ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi delegatsiyasi Minskda: huquqiy axborot va raqamlashtirish sohasida hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda


Joriy yilning 8 – 10-oktyabr kunlari Minsk shahrida Belarus Respublikasining Milliy qonunchilik va huquqiy axborot markazi tomonidan tashkil etilgan VII Kuzgi ilmiy sessiya – xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur sessiyada:

▪️Axborot xavfsizligini huquqiy ta’minlash;
▪️Norma ijodkorligi jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish;
▪️Fuqarolik huquqiy munosabatlarga oid masalalar;
▪️Shartnomaviy huquq transformatsiyasi
kabi bir qator muhim va dolzarb mavzularni qamrab olgan 9 ta yo‘nalish bo‘yicha kichik sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sessiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktorining birinchi o‘rinbosari A. Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasida huquq sohasida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish, biznes uchun adolatli huquqiy muhit yaratish, sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash hamda advokatura institutining salohiyatini oshirish kabi ustuvor vazifalar bo‘yicha, shuningdek, mamlakatimizda huquqiy axborotni aholiga yetkazish, ushbu sohani raqamlashtirish, jumladan, Lex.uz qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi hamda sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan “LexAI” platformasi haqida axborot berildi.


Foydali fikr almashuvlarga boy tarzda o‘tayotgan ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tadbirlari davom etmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
#Adliya_xabari

❗️Qo'qon shahridagi tadbirkorlarga tovar belgilari yuzasidan seminar o'tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga o‘z brendiga ega bo‘lish hamda uning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir davomida tadbirkorlar intellektual mulk sohasiga oid savollarga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, 2025-yil 8-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ–1080-son Qonunning mazmun-mohiyati tadbirkorlik subyektlariga batafsil tushuntirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Usmonali Karaboyev: “Adliya ko‘magi bilan 20 mln moddiy va maʼnaviy zararni undirib oldim”

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi Usmonali Karaboyev o‘zi yashab turgan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga o‘z xonadonining elektr hisoblagich uskunasini yangisiga almashtirib berish uchun murojaat qiladi.

Ammo tashkilot masʼullari DXM orqali yuborgan arizasiga rad javobi yuborib elektr hisoblagichni bozordan sotib olishini aytishadi. Bozordan yangi uskuna sotib olishga majbur bo‘lgan U.Karaboyev adolat istab tuman adliya bo‘limiga murojaat qiladi.

Batafsil videolavhada 👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1👏1
#Adliya_xabari
#San'at_va_ijod_himoyasi_oyligi

📍 SurxondaryodaSan’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati o‘tkazildi

Bugun Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan Termiz Davlat universitetida viloyat madaniyat boshqarmasi, viloyatdagi nashriyotlar, talaba yoshlar hamda san’at va ijod sohasida faol shaxslar ishtirokida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati tashkil etildi.

💠 Tadbirda oylik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi ijrosi muhokama qilinib, ijodkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritildi.

💠 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_xabari

❗️ Nogironligi bo'lgan shaxslarga moslashtirilgan "Huquqiy axborot|Plus" telegram kanalini kuzatib boring


✔️ Telegram kanalda quyidagilar taqdim etib boriladi:

🔹 qonunchilikdagi yangiliklar haqida audio formatdagi tushuntirishlar;

🔹 imo-ishora muloqoti shaklidagi huquqiy video materiallar;

🔹 nogironligi bo'lgan shaxslar uchun foydali axborotlar.

🔗 Kanalga ushbu manzil orqali obuna bo'lish mumkin: https://t.me/huquqiyaxborot_plus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Suv_hayot_manbai

💧Suv — bebaho ne’mat. Uni tejash, oqilona foydalanish — har birimizning burchimiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universiteti Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi Legal Tech laboratoriyasi tomonidan so‘nggi yillarda yuridik ta’lim, ilmiy tadqiqot va axborot texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan bir qator innovatsion platformalar ishlab chiqildi.

🔵 E-Researcher — Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarining ilmiy tadqiqotlarini onlayn kuzatib borish tizimi.
🔵 Justy — yuristlar uchun ijtimoiy tarmoq bo’lib, unda lenta, onlayn do’kon, e’lonlar va vakansiya modullari mavjud. Shuningdek, platformada kutubxona ham shakllantirilgan.
🔵Localdocs — davlat va nodavlat tashkilotlarning lokal hujjatlari bazasi. Platformada kodekslar, qonunlar, farmon va farmoyishlar bilan tanishish imkoniyati mavjud.
🔵 SDG TSUL — universitet reytingini oshirish hamda 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) ko’rsatkichlariga asoslangan platforma.
🔵 UZLAW UZ — yuridik sohaga oid ilmiy ishlar bazasi. Platformada avtoreferatlar, dissertatsiyalar, maqolalar va ilmiy suhbatlar joylashtirilgan.
🔵 LIBRARY.TSUL – Universitet onlayn-bibliotekasi. Platformada 1000 dan ortiq adabiyotlar mavjud. Shuningdek, ilmiy ish uchun UO'K (UDK) olishga ariza yuborish imkoniyati, Yuridik texnikum kutubxonasi, TDYU qoshidagi akademik litsey kutubxonasi, huquqqa oid audio kitoblar jamlanmasi mavjud.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍3🔥21🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#San'at_va_ijod_himoyasi_oyligi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida tadbir tashkil etildi

Tadbirda oylik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi ijrosi, ijodkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, mualliflik va turdosh huquqlarni samarali himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonunining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Mazkur qonunda mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator muhim yangiliklar aks ettirilgan bo‘lib, ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari aytib o‘tildi.

Tadbir yakunida ijodiy faoliyatni huquqiy jihatdan mustahkamlash, intellektual mulk obyektlarini himoya qilishga doir taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍32
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining yangi binosi va faoliyati bilan tanishdi


Joriy yilning 10-oktyabr kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov Jurabayevich Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazirga institutda yaratilgan zamonaviy o‘quv sharoitlari, raqamli ta’lim infratuzilmasi, kutubxona, shuningdek xodimlar va tinglovchilar uchun mo‘ljallangan qulay ish va dam olish maskanlari namoyish etildi.

Shuningdek, Adliya vaziri institut faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot bilan ham tanishdi. Unda yuridik kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilg‘or pedagogik va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.


Taqdimot chog‘ida institut tomonidan ishlab chiqilgan yangi o‘quv dasturlari, masofaviy o‘qitish platformalari, hududiy adliya organlari xodimlari uchun modul asosidagi malaka oshirish tizimi taqdim etildi.

Akbar Tashkulov institut jamoasi bilan bo‘lgan muloqotda yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonida amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv va boshqa zamonaviy texnologiyalar asosida kadrlar salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥85👍3👏1🎉1