ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Intellektual mulk huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan 370 mln. so‘mlik jarimalar qo‘llanildi!

Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli foyda ko‘rish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Xususan, vazirlik tomonidan “Intercontinental Great Brands LLC” (AQSh), “Hugo Boss AG” (Germaniya), “Tommy Hilfiger Licensing B.V.” (Niderlandiya), “Euro Lifecare” hamda “SVH Glavniy” MChJlar va Necmettin Bakirlarning intellektual mulk huquqlari buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “I.G.”, “K.S.”, “N.L.”, “N.S” va “K.B.” MChJlar tomonidan murojaatchilarga tegishli bo‘lgan “Oreo”, “Boss”, “Tommy Hilfiger”, “Polifer”, “Unex” hamda “itimat” tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “I.G.”, “K.S.”, “N.L.”, “N.S” va “K.B.” MChJlarga nisbatan umumiy hisobda 370 mln. so‘mlik jarimalar qo‘llanildi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
E'tirof

Toshkent aksilkorrupsiya forumi doirasida tashkil etilgan xalqaro tadbirda
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Komplayens-nazorat” tizimini samarali joriy etgan tashkilot sifatida e'tirof etildi.

Ma'lumot uchun: 2020-yilda Adliya vazirligi davlat organlari tashkilotlari orasida birinchilardan bo'lib korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha
ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatini
qo‘lga kiritgan va mazkur sertifikat 2023-yilning sentyabr oyida yana 3 yilga uzaytirilgan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥6👍43
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi

Xalqimiz orasida o‘zining betakror rollari va ijodi bilan chuqur hurmat qozongan aktrisa , "Shuhrat" medali sohibasi Dilnoza Kubayeva Adliya vazirligi tashabbusi bilan ilk bor “Oktabr oyi — San’at va ijod himoyasi oyligi” deb e’lon qilinganidan mamnunligini bildirdi:

“San’atkor va ijodkorlarning mehnatini qadrlash, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish va intellektual mulk sohasida xabardorlikni oshirish — bu juda muhim tashabbus. Men, san’at vakili sifatida, bu oyni yuksak qadrlayman va ijodkorlarga bo‘lgan bunday e’tibor har birimizni yanada ilhomlantiradi”.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6👍4
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev Andijon tuman Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi faoliyati bilan yaqinda tanishdi.


Jarayonda tuman adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi xodimlari bilan ochiq muloqot qilib, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Andijon tumanidagi FHDY bo‘limida joriy etilgan nikohni tantanali vaziyatda qayd etish (“Keytering”) xizmatining amaliy faoliyati ko‘zdan kechirdi. Mazkur xizmat aholiga qulaylik yaratish, nikoh marosimini yanada estetik va zamonaviy ruhda o‘tkazish imkonini bermoqda.

Mazkur xizmatlar amalga oshirilishi adliya organlari tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlab olingan hamkor tadbirkorlar orqali tashkil etiladi.

Shuningdek, Adliya vazir o'rinbosari Andijon viloyatida joylashgan “DiROMM” MCHJ korxonasining ishlab chiqarish jarayoni va faoliyati bilan tanishdi. Korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori texnologik uskunalar, mahsulot sifati va ichki hamda tashqi bozorlar uchun eksport salohiyati haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.

Muloqotda tadbirkorlik faoliyati davomida yuzaga kelayotgan soliq, intellektual mulk, kommunal xizmatlar, eksport hajmini oshirish bilan bogʻliq masalalari va ularning huquqiy yechimi boʻyicha tushunturishlar berib oʻtildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2
#Adliya_xabari #adliya_aralashgach

🎯Ayrim nodavlat notijorat tashkilotlariga asossiz jarima qo‘llanilishining oldi olindi.

📍Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi ayrim nodavlat notijorat tashkilotlariga soliq hisobotlarini topshirmaganligi uchun asossiz jarima qo‘llanilayotgan edi.

⚔️Viloyat adliya boshqarmasining Nodavlat notijorat tashkilotlar sho‘basi tomonidan viloyat hududida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlarga berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari (STIR) monitoringi olib borildi.

Monitoring jarayonida 16 ta nodavlat notijorat tashkilotlarida noma’lum sabablarga ko‘ra ikkita soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) mavjudligi aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi viloyat soliq boshqarmasi bilan birgalikda ushbu NNTlarning STIRlari birlashtirildi hamda ularga soliq hisobotlarini topshirmaganligi uchun asossiz jarima qo‘llanilishining oldi olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
Adliya vaziri A.Tashkulov hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Adliya vaziri A. Tashkulov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi ofisi direktori SHIN Myung Seop boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

A. Tashkulov mazkur uchrashuvda KOICA agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Sun’iy intellektga asoslangan yuridik xizmat muhitini yaratish va Koreya – O‘zbekiston huquq markazini tashkil etish” loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi adliya tizimini zamonaviy, raqamlashtirilgan va xalqaro standartlarga muvofiq yanada rivojlantirish yoʻlidagi muhim qadam ekanligini qayd etdi.

Shuningdek, loyiha natijalarini butun respublika miqyosida joriy etish, yaʼni uni adliya tizimining barcha boʻgʻinlarida samarali qoʻllash maqsadida loyihani jamoaviy tarzda, tizimdagi barcha tashkilotlar ishtirokida amalga oshirilishi taʼkidlandi.

Bu loyiha adliya tizimining yangi bosqichga chiqishiga, fuqarolarga yuridik xizmatlarni yanada qulay va shaffof shaklda taqdim etishga hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini amaliyotga samarali joriy etishga xizmat qilishi bildirildi.

Koreya tomoni adliya vaziriga mazkur muhim uchrashuvda shaxsan ishtirok etayotgani uchun minnatdorchilik bildirib, 2024-yil dekabr oyida boshlangan mazkur loyiha yuzasidan tadqiqot ishlari O‘zbekistonda Adliya vazirligi bilan hamkorlikdagi eng yirik tadqiqot loyihasi ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuvda KOICA jamoasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari muhokama qilindi.
Tomonlar 2026-yilda boshlanishi rejalashtirilgan loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish uchun hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍51
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev Oltinko'l tuman
ida bo'ldi.

Andijon viloyatiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari Oltinko'l tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab, Oltinko'l tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY organi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazida boʻlib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida markazdagi sharoitlar va mavjud infratuzilma o‘rganildi. Davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash, xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, aholiga qulay xizmat muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda mas’ullarga xizmatlar sifatini oshirish, fuqarolar bilan muloqotda ochiqlik va samimiylikni ta’minlash borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
#Adliya_xabari 🇺🇿

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Andijon viloyatida bo‘lib, otaliqqa olingan va ishsiz yoshlar bilan uchrashdi.


Qabulda viloyat adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari, kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida, 30 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, masʼullar tomonidan 21 nafar yoshlar murojaati qabul qilindi, shundan 5 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 5 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, oʻrganish talab etilgan 11 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda mas'ullari ishtirokida yoshlarning hayotiy muammolari, bandlik masalalari, huquqiy bilim va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amaliy ishlar muhokama qilindi.

Viloyatda adliya organlariga 461 nafar yosh biriktirilgan bo‘lib, o‘tkazilgan hatlovlar jarayonida ularning barchasi (100%) bilan uchrashilib, har birining muammolari individual tarzda o‘rganilgan.

Birgina Oltinko‘l tumanida, adliya bo‘limiga 30 nafar otaliqqa olingan yosh biriktirilgan bo'lib, o'rganishlar davomida 12 nafaridan ortiq yoshlarning muammolar aniqlanib, 9 nafari (75%) bo‘yicha muammolari ijobiy hal etilgan.

Shu bilan birga, yoshlar bilan samimiy suhbatda, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish va huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Adliya vaziri o‘rinbosari tumanning "Ijtimoiyat" mahallasida oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'illanuvchi fuqarolar xonadonida bo'ldi.

Muloqotda tadbirkorlik faoliyati davomida yuzaga kelayotgan soliq, intellektual mulk, kommunal xizmatlar, eksport hajmini oshirish bilan bogʻliq masalalari va ularning huquqiy yechimi boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61