ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Аdliya vazirligi masʼul xodimlari «Uchtepa» kichik sanoat zonasida faoliyati yurituvchi tadbirkorlarga oʼz mahsulotlarida qoʼllaniladigan nom va logotiplarni tovar belgisi sifatida roʼyxatdan oʼtkazish hamda o‘zga shaxslarga tegishli brendlardan noqonuniy foydalanish uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik keltirib chiqarishi toʼgʼrisida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek sanoat zonasida “Gulchexra Safarovna Baraka” MChJga tegishli “Oymomo” belgisini va “Elite Woodmaster” MChJning “ST” ko‘rinishidagi logotipini tovar belgilari sifatida roʼyxatdan oʼtkazish hamda oʼzga shaxslar tomonidan noqonuniy foydalanishini oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Adliya_aralashgach
#bir_murojaat_izidan

Fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan 11 112 705 so‘m noreal qarzdorlik bekor qilindi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi tomonidan fuqaro S.Abdullayevaning unga nisbatan qo‘llanilgan 11 112 705 so‘m noreal qarzdorlikni bekor qilishini so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Oltinsoy tuman bo‘limining pensiyalar tayinlash bo‘yicha komissiyasining fuqaro S.Abdullayevaga nisbatan 11 112 705 so‘m ortiqcha to‘lovni qaytarib olish haqidagi qarori asossiz ekanligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaro manfaatida Termiz tumanlaro ma’muriy sudiga kiritilgan da'vo arizasi qanoatlantirilib, sud tomonidan mazkur qaror haqiqiy emas deb topildi hamda fuqaroga S.Abdullayevaga qo‘llanilgan 11 112 705 so‘m noreal qarzdorlik bekor qilinishiga erishildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍1🔥1👏1
“BLANC BLEU” tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi!

So‘ngi yillarda “Ocard” MChJga tegishli bo‘lgan “BLANC BLEU” brendi barchamizga tanish tovar belgisiga aylanib ulgurdi. Mazkur brend kundan-kunga milliy hamda xalqaro doirada mijozlari sonini orttirib bormoqda. Albatta, buning barchasi brend egalarining tinimsiz harakatlari natijasi hisoblanib, ushbu jarayonlar ko‘plab moddiy va boshqa resurslar sarfini talab qiladi.

Biroq, ayrim “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan tezda boyib ketish maqsadida boshqalarning mehnat mahsuli natijasida uzoq yillar mobaynida yaratilgan brendlardan ruxsatsiz foydalanish holatlari ham uchrab turibdi.

Xususan, vazirlik tomonidan “Ocard” MChJning barchamizga tanish bo‘lgan “BLANC BLEU” tovar belgisi hamda sanoat namunasiga bo‘lgan huquqlari “Sh.N.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: Qonunchilikka muvofiq buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunasi hisoblanadi. Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning tashqi ko‘rinishini sanoat namunasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishlari va belgilangan tartibda himoya qilishlari mumkin. “Ocard” MChJ ham o‘zi ishlab chiqaradigan ichimlik suvlari qadoqlanadigan idishlarning tashqi dizaynini intellektual mulk obyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan.


O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “Sh.N.” YTT tomonidan murojaatchiga tegishli bo‘lgan “BLANC BLEU” tovar belgisi hamda sanoat namunasidan foydalanib ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar savdoga taklif etilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “Sh.N.” YTTga qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirish kiritildi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️ Fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi

Buxoro viloyati qon quyish stansiyasi xodimi S.F. ishdan noqonuniy ravishda bo‘shatilganligi sababli Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

Murojaat adliya boshqarmasi tomonidan ish yurituviga qabul qilinib, mas’ul xodimlar tomonidan tegishli huquqiy o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mavjud hujjatlar asosida fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi.

Sud ko‘rib chiqish jarayonida fuqaroning ishdan bo‘shatilishi g‘ayriqonuniy deb topildi hamda da’vo to‘liq qanoatlantirildi.

Sud qaroriga muvofiq:
fuqaro avvalgi lavozimiga tiklandi;
9 795 578 so‘m miqdorida majburiy progul kunlari uchun ish haqi;
5 000 000 so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirildi.

🖤Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi muhokama qilindi

🔹Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov boshchiligida Xorazm viloyatida "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

🔸Mazkur yig‘ilishda vakolatli tashkilotlarning viloyat darajasidagi birinchi rahbarlari, tuman (shahar) prokurorlari, tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, shuningdek, tashkilotlarning qonun ijrosi bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

🔹Tadbirda Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, uning ijrosining samarali ta’minlanishi jarayonida ayrim tizimli muammolar, shuningdek, vakolatli tashkilotlar tomonidan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi tanqidiy muhokama qilinib, mazkur holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

🔸Bundan tashqari, M.Istamov Urganch tumanida fuqarolar bilan uchrashib, ularning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etilganligi yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlarni topshirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✈️Safar nufuzi faqat manzilda emas — nomda ham. Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan turizm brendlari bilan tanishing!

Brend — kompaniya nufuzi va ishonchi. U xizmat sifati haqida gapirib, mijoz e’tiborini tortadi. Ayniqsa nom jarangdor bo‘lsa, sizning xizmatlaringiz bozorda boshqalardan ajralib turadi.

Yuqoridagi rasmda “Central Tur”, “Asialuxe Travel”, “Prestige Travel” kabi brendlarni ko‘rishingiz mumkin.

Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish sayohat brendingizni himoya qiladi va biznesni kengaytirish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratadi.

❗️Unutmang: tovar belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Xalqaro darajadagi huquqshunos bo‘lishni istaysizmi?

🌍 5-25-noyabr kunlari Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida
“Xalqaro shartnoma huquqi va investitsiya kelishuvlari” mavzusida professional o‘qitish kurslari tashkil etiladi!

Bu kurs — xalqaro miqyosda tan olingan yuridik bilimlarni chuqur o‘rganish imkoniyati.

📚 Kurs doirasida siz:
⚖️ Xalqaro shartnoma huquqining amaliy jihatlarini;
💼 Investitsiya kelishuvlarining zamonaviy tahlil usullarini;
🤝 Nizolarni hal etishning ADR mexanizmlarini;
🌐 Jahon savdo tashkiloti huquqini;
🏗 Davlat-xususiy sherikchiligi masalalarini chuqur o‘rganasiz.

👨‍💼 Mashg‘ulotlar “White & Case”, “Foley Hoag”, "Squire Patton Boggs" , “Curtis”, “Mayer Brown”, “CMS”, “Baker Botts” kabi jahon miqyosidagi yuridik firmalar mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

🗣 Mashg‘ulotlar sinxron tarjima asosida — o‘zbek, ingliz va rus tillarida olib boriladi.

🎖 Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga Adliya vazirligi tomonidan xalqaro sertifikat beriladi.
✈️ Eng faol bitiruvchilar esa xorijda stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi!

🔥 Biz siz uchun — xalqaro huquq maydoniga chiqish imkoniyatini yaratdik!
Joylar soni cheklangan.

📅 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
📍 Institut manzili: Xamal ko‘chasi 29v
📞 Aloqa uchun: +99871 200-02-35
+99899 937-04-33

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
#Adliya_aralashgach

❗️Tadbirkorning 263 mln soʻm pullari qarzdordan undirib berildi

Bugungi kunda adliya organlari xususiy mulk huquqining har qanday buzilishlarini bartaraf etish, yetkazilgan zararni undirish va tadbirkorlarning faoliyatini himoya qilish borasida davlatimizning ishonchli vakiliga aylanib bormoqda.

Fargʻona shahar adliya boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan murojaatga koʻra, “Baraka fayz invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda Fargʻona viloyati hokimligi “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi oʻrtasida tuzilgan pudrat shartnomalariga muvofiq “Baraka fayz invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati tegishli qurilish ishlarini bajargan. Buyurtmachi — Fargʻona viloyati hokimligi esa “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi bajarilgan ishlarni qabul qilib olishi va xizmat haqini toʻlashi lozimligiga qaramasdan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlamaganligi oydinlashdi.

Adliya boʻlimi tadbirkor “Baraka fayz invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati manfaatida Fargʻona tumanlararo iqtisodiy sudiga qarzdorlikni undirish yuzasidan daʼvo arizasi kiritdi. Sudda tadbirkor manfaati himoya qilingan holda “Baraka fayz invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati foydasiga 263 mln 257 ming soʻm miqdoridagi qarzdorlik undirilishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥21👍1👏1
❗️Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyati va Toshkent shahrida bo'ldi.

🔹 Ishchi guruh tomonidan adliya bo‘limlari, yuridik xizmatlari va davlat xizmatlari markazlari ish jarayonini o‘rganildi.

🔹 FHDY bo‘limlarida fuqarolarga yaratilgan qulayliklar va afzalliklar o‘rganildi.

🔹 Shuningdek, nikohni tantanali qayd etish xizmati faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Ushbu yangi xizmat aholiga yanada estetik, zamonaviy va qulay sharoitda marosim o‘tkazish imkonini bermoqda.

🔹 Tadbir yakunida xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, xizmatlar sifati, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍21🔥1👏1