bir foydalanuvchining mas’uliyati.
Axborot texnologiyalari imkoniyat emas, javobgarlik hamdir!


📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥32👏1
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan tadbirkor manfaatlari tiklandi


Tadbirkor Mirzaobod tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, vaqtinchalik saqlash uchun berilgan umumiy qiymati 119 606 182 so‘m bolgan trubalarni qaytarishda amaliy yordam so‘ragan.

▶️Batafsil👈

▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BILASIZMI?

Onlayn firibgarlik” (yoki internet firibgarligi) — bu internet orqali sodir etiladigan aldov va firibgarlik holatlari bo‘lib, odamlarni moliyaviy zarar ko‘rishga, shaxsiy ma’lumotlarini yo‘qotishga yoki boshqa zararli oqibatlarga olib keladi.


Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya
2👍2🔥1
“Yangi Markaziy Osiyo tinchlik, barqaror taraqqiyot va yaratuvchan sheriklik yo‘lini tanlamoqda. Ramziy ma’noda aytganda, biz devor emas, ko‘prik barpo etmoqdamiz."— Shavkat Mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Maqola bilan to'liq tanishish
📚 Respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlar uchun amaliy mashg‘ulot

🔹 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi hamkorligida institut tinglovchilari uchun amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

🔹 Amaliy mashg‘ulot davomida tinglovchilar Adliya vazirligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, tinglovchilar uchun “Raqamli advokatura: tushunchasi, ahamiyati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida boshqarma boshlig'i o'rinbosari F.Zaripov tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
2👍1🔥1👏1🎉1