ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“MEN NAVKATLIKMAN” TANLOVI G'OLIBLARI ANIQLANDI!


Qo‘shrabot tumani Navkat yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Men navkatlikman” havaskor mobilograflar tanlovi yakunlandi!

Tanlov yoshlarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, mobilografiya sohasiga qiziqishini oshirish va ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar “Navkat hayoti”, “Oilamda bir kun”, “Mening bir kunlik dars kunim” kabi mavzularda kreativ videolar bilan ishtirok etdilar.

🏆 Gʻoliblar quyidagicha aniqlandi:
🥇 1-o‘rin — Shuxrat Sherqulov
🎁 Professional mobilografiya kursida bepul tahsil olish uchun vaucher bilan taqdirlandi.
🥈 2-o‘rin — Ozodbek Saydazimov
🥉 3-o‘rin — Sabina Xamroyeva

Gʻoliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Barcha ishtirokchilarga faolligi va ijodiy yondashuvi uchun minnatdorlik bildiriladi!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin qarindoshlar bilan farzandlaringizni nikohlamoqchi boʻlsangiz, yaqin kelajakda ulardan nosogʻlom farzand tugʻilishiga tayyor turing!

👉Yaqin qarindoshlar — aka-uka, opa-singil farzandlari yoki boshqa yaqin xeshlar — oʻrtasidagi nikoh tabiat qonuniyatlariga zid hisoblanadi.

‼️Bunday nikohdan tugʻilgan bolalarda irsiy kasalliklar, jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar xavfi bir necha barobar ortib ketadi.

Batafsil videolavhada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥3🎉2
#Mehr_ulash

❤️Adliya vazirligi tashabbusi bilan "Mehr ulash" xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

Vazirlik tizimida doimiy tashkil etilib kelinadigan ushbu xayrli aksiyada nafaqat vazirlik markaziy apparati xodimlari, balki, adliya muassasalari xodimlari ham faol ishtirok etdi.


❤️O‘ylaymizki, topshirilgan donorlik qonlari turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🎉2👏1
#Adliya_xabari

📍Surxondaryo viloyatida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo'limlarida yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi

Joriy yilning 16-oktabr kuni Adliya vazirligining ishchi guruhi tomonidan Uzun, Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Jarqo‘rg‘on tuman davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganishlar doirasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati bo‘yicha faoliyat samaradorligini ta’minlashda shaxsiy mas’uliyat, kasb etikasi va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, fuqarolar bilan muloqot ko'nikmasini rivojlantirish borasida tegishli ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda duch kelinayotgan muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📝Nikoh shartnomasining qanday afzal jihatlari bor?

Batafsil viedoda ⤴️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍32👏2
#Adliya_xabari

Namanganda 572 nafar shaxsning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga boʻlgan huquqlari eʼtirof etildi.

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi koʻrib chiqildi.

Mazkur sessiyada jami 572 nafar fuqaroning yer va mulkka boʻlgan huquqlarini eʼtirof etish boʻyicha kengash qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar oʻrtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bogʻliq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Maʼlumot uchun, qonun ijrosi boʻyicha shu kunga qadar viloyatimizda 1182 nafar fuqaroning yer va mulkka boʻlgan huquqlari eʼtirof etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1