ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining yangi binosi va faoliyati bilan tanishdi


Joriy yilning 10-oktyabr kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov Jurabayevich Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazirga institutda yaratilgan zamonaviy o‘quv sharoitlari, raqamli ta’lim infratuzilmasi, kutubxona, shuningdek xodimlar va tinglovchilar uchun mo‘ljallangan qulay ish va dam olish maskanlari namoyish etildi.

Shuningdek, Adliya vaziri institut faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot bilan ham tanishdi. Unda yuridik kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilg‘or pedagogik va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.


Taqdimot chog‘ida institut tomonidan ishlab chiqilgan yangi o‘quv dasturlari, masofaviy o‘qitish platformalari, hududiy adliya organlari xodimlari uchun modul asosidagi malaka oshirish tizimi taqdim etildi.

Akbar Tashkulov institut jamoasi bilan bo‘lgan muloqotda yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonida amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv va boshqa zamonaviy texnologiyalar asosida kadrlar salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥85👍3👏1🎉1
#Adliya_xabari

Surxondaryoda 584 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada jami 584 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 2 103 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi. Qonun ijrosi bo'yicha ishlar tizimli davom etmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍32
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🗓 2025-yil 1-noyabrdan boshlab davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda quyidagi toifadagi shaxslarga xizmatlardan navbatsiz foydalanish boʻyicha imtiyoz beriladi:


pensionerlarga;

homilador ayollarga;

3 yoshga toʻlmagan bolasi bilan kelgan fuqarolarga.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida sayyor qabul o'tkazildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Ochiqlik sari yana bir qadam!

🔸20 dan ortiq jurnalist va blogerlar Toshkent viloyatida o‘tkazilgan ikki kunlik treningda ishtirok etib, davlat xizmatlari haqida qanday qilib xolis va jozibali tarzda axborot berishni o‘rgandilar.

🔹Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davomida ishtirokchilar:
Davlat xizmatlari islohotlarini xolis va ijodiy yoritish;
🤖 Sun’iy intellekt (AI) va raqamli vositalardan foydalanish;
💬 Ishonch va shaffoflikni targ‘ib qiluvchi hikoyalar yaratishni o‘rgandilar.

🤝 Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi davlat xizmatlarini aholiga yaqinlashtirish hamda shaffoflikni mustahkamlovchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!

#EUinUzbekistan #UNDP #DavlatXizmatlari #MediaTrening #Shaffoflik #AI

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1