ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#intellektual_mulk

“COCOMELON” multfilmi personajlaridan noqonuniy foydalanish cheklandi!

🔸Adliya organlari tomonidan mualliflik huquqini himoya qilishga qaratilgan ta’sir choralariga qaramasdan o‘zgalar asarlaridan ruxsatsiz foydalanish holatlari hamon uchramoqda.

🔹Adliya vazirligi tomonidan “Moonbug Entertainment Limited” (Buyuk Britaniya) kompaniyasining murojaatiga asosan “C.K.” MChJda mualliflik huquqlari buzilayotganligi yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.

🔸Tekshiruv davomida “C.K.” MChJga tegishli savdo do‘konlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Cocomelon” multfilmi personajlaridan reklama maqsadlarida foydalanilayotganligi aniqlandi.

🔹Mazkur holat bo‘yicha “C.K.” MChJga nisbatan ta'sir chorasi qo'llanilib, savdo do‘konlari va internet tarmoqlaridan “Cocomelon” multfilmi personajlarini olib tashlash majburiyati yuklandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
#adliya_aralashgach

Buxoroda fuqaro H.Y ga yuklatilgan ilmiy rahbarlik qilish yuzasidan 34 993 607 so‘m miqdorida ish haqi to‘lanishi ta’minlandi

🔸Fuqaro H.Y Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilib unga 2023-yil yanvar oyidan 2025-yil sentabr oyiga qadar Buxoro davlat universitetida mustaqil izlanuvchi va doktarantlarga ilmiy rahbarlik qilayotganligi uchun universitet tomonidan tegishli to‘lovlar to‘lab berilmaganligini ma’lum qildi.

🔹Adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning tegishli bandlariga asosan qonun buzilish holatlari yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan taqdimnoma kiritilishi natijasida fuqaro H.Y ga to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 34 933 607 so‘m miqdorida ish haqi to‘landi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashgach fuqaroning muammosi hal etildi.

🔸Namangan viloyati, Davlatobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi To'quvchi mahallasida yashovchi fuqaro J.X.ning yoshga doir nafaqaga chiqolmayotganidan norozi bo'lib qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

👉batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔹 Andijon viloyati, Baliqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning muammolari o’rganilib, qonuniy hal etish choralari ko’rilmoqda

Batafsil videolavhada 👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1👏1
#oyning_eng_yaxshi_xodimi

🔶 Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi bosh maslahatchisi Malikov Otabek Abdukarim o‘g‘li 2025-yilning oktabr oyi uchun vazirlik tomonidan "Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi" deb topildi.

🔷 Otabek Malikov 2019-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

▪️Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2019-yilda Adliya vazirligi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
▪️2022-2023-yillarda ushbu boshqarmada katta, yetakchi maslahatchi lavozimlarida ishlagan.

🔹2023-yildan buyon Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

🔷 Otabek Malikov tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan tahliliy ma’lumotlar, qonun va hukumat qarorlari loyihalari tayyorlanib kelinmoqda. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash amaliyotidagi mavjud muammolar, qonunchilikdagi bo‘shliq va ziddiyatlarni bartaraf etish bo‘yicha Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib kelmoqda.

🔶 Vazirlik jamoasi Otabek Malikovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍17🔥21👏1
🔶 Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Raxmatillayev Elnur Anvar o‘g‘li 2025-yilning oktabr oyi uchun vazirlik tomonidan “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🔹Elnur Raxmatillayev 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

▪️Mehnat faoliyatini 2024-yilda Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida boshlab, hozirga qadar ushbu lavozimda ishlab kelmoqda.

🔶 Elnur Raxmatillayev tadbirkorlar tomonida yo‘llangan murojaatlarni samarali o‘rganib chiqqan, faoliyati mobaynida fuqarolarni bevosita qabul qilgan hamda belgilangan tartibda tushuntirishlar bergan. Shuningdek, “Apellyatsiya kengashini yig‘ilishi”ni tashkillashtirgan hamda yig‘ilish bayonnomasini taqdim etgan, boshqarmaga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini doimiy ravishda o‘z vaqtida sifatli ta’minlab kelmoqda.

🔷Vazirlik jamoasi Elnur Raxmatillayevni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍16🔥5👏3
Farg'ona viloyatida joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlariga amaliy yordam berilmoqda.

🔹Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Farg'ona viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi.

🔸Xizmat safari doirasida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati, ularga yaratilgan sharoitlar o'rganildi.

🔹O'rganish davomida Markazlar ish faoliyatini optimallashtirishda "E-huquqshunos" elektron tizimining yangi imkoniyatlaridan foydalanish bo'yicha uslubiy tavsiyalar berildi.

🔸Markazlar kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolarni joyida bartaraf qilish choralari ko'rildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥1👏1
#Xalqaro_hamkorlik

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Birlashgan Arab Amirliklarining Hukumat ishlari bo‘yicha vazirligining Xizmatlarni rivojlantirish va byurokratiyani yo‘q qilish bo‘yicha ijrochi direktori Hesham Amirini qabul qildi.

Uchrashuvda “Uzbekistan Zero Government Bureaucracy” Forumini BAA bilan hamkorlikda tashkil etish masalalari, xususan, forum konsepsiyasi muhokama qilindi.

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev delegatsiya vakillariga Oʻzbekistonda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish orqali byurokratik toʻsiqlar qisqarib borayotganligini ta'kidladi. Xususan, xalqaro ijobiy tajribalar asosida aholiga “yagona darcha” tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatuvchi Davlat xizmatlari markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi, davlat xizmatlarining qariyb 80 foizidan elektron shaklda foydalanish imkoniyati joriy etilganligi hamda davlat idoralari oʻrtasida elektron hamkorlikning rivojlanishi hamda maʼlumotlarning raqamlashtirilishi natijasida davlat xizmatlarini koʻrsatishda inson omili qisqarib borayotganligi haqida ma'lumot berdi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda davlat organlari aholi bilan muloqotda byurokratiyani minimal darajada tushirish, raqamlashtirish ishlarini yakunlash, davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali boshqaruv samaradorligini oshirish kabilar dolzarb boʻlib qolayotgani bildirildi.

Uchrashuv davomida forum byurokratiyani qisqartirish, boshqaruv tartib-taomillarini soddalashtirish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish kabi milliy maqsadlarga bevosita mos kelishi hamda forum sessiyalari doirasida fuqarolar, tadbirkorlar, investorlar va biznes egalarining hayotlarini soddalashtirish, hukumatning qonunchilik salohiyatini toʻliq faollashtirish usullarini oʻrganish ko‘zda tutilganligi qayd etildi.

Hesham Amiri, oʻz navbatida mazkur forumga Birlashgan Arab Amirliklarida Zero Government Bureaucracy tanlovida g‘olib deb topilgan vazirlik va idoralarni taklif qilib, ular o‘z faoliyati davomida erishilgan natijalari haqida batafsil taqdimotlar bilan ishtirok etishlari hamda o‘z tajribalari bilan yaqindan ulashishga tayyor ekanliklarini alohida ta’kidladi.


Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya vakillariga Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari markazi misolida davlat xizmatlari markazlari orqali 450 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilayotganligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 50% chegirma, surdotarjimon xizmati va infratuzilmalarda qulayliklar yaratilganligi, olis hududlarda sayyor xizmatlar va bepul huquqiy yordam tizimi yo‘lga qo‘yilganligi va yaratilgan boshqa qulayliklar amaliy misollar bilan ko‘rsatib berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥1