ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach
#Namangan_viloyati

17 nafar oshpaz xodimlarga 70 million so'm kompensatsiya va ishdan bo'shatish nafaqasi to'liq to'lab berildi.

Davlatobod tumani adliya bo‘limiga tumandagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oshpaz xodimlari kompensatsiya va ishdan bo'shatish nafaqasi to'lanmaganidan norozi bo'lib murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oshpaz xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qism 2-bandi bilan bekor qilingan bo'lsa-da, ogohlantirish kunlariga to'g'ri keladigan pullik kompensatsiya va ishdan bo'shatish nafaqasi to'lab berilmaganligi aniqlandi.

Natijada tuman adliya bo‘limi tomonidan mazkur murojaatlar atroflicha o‘rganilib, bo'limga taqdimnoma kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 17 nafar oshpaz xodimlarga 70 million so'm kompensatsiya va ishdan bo'shatish nafaqasi to'liq to'lab berilishi ta'minlandi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
Daladan bozorgacha bo‘lgan yo‘l

Joriy yilning 6-noyabr kuni qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik Namazov Shadman Ergashevich bilan “Sulton” g‘o‘za navining yaratilishi, patentlanishi, litsenziyalashtirilishi va tijoratlashtirilishi jarayonlariga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi.

Mazkur nav ustida ilmiy seleksiya ishlari 1992-yildan boshlab olib borilib, natijada “Sulton” navi 2011-yil 14-yanvarda NAP 101 raqami bilan seleksiya yutug‘i sifatida davlat reyestriga kiritilgan. Patent huquqi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga tegishli bo‘lib, nav mualliflari soni - 6 nafar.
Navning asosiy afzalliklari: kam suv talab qiluvchi sharoitlarga chidamlilik, turli iqlimga moslashuvchanlik, yuqori hosildorlik va sifatli tola berish ko‘rsatkichlaridir. Amaliyotda nav respublikaning bir qator hududlarida keng qo‘llanilib, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlariga eksport qilinmoqda. Institut va mualliflar tomonidan navni tijoratlashtirish natijasida katta miqdorda daromad olinmoqda.


Navning patentlashtirilishi va tijoratlashtirilishida “Intellektual mulk markazi” tomonidan:
• patent hujjatlarini rasmiylashtirish;
• ma’lumotlarni ixtisoslashtirilgan bazalarga kiritish;
• patent huquqlarining amalda amal qilishini tasdiqlovchi dalolatnomalarni rasmiylashtirish;
- tijoratlashtirish jarayonida axborot-metodik ko‘mak ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_xabari

"Adliya kitobxonlari chempionati" g‘oliblari aniqlandi

Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Adliya kitobxonlar chempionati” tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.

Adliya vazirligi markaziy apparatida “Adliya kitobxonlari chempionati” o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar bilim va kasbiy mahoratni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi ma’lum bir kitobni o‘qib, ushbu kitob bo‘yicha og‘zaki taqdimot qilishlari lozim edi.

Taqdimotlar hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra natijalar quyidagicha bo‘ldi:

Xamroyeva Komila Yusuf qizi – 1-o‘rin
Qudratov Samandar Rustam o‘g‘li – 2-o‘rin
Sayfullayeva Mahbuba Azim qizi – 3-o‘rin

Tanlov g‘oliblari “Faxriy yorliq” va sovrinlar bilan mukofotlandi.

Adliya organlari va muassasalarida xodimlarning kitobxonlikka rag‘batini oshirish orqali dunyoqarashi, bilimi va malakasini rivojlantirish, ularda yot g‘oyalarga nisbatan immunitetni yanada rivojlantirish hamda ijodiy-tahliliy qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan “Adliya kitobxonlari chempionati” an’anasi davom etadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
7👍3🎉3
#Adliya_xabari
#Yashil_makon

"Yashil makon" umummilliy loyihasida Adliya vazirligi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1