ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

Adliya vazirligi va uning tizimidagi adliya organlari va muassasalari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Talabalar Adliya kutubxonasi, “Adolat ayvoni” innovatsion xonasi, Adliya muzeyi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Chilonzor tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdilar.


Bugungi tadbirdan ko‘zlangan maqsad vazirlik faoliyatini ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga muvofiq yoshlarning huquq sohasiga qiziqishini yanada kuchaytirish, kelajakda talabalarni adliya tizimiga ishga jalb qilishdan iborat.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍52
#Adliya_xabari

2025-yilda amalga oshirilgan onlayn notarial harakatlar dinamikasi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
🔺BIMT va Adliya vazirligi hamkorligidagi mintaqaviy tadbir boshlandi!

Xabar berganimizdek, bugun, Toshkent shahrida Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) va Adliya vazirligi hamkorligida “Ayollar yetakchiligidagi kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun intellektual mulkni boshqarish klinikasi” loyihasining yakuniy hisobot tadbiri boshlandi.

🔹Tadbirning birinchi kunida rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda BIMT ekspertlari tomonidan Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ayol tadbirkorlari uchun brend yaratish, nou-xau va innovatsiyalarni biznesda qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Kun yakunida Belarus va Qozog‘iston vakillari o‘z mamlakatlari tajribasi haqida taqdimot qildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar o‘zaro fikr-mulohazalar almashib, kelgusida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Eslatib o'tamiz, ushbu tadbir Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi (CACEEC) ayollar rahbarligidagi kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual mulk sohasidagi salohiyatini oshirish hamda biznesni rivojlantirishda intellektual mulk strategiyasining o‘rnini mustahkamlash maqsadlariga qaratilgan bo'lib, ikki kun davom etadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥31👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 |
Poytaxtda “Ayollar yetakchiligidagi kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun intellektual mulkni boshqarish klinikasi” tadbiri o‘tkazilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sun'iy_intellekt

Uy-joy ijarasi shartnomasini tuzishda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

❗️Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tayyorlangan videorolik shu haqda.

Fuqarolik kodeksining 603-moddasiga muvofiq, uy-joy ijarasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Shartnomani hisobga qo‘yish shartnoma tuzilgan kundan 3 kundan kechiktirmay ijara.soliq.uz portali orqali bepul amalga oshiriladi va bu ijaraga beruvchining majburiyati hisoblanadi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Surxondaryoda FHDY organlarida nikohni tantanali qayd etish (Keytering) xizmatlari joriy etilmoqda.

Angor tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi fuqarolarga nikohni tantanali vaziyatda qayd etish jarayonlarida yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida yangi xizmatlarni taklif qilmoqda.

Maqsad, viloyatning barcha tuman (shahar) Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) boʻlimlarida nikohlanuvchi shaxslarning buyurtmasi asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bir martalik qoʻshimcha xizmatlar (fotosessiya, keytering, bezak ishlari va boshqalar) koʻrsatilishiga koʻmaklashish rejalashtirilgan.

Mazkur xizmatlar amalga oshirilishi adliya organlari tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlab olingan hamkor tadbirkorlar orqali tashkil etiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍43
#Adliya_aralashgach
#Namangan_viloyati

Adliya aralashuvi bilan bir milliard yetti yuz o‘ttiz yetti million so‘m asossiz qarzdorliklari bartaraf etildi.


Chortoq tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning soliqdan asossiz qarzdorlik yuzasidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍61
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Navoiy_viloyati

Tadbirkorning huquqlari himoya qilindi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Ikki xodim foydasiga jami 38 mln 324 ming so‘m miqdoridagi qo‘shimcha ustama pullari undirib berildi

O‘zbekiston tumani adliya bo‘limiga tuman sport maktabi xodimlari - M.F. va R.O.lar ularning ish haqiga tegishli ustama pullar to‘lanmay qolganligi yuzasidan murojaat qilishdi.

Adliya bo‘limi tomonidan murojaat batafsil o‘rganilib, aniqlangan holatlar bo‘yicha O‘zbekiston tumani sport maktabi ma’muriyatiga taqdimnoma kiritildi. Natijada ikki xodim foydasiga jami 38 mln 324 ming so‘m miqdoridagi qo‘shimcha ustama pullari undirib berildi!

Shu tariqa fuqarolarning murojaatlari to‘liq qanoatlantirildi va ularning mehnat huquqlari tiklandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1
📚 Notarial palata bilan hamkorlikda amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

⚡️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan hamkorlikda Jazoni ijro etish departamenti yuridik xizmat xodimlari uchun amaliyot mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulot Notarial palata binosida o‘tkazilib tadbir davomida tinglovchilar notariat tizimining amaliy faoliyati, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi hamda notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

🔹 Shuningdek, ishtirokchilar uchun notariuslar tomonidan kundalik ish jarayonida uchraydigan huquqiy holatlar, amaliy muammolar va ularning yechimlariga oid misollar asosida ochiq muloqot tashkil etildi.

Bunday hamkorlikdagi mashg‘ulotlar tinglovchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📍 Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
2👍1