ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Qonuniylik ta’minlandi: fuqaroning 40 yillik muammosi hal qilindi!

🔹Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi va Bo‘stonliq tumani hokimligi mas’ullari tomonidan o‘rganishlar amalga oshirilmoqda.

🔸 O‘rganishda aniqlanishicha tumanda yashovchi fuqaro, sobiq non zavodi ishchisi Zakira Karatayeva uzoq yillardan buyon ijarama-ijara yurib, o‘zining qonuniy egalik qiladigan uy-joyiga ega bo‘lmagan. Bunga asosiy sabab, ushbu fuqaro egaligidagi xonadon muqaddam davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzib tashlangan.

🔹Lekin fuqaroga o‘zining uyi o‘rniga boshqa uy-joy berilmagan. 2025-yilning 22-oktyabr kuni, qariyb oradan 40 yil o‘tib “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan fuqaro Z.Karatayevaga Bo‘stonliq tumani hokimining qarori bilan hozirda o‘zi ijarada yashab turgan xonadon xususiylashtirib berildi. Endilikda Karatayeva ushbu xonadonga hech bir moneliksiz egalik qiladi, tasarruf qiladi.

🔸Ushbu holat Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvorligi ta’minlangani, "Inson qadri uchun" degan tamoyilning ahamiyati yanada yuqori ekanining yorqin misoli hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72
Mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlarni internetda noqonuniy tarqatish qanday oqibatga olib keladi?
Anonymous Quiz
5%
A) hech qanday
4%
B) faqat ogohlantirish
85%
C) ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik
6%
D) intizomiy javobgarlik
👍8🔥1
#Adliya_xabari

Qashqadaryodagi tadbirkorlar hamda ijodkorlarga intellektual mulk ob'yektlarini himoya va muhofaza qilish yuzasidan ochiq muloqot o'tkazildi

Joriy yilning 23-oktabr kuni Adliya vazirligi va viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari hamda san’at va ijod vakillariga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Ochiq muloqot davomida intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, uning afzalliklari va huquqiy himoya qilish mexanizmlari bo‘yicha master-klass o'tkazildi.

Shuningdek, mualliflik huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Uchrashuvda hayotiy misollar, interaktiv savol-javoblar o‘tkazilib, intellektual mulkni hurmat qilish va himoya qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍6🔥2
Intellektual mulk huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan 370 mln. so‘mlik jarimalar qo‘llanildi!

Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli foyda ko‘rish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Xususan, vazirlik tomonidan “Intercontinental Great Brands LLC” (AQSh), “Hugo Boss AG” (Germaniya), “Tommy Hilfiger Licensing B.V.” (Niderlandiya), “Euro Lifecare” hamda “SVH Glavniy” MChJlar va Necmettin Bakirlarning intellektual mulk huquqlari buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “I.G.”, “K.S.”, “N.L.”, “N.S” va “K.B.” MChJlar tomonidan murojaatchilarga tegishli bo‘lgan “Oreo”, “Boss”, “Tommy Hilfiger”, “Polifer”, “Unex” hamda “itimat” tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “I.G.”, “K.S.”, “N.L.”, “N.S” va “K.B.” MChJlarga nisbatan umumiy hisobda 370 mln. so‘mlik jarimalar qo‘llanildi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
E'tirof

Toshkent aksilkorrupsiya forumi doirasida tashkil etilgan xalqaro tadbirda
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Komplayens-nazorat” tizimini samarali joriy etgan tashkilot sifatida e'tirof etildi.

Ma'lumot uchun: 2020-yilda Adliya vazirligi davlat organlari tashkilotlari orasida birinchilardan bo'lib korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha
ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatini
qo‘lga kiritgan va mazkur sertifikat 2023-yilning sentyabr oyida yana 3 yilga uzaytirilgan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥6👍43
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi

Xalqimiz orasida o‘zining betakror rollari va ijodi bilan chuqur hurmat qozongan aktrisa , "Shuhrat" medali sohibasi Dilnoza Kubayeva Adliya vazirligi tashabbusi bilan ilk bor “Oktabr oyi — San’at va ijod himoyasi oyligi” deb e’lon qilinganidan mamnunligini bildirdi:

“San’atkor va ijodkorlarning mehnatini qadrlash, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish va intellektual mulk sohasida xabardorlikni oshirish — bu juda muhim tashabbus. Men, san’at vakili sifatida, bu oyni yuksak qadrlayman va ijodkorlarga bo‘lgan bunday e’tibor har birimizni yanada ilhomlantiradi”.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6👍4