ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Prezident Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с Президентом Дональдом Трампом в Белом доме.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi sammitida ishtirok etdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в саммите лидеров стран Центральной Азии и США в формате «C5+1».

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #AQSH

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
4👍3
#Adliya_xabari

"O'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi 937-son Qonuni kuchga kirganiga bir yil to'lishi munosabati bilan hamda qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan  jarayonlarni keng jamoatchilikka yetkazish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda Adliya vazirligi mutasaddilari ishtirok etib, hujjatsiz qurilgan uylarni qonuniylashtirishning aniq tartib-tamoyillari, oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlar va ularda qurilgan koʻchmas mulklarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish jarayonlari haqida keng jamoatchilikka maʼlumot berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍32🔥1👏1
#Adliya_xabari

📍Adliya vazirligi ishchi guruhi Qoraqalpog'iston Respublikasida o'rganish ishlarini olib bormoqda.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda uchrayotgan tizimli muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi mas'ullari Qoraqalpog'iston Respublikasining Taxtako'pir, Qorao'zak, Chimboy va Taxiatosh tuman adliya bo'limlarida bo‘lishdi.

Xususan, tashrif davomida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali sud va tergov organlaridan so‘rovlar kelishini ko‘paytirish, so‘rovlarni asossiz rad etayotgan advokatlarning faoliyatini tahlil qilib, ularni hududiy malaka komissiyalariga kiritish masalalariga e’tibor qaratildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston va Ozarbayjon adliya vazirliklari oʻrtasida notariat tizimini rivojlantirish sohasida tajriba almashish boʻyicha muhim onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.

Ushbu uchrashuvda ikki mamlakatning vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, notariat tizimida joriy qilingan zamonaviy axborot texnologiyalarni oʻrganish, notariat xizmatlarini raqamlashtirish, hujjatlarni elektron shaklda yuritish va notarial jarayonlarni soddalashtirish mexanizmi va ilgʻor tajribalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.


Muloqot natijasida sohada va mutaxassislar bilan aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar ishlab chiqildi.

Bu kabi tashabbuslar, avvalo, notariuslarning ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4