ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev hamda
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ekspertlaridan iborat delegatsiya o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi


Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ekspertlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

N. Muxammadiyev mazkur uchrashuvda KOICA agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Sun’iy intellektga asoslangan yuridik xizmat muhitini yaratish va Koreya – O‘zbekiston huquq markazini tashkil etish” loyihasini (qiymati 14,5 mln AQSH dollari) O‘zbekiston huquq tizimi tarixidagi strategik tashabbuslardan biri ekanligini qayd etdi.

Ma’lumot uchun: Mazkur loyiha nafaqat zamonaviy raqamli yuridik infratuzilmani, balki sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan yuridik xizmatlarni rivojlantirishni, aholiga qulay va tezkor huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan.


Uchrashuvda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ekspertlari bilan quyidagi masalalar:

▪️Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarni huquqiy tartibga solish holati;
▪️normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda sun’iy intellektdan foydalanish holati;
▪️mamlakatimizda huquqiy axborotni aholiga yetkazish, ushbu sohani raqamlashtirish, jumladan, Lex.uz qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi imkoniyatlari;
▪️Axborot texnologiyalarni huquqiy tartibga solish hamda qonun ijodkorligi faoliyatida sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarni qo‘llash sohasidagi mutaxassislar hamda maxsus jihozlarga bo‘lgan ehtiyojlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida mazkur loyiha doirasida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Koreya – O‘zbekiston huquq markazi ikki davlat o‘rtasida huquqiy bilim va tajriba almashinuvi markaziga aylanishi hamda ushbu markaz Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Koreya hamkor tashkilotlari o‘rtasidagi uzviy aloqalarni mustahkamlab, yangi ta’lim dasturlari, qo‘shma tadqiqotlar, seminar va konferensiyalar uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍6👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👏23👍16🔥85🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#San'at_va_ijod_himoyasi_oyligi

Ijodiy mulk – qonun himoyasida: Sirdaryo teatrida huquqiy tadbir


🔸Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹Tadbirda ijodiy soha vakillariga intellektual mulk tushunchasi, uning asosiy turlari – mualliflik huquqi, patentlar, tovar belgilari, sanoat namunalari va boshqa shakllari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu huquqlarning qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi, qanday hollarda va qanday tartibda himoya qilinishi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

▶️Batafsil👈

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍7👏1
Internetda joylashtirilgan videoni qayta yuklab olib, o‘zingizning sahifangizda joylashtirish mumkinmi?
Anonymous Quiz
12%
A) Har doim mumkin
6%
B) Faqat reklama uchun
49%
C) Faqat muallif ruxsati bilan
34%
D) Agar manba yozilsa, ruxsatsiz bo‘ladi
👍4
#Bilasizmi

🚘 Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?

🏛 Vakolatli organ: Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.

Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki bevosita vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.

Ruxsatnoma olish talab etilmaydigan oʻzgartirishlar quyidagilar:

🔸avtotransport vositasi orqa oynasining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish:

🔹old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish.

Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 465-son qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#San'at_va_ijod_himoyasi_oyligi

Xalqimiz orasida “Ismigul” qo‘shig‘i bilan tanilgan iste’dodli ijodkor O‘ktam Hakimov, Adliya vazirligi tashabbusi bilan ilk bor “Oktabr oyi — San’at va ijod himoyasi oyligi” deb e’lon qilinganidan mamnun bo‘lib, quyidagicha fikr bildirdi:

“San’atkorlar va ijodkorlar uchun bunday tashabbus juda katta rag‘batdir. Bu nafaqat ijodkorlarning huquqiy himoyasini ta’minlashga, balki san’atning qadrlanishiga, ijodkor mehnatining e’tirof etilishiga xizmat qiladi.
Adliya vazirligining bu tashabbusi jamiyatimizda san’at va madaniyatga bo‘lgan hurmatni yanada oshiradi. Men bundan juda hursandman.”


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Muhabbatxon Abdullayeva: Fuqaroligim yo‘qligi sabab 45 yil davomida farzandlarimni ko‘ra olmadim

1985-yilda Muhabbatxon ona Abdullayeva Tojikistonning Isfara tumanidan O‘zbekistonga shar'iy nikoh asosida turmushga chiqadi. 20 yildan so‘ng turmush o‘rtog‘i vafot etgach, hujjatlari va fuqaroligi bo‘lmaganligi bois muammolarga uchradi. Tojikistonga qaytib keta olmay, o‘z farzandlarini 45 yil davomida ko‘ra olmadi.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazidagi Muhabbatxon Abdullayeva kabi 5 nafar nuroniylarning huquqiy muammolari adliya ko‘magi bilan bartaraf etildi. Ularning O‘zbekistonda yashaganlik fakti sud orqali belgilandi. Bugun ularning quvonchlari cheksiz.

Batafsil ushbu lavhada 👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥1👏1
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilgan, O‘zbek adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqishga katta hissa qo‘shgan mashhur amerikalik tarjimon, adabiyotshunos va sharqshunos olim Mark Riz quyidagicha fikr bildirdi:

“Adliya vazirligining ‘Oktabr — San’at va ijod himoyasi oyligi’ deb e’lon qilgan tashabbusidan benihoya mamnunman. Bu — san’at va madaniyatga berilayotgan yuksak e’tiborning yaqqol dalilidir. Ijodkorlar himoyasining kuchaytirilishi — jamiyat yuksalayotganining muhim belgisi.” Ushbu tashabbus ijodkorlar uchun katta imkoniyat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

📚 Mark Riz, a renowned American translator, literary scholar, and orientalist who translated Abdulla Qodiriy’s novel “O‘tkan Kunlar” (Bygone Days) into English and made a significant contribution to introducing Uzbek literature to the world, shared his thoughts:

“I am truly pleased with the Ministry of Justice’s initiative to declare October as the ‘Month of Protection for Art and Creativity.’ This is a clear sign of the high regard being given to art and culture. Strengthening the protection of creative individuals is a key indicator of a progressing society.”
This initiative serves as a great source of opportunity and inspiration for artists and creators.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏21🎉1
#Adliya_aralashgach
#Navoiy_viloyati

Adliya aralashuvi bilan xodimlarning 55 million so‘mlik kafolatlangan to‘lovlar undirib berildi.


🔸 Navoiy shahar adliya bo‘limi tomonidan shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 15 ta umumta’lim maktablarida CHQBT (chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) rahbari lavozimida ishlagan fuqarolarning manfaatida taqdimnoma kiritildi.

🔹O'rganish davomida ish beruvchi tashabbusi bilan fuqarolar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan bo‘lsa-da, amalda uch oy davomida ishsiz bo'lib kelgan xodimlarga Mehnat kodeksining 100-moddasiga muvofiq kafolatlangan to‘lovlar to‘lab berilmaganligi aniqlangan.

🔸 Adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnoma natijasida xodimlarga 55 mln so‘mlik to‘lovlar to‘lab berilishi ta’minlangan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka asosan, yer ijarachilari (fermer va dehqon xo‘jaligi, agroklaster va h.) o‘z yer uchastkalarining sug‘orilmaydigan toifasiga kiritilgan qismida yengil konstruksiyali qo‘shimcha obyektlarni joylashtirishi yoki qurishi mumkin.

Masalan, bu kabi obyektlar paxtachilik va g‘allachilikda – omborxona, saralash va qadoqlash joylari, sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda – issiqxona va omborxona, saralash va qadoqlash joylari va boshqalar bo‘lishi mumkin.

📌 Bunda, yengil konstruksiyali qo‘shimcha obyektlar egallaydigan maydon 20 sotixdan (chorvachilik yo‘nalishida 1 gektardan), biroq ijaraga berilgan kontur maydonining bir foizidan oshmasligi kerak.

💻 Yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarni joylashtirish yoki qurish uchun ijarachi davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish zarur.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

“MEN NAVKATLIKMAN” TANLOVI G'OLIBLARI ANIQLANDI!


Qo‘shrabot tumani Navkat yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Men navkatlikman” havaskor mobilograflar tanlovi yakunlandi!

Tanlov yoshlarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, mobilografiya sohasiga qiziqishini oshirish va ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar “Navkat hayoti”, “Oilamda bir kun”, “Mening bir kunlik dars kunim” kabi mavzularda kreativ videolar bilan ishtirok etdilar.

🏆 Gʻoliblar quyidagicha aniqlandi:
🥇 1-o‘rin — Shuxrat Sherqulov
🎁 Professional mobilografiya kursida bepul tahsil olish uchun vaucher bilan taqdirlandi.
🥈 2-o‘rin — Ozodbek Saydazimov
🥉 3-o‘rin — Sabina Xamroyeva

Gʻoliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Barcha ishtirokchilarga faolligi va ijodiy yondashuvi uchun minnatdorlik bildiriladi!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin qarindoshlar bilan farzandlaringizni nikohlamoqchi boʻlsangiz, yaqin kelajakda ulardan nosogʻlom farzand tugʻilishiga tayyor turing!

👉Yaqin qarindoshlar — aka-uka, opa-singil farzandlari yoki boshqa yaqin xeshlar — oʻrtasidagi nikoh tabiat qonuniyatlariga zid hisoblanadi.

‼️Bunday nikohdan tugʻilgan bolalarda irsiy kasalliklar, jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar xavfi bir necha barobar ortib ketadi.

Batafsil videolavhada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥3🎉2
#Mehr_ulash

❤️Adliya vazirligi tashabbusi bilan "Mehr ulash" xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

Vazirlik tizimida doimiy tashkil etilib kelinadigan ushbu xayrli aksiyada nafaqat vazirlik markaziy apparati xodimlari, balki, adliya muassasalari xodimlari ham faol ishtirok etdi.


❤️O‘ylaymizki, topshirilgan donorlik qonlari turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🎉2👏1