ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Sayyor qabul | Sayyor xizmat
Bepul tibbiy ko‘rik | Mehnat yarmarkasi


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov rahbarligida Qumqo‘rg‘on tumani "Yangi shahar" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun kengaytirilgan tartibda sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida, 70 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Natijasiga ko‘ra, 31 nafar fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 20 dan ortiq fuqarolarning bepul tibbiy ko‘rik, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojaatlari shu joyning o‘zidayoq ijobiy hal etildi.

Shuningdek, 11 nafar
fuqarolarning murojaati o‘rganib chiqish muddat talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.

Tadbir davomida, aholining bandligini ta'minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etilib, tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan bog‘liq e'lonlar qabulda ishtirok etgan keng aholi qatlamiga tanishtirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍64🔥3
#Adliya_xabari

📍 Andijon viloyatida yana 502 nafar fuqaroning uy-joyiga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

2025-yil 30-oktabr kuni Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi o'n to'rtinchi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq 502 nafar fuqarolarning egalik huquqi e'tirof etildi.

Andijonda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlari e'tirof etilgan fuqarolar soni jami 1 312 taga yetdi.

Xususan:
Baliqchi tumanida 245 nafar;
Asaka tumanida 213 nafar;
Shahrixon tumanida 188 nafar;
Ulug'nor tumanida 133 nafar;
Izboskan tumanida 83 nafar;
Paxtaobod tumanida 80 nafar;
Oltinko'l tumanida 72 nafar;
Jalaquduq tumanida 57 nafar;
Bo'ston tumanida 55 nafar;
Buloqboshi tumanida 46 nafar;
Marhamat tumanida 44 nafar;
Xo'jaobod tumanida 40 nafar;
Qo'rg'ontepa tumanida 22 nafar;
Andijon shaharda 20 nafar;
Andijon tumanida 14 nafar
fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2👏1
📢 E’LON!

Adliya vazirligi va Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) hamkorligida joriy yilning 5–6 noyabr kunlari Toshkent shahrida Ayollar yetakchiligidagi kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun intellektual mulkni boshqarish klinikasi” loyihasining yakuniy hisobot tadbiri bo‘lib o‘tadi.

🎯 Tadbirning maqsadi — tadbirkor ayollar o‘rtasida intellektual mulkni muhofaza qilish, undan samarali foydalanish va shaxsiy brendni rivojlantirish madaniyatini keng targ‘ib etishdir.

📚 Tadbir davomida:
Tadbirkor ayollar uchun intellektual mulkni boshqarish klinikasi tajribalari tahlil qilinadi;
🤝 Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari o‘z natijalarini taqdim etadi;
🛍 Tadbirkor ayollarning brend mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi;
🚀 Intellektual mulkni tadbirkorlikni rivojlantirishda qo‘llash bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi.

💬 Ushbu tadbir tadbirkor ayollar uchun o‘z brendini yaratish, himoya qilish va xalqaro maydonga olib chiqish yo‘lida muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

#Ayol #Tadbirkor #Brend #AdliyaVazirligi #BIMT #IntellektualMulk #IPClinics #Toshkent #EmpowerWomen #Innovation #WomenInBusiness

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на церемонии открытия 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the opening ceremony of the 43rd session of the UNESCO General Conference

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4
🟢 Davlat xizmatlari sohasida yangi bosqich

Bugun, Adliya vazirligi tomonidan Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida “Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani, shuningdek jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

🧑🏻‍💻Unda ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik faollari hamda Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari ishtirok etdi.

Davlat xizmatlari departamenti boshlig'i E.Maxkamov tadbir ishtirokchilariga sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berdi.

▪️Xususan, 9 oyda 19,7 milliondan ortiq davlat xizmati ko‘rsatilgani, bu esa 2022-yilga nisbatan qariyb 2,5 baravar o‘sishni bildirishi ta’kidlandi.
▪️Bugungi kunda mamlakatimizda 208 ta Davlat xizmatlari markazi faoliyat yuritib, ularning 84 tasi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan.
▪️Shuningdek, “Adliya QR” tizimi joriy etilib, fuqarolarga ariza topshirish, to‘lovni amalga oshirish va xizmat natijasini kuzatish imkonini bermoqda.
▪️Nazorat tadbirlari natijasida qonun buzilish holatlari 3 baravar kamaygani ham qayd etildi.
▪️Prezidentning 2025-yil 8-sentabrdagi PF–157-son Farmoni bilan 2028-yilga qadar davlat xizmatlari soni 900 taga yetkaziladi, 30 turdagi hujjatlarni topshirish talabi esa bekor qilinadi.


Shu bilan birga, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga vazirlik mas'ullari tomonidan batafsil javob berildi. Tadbir yakunida yig'ilganlar uchun Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan vizual tanishish imkoniyati berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥52👏2🎉1
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi muhokama qilindi

Joriy yilning 30-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari M. Istamov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qo‘mita raisi I.Sdikov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari B.Naurizbaev boshchiligida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda vakolatli tashkilotlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi darajasidagi tashkilotlarning birinchi rahbarlari, tuman (shahar) prokurorlari, tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, shuningdek, tashkilotlarning qonun ijrosi bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, uning ijrosining samarali ta’minlanishi jarayonida ayrim tizimli muammolar, shuningdek, vakolatli tashkilotlar tomonidan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi tanqidiy muhokama qilindi.

Mazkur holatlar Qonunning joylarda to‘liq va sifatli ijro etilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida Qonunning ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida mas’ullardan Qonunning samarali ijro etilishi yuzasidan takliflari tinglanib, hal etilishi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot