ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach
#Namangan_viloyati

Adliya aralashuvi bilan tadbirkorning pullari undirib berildi.


Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qonuniy tartibda koʻrib chiqish, ularni tegishliligi boʻyicha bartaraf etish yoʻlida adliya boʻlimlari fuqarolarga yaqindan koʻmakchi bo'lmoqda. Xususan, Pop tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan tadbirkorning muammosi hal etildi.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi


Bugun Paxtachi tuman hokimligi binosida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida"gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Adliya vaziri o'rinbosari M.Istamov boshchiligida mahalla yettiligi" va aloqador tashkilotlar tomonidan mazkur tadbirni o'tkazish chora-tadbirlariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

"Qisqa muddatda hisobimga 21 mln qarzdorlik yozishdi"...

Farg'ona viloyati Uchko'prik tumanida yashovchi Mamanazar ota Saidumarovning kelini 2018-yilda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida dehqon xo‘jaligi tashkil qildi. 2020-yilda nimadir bo‘ldi-yu, dehqon xo‘jaligiga soliq idoralari tomonidan bir dunyo noreal soliq qarzdorligi hisoblab qo‘yiladi.

Mamanazar ota bu muammoni adolatli yechish uchun ko‘p idoralar ostonasida kunlarini o‘tkazdi...

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍31🔥1👏1
#Adliya_xabari

“Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi Senat tomonidan ko‘rib chiqildi va ma'qullandi


Mazkur Qonun bilan pirotexnika buyumlari tushunchasi ochib berilmoqda. Pirotexnik tarkibning yonishi (portlashi) yordamida optik, akustik, elektr va boshqa vizual effektlarni hosil qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar pirotexnika buyumlari sinfiga kirishi, ushbu buyumlarning xavflilik I–V sinflariga bo‘linishi belgilanmoqda.


Batafsil infografikada👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman

📚Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida 2025-yil 25-noyabr kuni “Sun’iy intellekt davrida huquq: imkoniyatlar va muammolar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

🇺🇿 Axborot xati
🇷🇺 Информационное письмо
🇺🇸 Information letter

Anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar maqolalarni 2025-yil 20-noyabr kuniga qadar ushbu manzilga yuborishingiz so‘raladi.

👉 Telegram guruh 👈
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | "O'zbekistonda izchil va soddalashtirilgan normativ-huquqiy baza sari" mavzusida
xalqaro simpozium

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📣Notariat sohasida yana bir yangilik!

🆕Nikoh shartnomasini notarial idoraga bormasdan rasmiylashtiring!

❗️Endilikda nikoh shartnomasini notarial idoraga bormasdan uydan turib e.notarius.uz axborot portali orqali rasmiylashtirish mumkin.

Buning uchun:
🔹e.notarius.uz axborot portaliga kirib, “Notarial harakatni rasmiylashtirish” bo‘limidan nikoh shartnomasi tanlanadi hamda shaxsga oid maʼlumotlar kiritiladi;

🔹Taraflarga SMS xabarnoma yuboriladi va ular Face-Id orqali verifikatsiyadan o‘tadi;

🔹Notarius avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy tanlanadi;

🔹Notarius vaqtni belgilaydi va bu haqida taraflarga SMS xabarnoma yuboradi;

🔹Belgilangan vaqtda notarius videokonferensaloqa orqali taraflar ishtirokida notarial harakatni tasdiqlaydi;

🔹Bitimning asl nusxalari taraflarga yetkaziladi.

Vaqtingizni tejang!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5👏3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_aksiya
#Men_vatanimning_yuziman

Namangan xalqaro aeroportida targ’ibot tadbiri o’tkazildi


"Men Vatanimning yuziman" aksiyasi doirasida Namangan xalqaro aeroportida targ’ibot tadbir o‘tkazildi. Unda, chet elga ishlash niyatida safarga ketayotgan fuqarolar ishtirok etdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Eslatma

✔️O‘zbekistonda davlat hisobidan bepul yuridik yordam kafolatlangan.


“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:

🔹 kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:
- fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar;
- ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar;
- ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
- jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;


🔸ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;


🔹o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;


🔸O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.


🔻Bunda agar jismoniy shaxslar himoya huquqini amalga oshirish uchun advokat olish imkoniyati bo‘lmasa va yuqorida keltirilgan toifalardan biriga to‘g‘ri kelsa, ular surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning so‘roviga ko‘ra davlat hisobidan bepul advokat bilan ta’minlanadi hamda barcha xarajatlar joylardagi moliya organlari tomonidan to‘lab beriladi.

▪️Bundan tashqari, fuqarolik va ma’muriy ishlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan davlat hisobidan bepul advokat bilan ta’minlanadi.


👉🏻Hozirda bu jarayonlar to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, e-advokat.uz axborot portali orqali amalga oshiriladi va hujjatlar elektron shaklda aylanadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
#Adliya_aralashgach
#Uchqo'rg'on_tumani

Adliya aralashuvi bilan fuqarodan 18 millionga yaqin pul mablag‘i undirilmaydigan bo‘ldi
.

Uchqo‘rg‘on tumani, "Yorqinboychek" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Mning tuman adliya bo‘limiga Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Uchqo’rg’on tuman bo‘limining Pensiya va nafaqalar tayinlash komissiyasining uning pensiyasidan ortiqcha to'langan to'lovlarni har oy qaytarib qolish to'g'risidagi qaroridan norozi bo‘lib yozgan murojaati o‘rganib chiqildi.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muhammadiyev Qamashi tuman FHDY bo‘limi faoliyatini o‘rgandi.

Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muhammadiyev Qamashi tuman FHDY bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shu kuni tizim xodimlari hamda fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Bo‘lim ishini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatishda qulayliklar yaratish hamda aholining rozilik darajasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, nikohni tantanali tarzda qayd etish jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar, fuqarolarga zamonaviy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari o‘rganildi. Bo‘limda nikohlanuvchi shaxslarning buyurtmasiga ko‘ra tadbirkorlik subyektlari tomonidan fotosessiya, bezak ishlari, keytering xizmati kabi bir martalik qo‘shimcha xizmatlar yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.


Ushbu xizmatlar amaldagi qonunchilik asosida, adliya organlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar orqali amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.

Xizmat safari yakunida soha xodimlariga aholiga yanada sifatli, shaffof va qulay davlat xizmatlarini ko‘rsatish, xizmat madaniyatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4