ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri Urganch tumani adliya bo‘limida PF–80-son Farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi


🔰 Adliya vaziri Xorazmda xizmat safari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan hamda “Namunaviy adliya bo‘limi” konsepsiyasi doirasida Urganch tuman adliya bo‘limi faoliyatida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar va erishilgan natijalarga alohida urg‘u berildi.

☑️ Shuningdek, Adliya vaziri boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son qonuni ijrosi yuzasidan hamda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqidagi taqdimoti bilan tanishdi.

Muloqot davomida amaliy natijalar, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinib, Adliya vaziri tomonidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5👏1
#Adliya_xabari

“Samarqand mayizi” geografik ko'rsatkich sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Shuningdek, "Qo‘shrabot mayizi" tovar belgisi ham davlat  ro‘yxatidan o‘tkazildi va endi  Qo‘shrabot mayizlari ushbu brend ostida bozor rastalaridan joy oladi.
🟡Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qo‘shrabotda bo‘lib o‘tgan mayiz festivalida viloyat va Qo‘shrabot tuman hokimiga  bu haqidagi hujjatlarni topshirdi.

🟡 Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining koʻmagi bilan “Samarqand mayizi” geografik koʻrsatkich sifatida,  "Qo‘shrabot mayizi" tovar belgisi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. 
   
Muhim: O'zbekistonning tuproq iqlim sharoitlari uzum yetishtirish uchun juda qulay bo'lib, ayniqsa Samarqand viloyati hududida yetishtirilgan uzumdan tayyorlangan mayiz nafaqat respublika bozorlarida, balki chet ellarda ham o'z xaridoriga ega.

🟡Viloyatning iqlim sharoiti uzum quritish uchun nihoyatda qulay. Issiq yozning davomiyligi, nisbiy namlikning past bo'lishi, a'lo sifatli mayiz va xo'raki uzum navlarining yetishtirilishi, xalqning an'anaviy tajribalari quyoshli ochiq havoda va soyada meva quritish usullaridan keng foydalanishga, kam mablag' sarflab, yuqori sifatli mahsulot olishga imkon beradi.

⚔️Eslatib o‘tamiz: Bundan avvalSamarqand noni”, "Samarqand no‘xat sho‘ragi" va "Samarqand qog‘ozi" geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
#Turizm
#Taqdirlash

Turizm fidoyilari taqdirlandi


Joriy yilning 3-oktabr kuni turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari xodimlariga Turizmni agentligi tomonidan ta’sis etilgan “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov ko‘krak nishonini o‘z egalariga topshirdi.

Adliya vazirligidan quyidagi xodimlar taqdirlandilar:

➡️Xamraqulov Shavkatjon – Inson resurslari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;

➡️Nurmuhammedov Muslimbek – Huquqiy axborot boshqarmasi bosh maslahatchisi.

Ma’lumot uchun, “Turizm fidoiysi” ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5781-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan ta’sis etilgan.


Ushbu xodimlarni mazkur e’tirof bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ishlariga yanada yangi muvaffaqiyatlar va mustahkam salomatlik tilaymiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📽 Adliya vaziri xizmat safari bilan Xorazmda bo’ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍7👏32
Forwarded from Notarius maslahati 24/7
💥 Берлиндаги Конгрессда ўзбек нотариатининг тажрибаси эътироф этилди
🔥Илгарироқ хабар қилганимиздек, Германия пойтахти Берлин шаҳрида Халқаро нотариуслар иттифоқининг 31- Конгресси бўлиб ўтмоқда. Нуфузли анжуманнинг иккинчи куни лотин типидаги нотариат тизимлари вакиллари долзарб мавзуларда маърузалар билан қатнашдилар.
🎙Ўзбекистон Нотариал палатаси раиси Дилшод Ашуров “Медиация” мавзусида маъруза қилди. У ўз нутқида 2018 йилда қабул қилинган “Медиация тўғрисида”ги Қонун, мамлакатимизда медиация институтининг жорий этилиши ва нотариусларнинг профессионал медиатор сифатидаги иштироки ҳақида атрофлича маълумот берди.
✔️Шу билан бирга, Қонуннинг амал қилиши фуқаролик-ҳуқуқий муносабатлар, тадбиркорлик фаолияти жараёнида келиб чиқадиган низолар, якка меҳнат ва оилавий низоларга ҳам тааллуқли экани, агар қонун ҳужжатларида бошқача тартиб белгиланмаган бўлса, медиация кенг қўлланилиши мумкинлиги алоҳида таъкидлаб ўтилди.
🌐 Конгресс иштирокчилари Ашуровнинг маърузасини катта қизиқиш билан тингладилар. Маърузадан сўнг ✔️спикер Валентина Рубертелли Ўзбекистонда нотариат тизимининг шиддат билан такомиллашиб, халқаро эътиборга сазовор бўлаётганини яна бир бор таъкидлади.



💥Опыт узбекского нотариата признан на Конгрессе в Берлине

🔼Как сообщалось ранее, в столице Германии — Берлине проходит очередной Конгресс Международного союза нотариата. Во второй день престижного форума представители латинского типа нотариальных систем выступили с докладами на актуальные темы.
🔥Председатель Нотариальной палаты Узбекистана Дилшод Ашуров сделал доклад на тему «Медиация». В своём выступлении он подробно рассказал о принятом в 2018 году Законе Республики Узбекистан «О медиации», о внедрении института медиации в стране, а также об участии нотариусов в качестве профессиональных медиаторов.
✔️При этом он подчеркнул, что действие Закона распространяется на гражданско-правовые отношения, споры, возникающие в процессе предпринимательской деятельности, индивидуальные трудовые споры, а также конфликты, вытекающие из семейных правоотношений, если иное не предусмотрено законом.
🌐 Участники Конгресса с большим интересом выслушали доклад Ашурова. 🎙После его выступления спикер Конгресса Валентина Рубертелли ещё раз отметила, что нотариальная система Узбекистана стремительно совершенствуется и завоёвывает международное признание.


📱 Facebook|📱 Instagram|📱 YouTube | 🔤Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏2
Ilhomlantiruvchi uchrashuv: Dilorom Yo‘ldosheva Qo‘shrobotlik xotin-qizlarga tajribalari bilan o‘rtoqlashdi

Xabaringiz bor, joriy yilning avgust oyida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Qo‘shrobot tumanining Navkat mahallasida “Farovonlik markazi” foydalanishga topshirilgan edi. Kecha adliya vaziri Akbar Toshqulov tuman hokimi va viloyat faollari bilan birga mazkur markazda bo‘lib, uning bugungi ish faoliyatini ko‘zdan kechirdi. U yerda ish bilan ta’minlangan mahalla fuqarolari, bepul xorijiy til va kasb-hunar o‘rganayotgan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan aholi bilan muloqotda bo‘ldi.


🤔— Markazda ta’lim, tadbirkorlik va hunarmandchilik yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilgan, — dedi adliya vaziri Akbar Toshqulov markaz faoliyatini tanishtirar ekan. — Bepul chet tili kurslari, IT kurslari, tikuvchilik, milliy qo‘g‘irchoq yasash ustaxonasi, quruq mevalarni qayta ishlash va qadoqlash, kasb-hunar kurslari shular jumlasidan. Muhimi, chet tilini o‘zlashtirgan yoshlar qonuniy yo‘l bilan xorijda ishga joylashishiga ko‘maklashiladi. Yil yakuniga qadar ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlanib, 11 nafar fuqaro ingliz tiliga, 20 nafardan ortiq shaxslar kasb-hunarga o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, markazda “Matonat” filmi qahramoni, surxondaryolik Dilorom Yo‘ldosheva bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Dastlab, hudud aholisi va markazda ishlayotgan, kasb-hunar o‘rganayotgan fuqarolarga ushbu film namoyish etildi. So‘ng D. Yo‘ldosheva bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Xususan, qahramonimiz bu maskanda tikuv-bichuv sirlarini o‘rganayotgan ayollarga o‘z tajribalarini o‘rgatdi, zarur maslahatlar berdi. O‘z navbatida, xotin-qizlar ham D. Yo‘ldosheva bilan bo‘lgan uchrashuv ularga katta kuch, shijoat va ilhom berganini ta’kidladilar.


🤔Ta’kidlash kerakki, bu kabi markazlarning barpo etilishi aholi turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va qishloq joylarda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Qishloqlarda zamonaviy bilim va kasblarga o‘rgatish, aholi turmush farovonligini oshirishda muhim qadam hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🔥1