ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi

Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi tashabbusi bilan ilk bor “Oktabr oyi — San’at va ijod himoyasi oyligi” deb e’lon qilingan edi. Bugun, 6-oktabr kuni mazkur oylik doirasida intellektual mulk sohasidagi mutaxassislar, ijodkorlar hamda jamoatchilik faollari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir “San’at va ijod himoyasi” oyligidagi targ'ibot-tashviqot ishlarini davom ettirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda oylikning asosiy maqsad va vazifalari, belgilangan tadbirlar rejasi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ushbu tashabbus mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va sohaga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan.

Vazirlik tomonidan oylik davomida oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida seminar-treninglar va mahorat darslari, shuningdek, yozuvchilar, bastakorlar, dizaynerlar va boshqa ijodiy kasb egalari bilan maxsus uchrashuvlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali mualliflik huquqini targ‘ib qiluvchi qisqa videoroliklar va savol-javob shaklidagi axborot materiallari keng jamoatchilikka tarqatib borilishi rejalashtirilgan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
TOSHKENT VILOYATIDA YANA
3️⃣7️⃣3️⃣ NAFAR FUQARONING UY-JOYIGA BO‘LGAN HUQUQLARI E’TIROF ETILDI.


📆 2025-yil 6-oktabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq 373 nafar fuqarolarning egalik huquqi e'tirof etildi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

🔸Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 1036 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1🔥1
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi

🎨 Ijodga hurmat – huquqdan boshlanadi! ✍️📚

Bugun, 6-oktyabr kuni, “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litseyda o‘zgacha muhit hukm surdi — ijod, huquq va bilim uyg‘unligida "Mualliflik va turdosh huquqlar himoyasi" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi!

O‘qituvchilar va o‘quvchilar birgalikda mualliflik nima, uni qanday himoya qilish kerak, o‘z asaringizdan qanday doimiy daromad topish mumkin – degan savollarga javob topishdi.

💡 Bilasizmi? Har bir she’r, rasm, yoki qo‘shiq – bu ijodkorning mulki! Ularni himoya qilish esa nafaqat qonun talabi, balki hurmat ifodasidir.

Seminarda:
Hayotiy misollar,
Qiziqarli savol-javoblar,
va eng muhimi – ijodkorlikka nisbatan mas’uliyatli yondashuv haqida suhbatlar bo‘ldi.

Eslatib o'tamiz, oylik doirasidagi tadbirlarimiz davom etmoqda.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

SAMARQAND YANGILIKLARI |
QOʻSHRABOTDA "MAYIZ SAYLI" OʻTKAZILDI

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥1
#Adliya_xabari

📣Ayni damda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni bo'lib o'tmoqda. Ushbu jarayonni to'g'ridan to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev 6-7-oktyabr kunlari Gabalada (Ozarbayjon) Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etmoqda.

🔹Taʼkidlash lozimki, ushbu Sammit Samarqanddagi tarixiy tadbirning mantiqiy davomi hisoblanadi.

🔹2022-yilgi Samarqand sammiti tashkilotning yangi arxitekturasini belgilab berdi: “Turkiy istiqbol – 2040”, 2026-yilgacha moʻljallangan strategiya, iqtisodiy va transport bogʻliqligini kuchaytirish borasida maqsadli saʼy-harakatlardir.

🔹Aslida, aynan Oʻzbekiston “turkiy birdamlik” haqidagi mulohazalarni madaniy doiradan amaliy yoʻnalishga — loyihalarga, koridorlarga, investitsiyalarga olib chiqdi.

🔹Shu boisdan, tabiiyki, bu gal ham Prezident butun turkiy makon kun tartibini belgilaydigan yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkiy birdamlik ramzlarda emas, balki aniq ishlarda ifodalanishi kerak

🔹Oʻzbekiston TDTga aʼzo davlatlar hamkorligini – mintaqada barqarorlik va oʻzaro ishonchni mustahkamlaydigan qoʻshma loyihalar, investitsiyalar, infratuzilma va bilim almashishda ifodalanishi kerak, degan qatʼiy ishonchdan kelib chiqib harakat qilmoqda.

🔹TDT maydonida Oʻzbekiston transport va logistika boʻyicha oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, xususan, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yevropani bogʻlaydigan Oʻrta (Transkaspiy) transport yoʻlagini rivojlantirish gʻoyalarini ham izchil ilgari surmoqda. Ushbu yoʻnalish TDTning rasmiy hujjatlarida iqtisodiy integratsiyaning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida tilga olinmoqda.

🔹Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida TDT sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi – u endi oddiy maslahatlashuv tuzilmasidan real amaliy maqsadlariga ega boʻlgan siyosiy, iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning koʻp tomonlama mexanizmiga aylandi.

🔹Gabalada oʻtadigan sammit (2025-yil 6-7-oktyabr) ushbu yoʻnalishning davomi boʻladi. TDTning mustaqil mintaqaviy kuch markazi sifatidagi roli kuchayib borayotgani sharoitida Oʻzbekiston yana bir bor iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirish, transport aloqalarini rivojlantirish va turkiy dunyo birligini mustahkamlashga qaratilgan aniq tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Intellektual mulk o‘g‘risi endi jinoiy javobgarlikka tortiladi

"Uzreport" TVda “Huquqiy nigoh”ning 3-sonida intellektual mulkni himoya qilish, brend yaratish, qalbaki mahsulotlarni asl mahsulotlardan farqlash usullari, translyasiyalarni qonuniylashtirish, onlayn savdo palatformalarida mulk huquqlariga oid masalalar muhokama etildi.

Ko‘rish uchun 👉🏻 https://youtu.be/zvn1rYJr-HQ
1👍1🔥1🎉1
Adliya xodimlari uchun “Diplomatik protokol va etiket ” bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi

🔸Mazkur mashg‘ulotda o‘zbek diplomati, yuridik fanlari doktori, professor Komil Kayumovich Rashidov ishtirok etdi.

🔹Tadbir davomida professor Rashidov xalqaro huquq, diplomatik munosabatlar hamda O‘zbekistonning tashqi siyosiy yo‘nalishlarida huquqiy mexanizmlarning qo‘llanilishi masalalari yuzasidan tinglovchilarga o‘zining boy ilmiy va amaliy tajribasi asosida ma’ruza o‘qidi.

🔸Seminar davomida tinglovchilar xalqaro diplomatiya madaniyati, muzokara olib borish etikasi va zamonaviy diplomatik amaliyotlar haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🎉1