ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri A.Tashkulov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi o‘n ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Tadbirda Rossiya, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston adliya vazirlari, Qirg‘iziston adliya vaziri o‘rinbosari hamda ShHT bosh kotibi o‘rinbosari ma’ruza bilan ishtirok etdilar.

A.Tashkulov mamlakatimizda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar huquqiy axborotni tarqatish, “aqlli tartibga solish” (TSTB) tizimi, raqamli adliya, sun’iy intellekt asosidagi “LexAI” chatbot, sud-ekspertiza sohasidagi yangiliklar, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik istiqbollari borasida nutq so‘zladi.

Xususan, notariat xizmatlarini raqamlashtirish: “Notarius” axborot tizimi orqali hujjatlarni elektron shaklda yuritish va notarial jarayonlarni soddalashtirish mexanizmi, davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam nafaqat jinoiy ishlarda, balki ma’muriy huquqbuzarliklar va fuqarolik ishlarida ham ko‘rsatilayotganligi alohida ta’kidlandi.

ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi majlisida a’zo davlatlar Adliya vazirliklari faoliyatidagi islohotlar hamda ShHTga a’zo davlatlar Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida ShHTga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi yigʻilishini tashkillashtiruvchi davlat Tojikiston Respublikasi etib belgilandi.

Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tomonlarning umumiy kelishuvlarini aks ettiruvchi qoʻshma bayonot imzolandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍94
📚 Jazoni ijro etish departamenti yuridik xizmat xodimlari uchun amaliy mashg‘ulot

🔹 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi hamkorligida institut tinglovchilari uchun amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

🔹 Amaliy mashg‘ulot davomida tinglovchilar Adliya vazirligi muzeyi, “Adolat ayvoni”, kutubxona, Media markaz faoliyati, shuningdek, ma’muriy binoda rahbariyat va tarkibiy bo‘linmalarning joylashuvi, majlislar va sport zallari, tibbiyot xonasi hamda vazirlik arxivi bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, tinglovchilar uchun “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash tartibi” mavzusida soha mutaxassislari tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

➡️ Tinglovchilar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi hamda qonunchilik hujjatlarini tayyorlash tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥31👏1🎉1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi qoshidagi "Adolat" milliy huquqiy axborot markaziga Belarus Respublikasi Qonunchilik va huquqiy axborot milliy markazi delegatsiyasining tashrifi amalga oshirildi


Delegatsiya aʻzolari, dastlab, Markazning tegishli tarkibiy boʻlinmalari faoliyati, “Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy, ilmiy jurnali birlashgan tahririyati taqdimotlari, shuningdek, lex.uz saytida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tomonlar oʻrtasida huquqiy axborotni tarqatish hamda qonunchilik hujjatlarini tizimga kiritish sohasida, yuridik va boshqa turdagi adabiyotlarni nashr qilish sohasida fikr, tajriba almashilib, kelgusida amalga oshirilishi moʻljallangan istiqbolli loyihalar koʻrib chiqildi.

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya aʼzolari Adliya vazirligi vakillari bilan protokol uchrashuvini oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi faoliyati bilan tanishish maqsadida vazirlikka tashrif buyurishdi.


Shundan soʻng, Multimedia markazida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar oʻtkazildi. Mazkur taqdimotlar delegatsiya aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.

Shundan keyin, ikki markaz o'rtasida o'zaro hujjat almashildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍85
Yoshlar iqlim o‘zgarishiga qarshi global harakatda birlashmoqda

⚡️Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan forum o‘z ishini iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanishning ustuvor masalalari bo‘yicha yoshlarning mavqeini aks ettiruvchi yakuniy tavsiyalar hamda sa’y-harakatlarga chaqiriqni tasdiqlash bilan davom ettirdi. Ushbu hujjat YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga yoshlar tomonidan taqdim etiladigan rasmiy hissaga aylanadi.

Alohida e’tibor “Project Café” sessiyasiga qaratilib, unda yosh yetakchilar iqlim va ijtimoiy muammolarga yechim topishga qaratilgan tashabbus va loyihalarini taqdim etdilar. Muloqotlar davomida ularni rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Dastur yakunida xalqaro hamkorlik va barqaror kelajak sari umumiy intilishlarni ifodalovchi yopilish marosimi hamda madaniy kecha tashkil etildi.

#14UNESCO #YouthForum #Samarkand2025

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41