ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida izchil va faol qonunchilik islohotlarini amalga oshirmoqda

Joriy yilning 5-6-noyabr kuni Jeneva shahrida (Shveysariya) O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning navbatdagi – o‘n birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Adliya vazirligi hamda boshqa mas’ul vazirlik va idoralar, shuningdek, 30 dan ortiq JSTga a’zo mamlakatlarning vakillari ishtirok etdi.

Ishchi guruh yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari M. Istamov tomonidan JSTga a’zo bo‘lish jarayonining muhim bosqichi hisoblangan milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Jumladan,10-Ishchi guruh yig‘ilishidan so‘ng 15 ta yangi qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishi orqali 28 ta hujjat JST bitimlari va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. Shu tariqa, so‘nggi ikki yilda 71 ta qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishi orqali JST bitimlariga moslashtirilgan hujjatlar soni 160 dan ortiqni tashkil etdi.


Mazkur yangi qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishi natijasida, jumladan, eksportdagi cheklovlar bekor qilindi, texnik jihatdan tartibga solish sohasida mahsulotlarning muvofiqligini baholash tartiblari soddalashtirildi, ayrim xizmat turlari bo‘yicha ruxsatnoma berish uchun to‘lanadigan yig‘imlar miqdori O‘zbekiston va xorijiy fuqarolar uchun birxillashtirildi.

Shu bilan birgalikda, O‘zbekistondagi telekommunikatsiya operatorlariga xalqaro Internet tarmoqlariga o‘z tijorat ehtiyojlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish huquqi berildi, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi.


Yig‘ilishda JST a’zo-davlatlari, xususan, Yevropa Ittifoqi, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy va boshqa davlatlar vakillari tomonidan O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, milliy qonunchilikni mazkur tashkilot bitimlariga muvofiqlashtirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar yuqori baholandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥3👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan muzokara o‘tkazdi.

В Белом доме состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом.

#Mirziyoyev #tashrif #AQSH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Prezident Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с Президентом Дональдом Трампом в Белом доме.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi sammitida ishtirok etdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в саммите лидеров стран Центральной Азии и США в формате «C5+1».

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #AQSH

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
4👍3