Ilhomlantiruvchi uchrashuv: Dilorom Yo‘ldosheva Qo‘shrobotlik xotin-qizlarga tajribalari bilan o‘rtoqlashdi
🤔 — Markazda ta’lim, tadbirkorlik va hunarmandchilik yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilgan, — dedi adliya vaziri Akbar Toshqulov markaz faoliyatini tanishtirar ekan. — Bepul chet tili kurslari, IT kurslari, tikuvchilik, milliy qo‘g‘irchoq yasash ustaxonasi, quruq mevalarni qayta ishlash va qadoqlash, kasb-hunar kurslari shular jumlasidan. Muhimi, chet tilini o‘zlashtirgan yoshlar qonuniy yo‘l bilan xorijda ishga joylashishiga ko‘maklashiladi. Yil yakuniga qadar ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlanib, 11 nafar fuqaro ingliz tiliga, 20 nafardan ortiq shaxslar kasb-hunarga o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.
🤔 Ta’kidlash kerakki, bu kabi markazlarning barpo etilishi aholi turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va qishloq joylarda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Qishloqlarda zamonaviy bilim va kasblarga o‘rgatish, aholi turmush farovonligini oshirishda muhim qadam hisoblanadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Xabaringiz bor, joriy yilning avgust oyida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Qo‘shrobot tumanining Navkat mahallasida “Farovonlik markazi” foydalanishga topshirilgan edi. Kecha adliya vaziri Akbar Toshqulov tuman hokimi va viloyat faollari bilan birga mazkur markazda bo‘lib, uning bugungi ish faoliyatini ko‘zdan kechirdi. U yerda ish bilan ta’minlangan mahalla fuqarolari, bepul xorijiy til va kasb-hunar o‘rganayotgan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan aholi bilan muloqotda bo‘ldi.
Shuningdek, markazda “Matonat” filmi qahramoni, surxondaryolik Dilorom Yo‘ldosheva bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Dastlab, hudud aholisi va markazda ishlayotgan, kasb-hunar o‘rganayotgan fuqarolarga ushbu film namoyish etildi. So‘ng D. Yo‘ldosheva bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Xususan, qahramonimiz bu maskanda tikuv-bichuv sirlarini o‘rganayotgan ayollarga o‘z tajribalarini o‘rgatdi, zarur maslahatlar berdi. O‘z navbatida, xotin-qizlar ham D. Yo‘ldosheva bilan bo‘lgan uchrashuv ularga katta kuch, shijoat va ilhom berganini ta’kidladilar.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1🔥1
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
#Mualliflik_huquqi
✅ Shoirning she’ridan ruxsatsiz foydalangan yana bir xonanda Mirjalol Nematov jarimaga tortildi.
🎙Maʼlumki, soʼnggi vaqtlarda mualliflik huquqi obyektlaridan biri hisoblangan musiqiy asarlardan muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga qilingan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
✅ Muallif huquqi buzilgan yana bir holatda O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati a’zosi hisoblangan muallif Farhod Muminovga tegishli bo‘lgan “Qo‘shni qiz” hamda “Men turganda” nomli she’rlar ijrochi Mirjalol Nematov tomonidan muallifning ruxsatisiz ijro etilganligi holati yuzasidan huquqiy chora ko'rilishini so'rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.
✅ O‘rganish mobaynida muallif Farhod Muminovga tegishli bo‘lgan “Qo‘shni qiz” hamda “Men turganda” nomli she’rlar ijrochi Mirjalol Nematov muallif ruxsatsiz foydalanganligi aniqlanib, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
⚖️ Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.
📣 Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🎙Maʼlumki, soʼnggi vaqtlarda mualliflik huquqi obyektlaridan biri hisoblangan musiqiy asarlardan muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga qilingan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
⚖️ Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.
📣 Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1👏1
✨ Davlat xizmatlarini qanday qilib aholi uchun yanada qulayroq qilamiz?
🔸Ta’sirchan hikoya tayyorlash, fuqarolar bilan muloqot qilish va innovatsion ma’lumot ulashish vositalaridan foydalanish bo‘yicha PR mutaxassislarining malakasini oshirish orqali bunga erishish mumkin.
🔹O‘zbekistonning turli hududlaridan 25 dan ortiq PR mutaxassislari Toshkent viloyatida uch kunlik “Davlat xizmatlarini ilg‘or axborot bilan yaqinlashtiramiz” mavzusidagi treningda yig‘ildilar.
Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔸Ta’sirchan hikoya tayyorlash, fuqarolar bilan muloqot qilish va innovatsion ma’lumot ulashish vositalaridan foydalanish bo‘yicha PR mutaxassislarining malakasini oshirish orqali bunga erishish mumkin.
🔹O‘zbekistonning turli hududlaridan 25 dan ortiq PR mutaxassislari Toshkent viloyatida uch kunlik “Davlat xizmatlarini ilg‘or axborot bilan yaqinlashtiramiz” mavzusidagi treningda yig‘ildilar.
💡 Ular birgalikda quyidagi mavzularni o‘zlashtirishdi:
🔹 Qisqa va ta’sirchan xabarlar yozish
🔹 Chiroyli vizuallar, reels va infografikalar yaratish
🔹 AI vositalaridan samarali foydalanish
🔹 OAV bilan hamkorlikni kuchaytirish
Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥5❤4👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#intellektual_mulk
Adliya organlari tomonidan “San'at va ijod himoyasi oyligi” davomida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
✅ Xususan, Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi, viloyat hokimligi, "O'zbekkonsert" davlat muassasasi hamkorligida san'at va ijod ahli, OAV va blogerlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk himoyasi va mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va boshlanayotgan oylik bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.
✅ Uchrashuv davomida mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bildirilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya organlari tomonidan “San'at va ijod himoyasi oyligi” davomida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
❗️ So'x tumanida sobiq AKT xodimiga 107 mln ustama pullari sud tartibida undirib berildi
Yirik eksklav hudud – So'x tumanida istiqomat qiluvchi A.Sharipov tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limida uzoq yillar AKT operatori lavozimida ishladi. Biroq A.Sharipov maʼlum bir muddat ishlagan oxirgi yillarida qonunchilikda belgilangan 100 foizli ustama pullarini ololmadi.
Sobiq AKT xodimining ustamalarini undirish yuzasidan sansalorlik va ovoragarchiliklari davom etayotgan bir paytda “Huquqiy mahalla” doirasida xonadoniga kelgan adliya vakiliga o'z murojaatini bayon qildi.
Qisqa muddatlarda ushbu masala tuman adliya boʻlimi ish yurituviga olinib xodimning buzilgan huquqlari tiklandi va 107 mln so'm ustama pullari sud tartibida undirib berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Yirik eksklav hudud – So'x tumanida istiqomat qiluvchi A.Sharipov tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limida uzoq yillar AKT operatori lavozimida ishladi. Biroq A.Sharipov maʼlum bir muddat ishlagan oxirgi yillarida qonunchilikda belgilangan 100 foizli ustama pullarini ololmadi.
Sobiq AKT xodimining ustamalarini undirish yuzasidan sansalorlik va ovoragarchiliklari davom etayotgan bir paytda “Huquqiy mahalla” doirasida xonadoniga kelgan adliya vakiliga o'z murojaatini bayon qildi.
Qisqa muddatlarda ushbu masala tuman adliya boʻlimi ish yurituviga olinib xodimning buzilgan huquqlari tiklandi va 107 mln so'm ustama pullari sud tartibida undirib berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1
🔹Yaratilgan ixtiro tibbiyotga, xususan, akusherlik, klinik immunologiya va intensiv terapiyaga taalluqli bo‘lib, tug‘ruqdan keyingi onalar o‘limini kamaytirishga qaratilgan.
🔸Usul akusherlik sepsisi bo‘lgan ayollarda kasallikning birinchi kunida asoratlangan kechishini erta prognozlash va poliorgan yetishmovchiligining olish hamda immunologik va sitokin mezonlari asosida xavfni tabaqalashtirish, aniqlangan xavfni hisobga olgan holda immunoprofilaktika va immunokorreksiya sxemasini asosli taklif qilish, o‘tkazilgan terapiya samaradorligini miqdoriy baholashdan iboratdir.
🔹Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish, ya’ni patent olish sizning rivojlanishingiz uchun mutlaq huquqlarni himoya qilish uchun zarurdir. U ixtirongizni sizning ruxsatingizsiz boshqalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik huquqini beradi, bu esa ixtirongizni nohalol raqobatdan himoya qilish va undan foydalanishdan potensial foyda olish imkonini beradi.
❗️Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💼 Subsidiya olish tartibini mukammal o‘rganmoqchimisiz?
Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti siz uchun amaliy ko‘nikmalarga boy qisqa muddatli o‘quv kursini tashkil etadi!
Ushbu kursda siz:
✅ Subsidiya tushunchasi va huquqiy asoslarini,
✅ Qanday hollarda subsidiya ajratilishi mumkinligini,
✅ Ariza berish va hujjatlar tayyorlash tartibini,
✅ Elektron tizimlar orqali murojaat qilish bosqichlarini,
✅ Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini o‘rganasiz.
👩🏫 Darslar tajribali huquqshunos Aksungul Medetbaeva tomonidan o‘tkaziladi.
🎓 Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan sertifikat beriladi.
💰 To‘lov-kontrakt: 247.200 so‘m
📍 Joy: Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
🚀 Subsidiya olish bo‘yicha barcha savollaringizga javob toping va o‘z loyihangizni amaliyotga tatbiq eting!
minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti siz uchun amaliy ko‘nikmalarga boy qisqa muddatli o‘quv kursini tashkil etadi!
Ushbu kursda siz:
✅ Subsidiya tushunchasi va huquqiy asoslarini,
✅ Qanday hollarda subsidiya ajratilishi mumkinligini,
✅ Ariza berish va hujjatlar tayyorlash tartibini,
✅ Elektron tizimlar orqali murojaat qilish bosqichlarini,
✅ Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini o‘rganasiz.
👩🏫 Darslar tajribali huquqshunos Aksungul Medetbaeva tomonidan o‘tkaziladi.
🎓 Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan sertifikat beriladi.
💰 To‘lov-kontrakt: 247.200 so‘m
📍 Joy: Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
📢 "Red Bull"ning kontrafakt nusxalarini realizatsiya qilganlardan tovon puli undirildi
Namangan viloyat iqtisodiy sudi tomonidan “Red Bull GmbH” (Avstriya) kompaniyasining da’vosi asosida “Red Bull” brendining kontrafakt nusxalarini realizatsiya qilgan tadbirkorga nisbatan ish ko‘rildi.
⚖️ Sud qaroriga ko‘ra:
Huquqbuzarga “Red Bull” tovar belgisi bilan bir xil yoki adashtiradigan darajada o‘xshash mahsulotlarni O‘zbekiston hududida muomalaga kiritish taqiqlandi.
Kontrafakt mahsulotlar, qadoqlar va reklama materiallarini 10 kun ichida yo‘q qilish majburiyati yuklatildi.
💰 Shuningdek, sud qaroriga binoan javobgar hisobidan:
4 120 000 so‘m kompensatsiya,
4 944 000 so‘m davlat boji,
41 200 so‘m pochta xarajati,
103 000 so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.
🚫 Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
__________________________________________________________________
#intellektualmulk #kontrafakt #RedBull #sudqarori #huquqihimoya

❤2👍2
#Samarqand
#Mulk_huquqi
Samarqandda yana 500 nafar fuqaroning uy-joy va yerga egalik huquqi rasman e’tirof etildi
🔹Joriy yil 6-oktyabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan qarorga ko‘ra, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.
🔹Jumladan:
▪️Bulung'ur tumanida 25 nafar;
▪️Ishtixon tumanida 11 nafar;
▪️Jomboy tumanida 92 nafar;
▪️Kattaqo'rg'on shahrida 7 nafar;
▪️Kattaqo'rg'on tumanida 54 nafar;
▪️Narpay tumanida 62 nafar;
▪️Nurobod tumanida 21 nafar;
▪️Oqdaryo tumani 25 nafar;
▪️Pastdarg'om tumanida 81 nafar;
▪️Paxtachi tumanida 56 nafar;
▪️Payariq tumanida 25 nafar;
▪️Qo'shrabot tumanida 12 nafar;
▪️Samarqand tumanida 20 nafar;
▪️Toyloq tumanida 8 nafar;
▪️Urgut tumanida 1 nafar jami 500 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqi e’tirof etildi.

👍1🔥1
Forwarded from hudud24.uz | Расмий канал
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Энди пулингиз ҳам вақтингиз ҳам тежалади
Аҳолига давлат хизмати кўрсатишда яратилаётган қулайликлар, соҳада рақамлаштиришдан нималар кутилмоқда? «Сайилгоҳ» подкастида навбатдаги мавзу одамлар учун тез, қулай ва осон Давлат хизматлари!
Тўлиқ видео 👉 https://youtu.be/NzhknglLU-g
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

❤5
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi
✅ Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi tashabbusi bilan ilk bor “Oktabr oyi — San’at va ijod himoyasi oyligi” deb e’lon qilingan edi. Bugun, 6-oktabr kuni mazkur oylik doirasida intellektual mulk sohasidagi mutaxassislar, ijodkorlar hamda jamoatchilik faollari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
✅ Tadbir “San’at va ijod himoyasi” oyligidagi targ'ibot-tashviqot ishlarini davom ettirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda oylikning asosiy maqsad va vazifalari, belgilangan tadbirlar rejasi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berildi.
✅ Ushbu tashabbus mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va sohaga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Vazirlik tomonidan oylik davomida oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida seminar-treninglar va mahorat darslari, shuningdek, yozuvchilar, bastakorlar, dizaynerlar va boshqa ijodiy kasb egalari bilan maxsus uchrashuvlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali mualliflik huquqini targ‘ib qiluvchi qisqa videoroliklar va savol-javob shaklidagi axborot materiallari keng jamoatchilikka tarqatib borilishi rejalashtirilgan.

❤1