ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📣 Yoshlar bilan ochiq suhbat: Adliya vaziri “Huquq sinfi”da


🔰 Adliya vaziri A.Tashkulov Urganch shahridagi 5-maktabda “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan variativ oʻquv rejalari asosida zamonaviy koʻrgazmali oʻqitish vositalari bilan taʼminlangan “Huquq sinfi” o‘quvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda adliya vaziri yoshlarga huquqiy bilimlarning ahamiyati, adolatli jamiyat qurishda huquqshunoslarning tutgan o‘rni, huquq sohasi mutaxassislariga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar haqida batafsil to‘xtalib, yoshlarga bilim olish, huquqiy savodxonlikni oshirish va kelajakda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida faol bo‘lish zarurligini ta’kidladi.

✔️ Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot shaklida olib borilib, oʻquvchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga bevosita vazirdan javob olish imkoniyatiga ega boʻldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri Xonqa tuman adliya bo‘limida davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari taqdimoti bilan tanishdi.

Jarayonda tuman adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi xodimlari bilan ochiq muloqot qilib, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

✔️ Shuningdek, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43👏1
#Adliya_xabari

❗️Adliya vazirligi ishchi guruhi Andijonda o'z ishini davom ettirmoqda

Ayni kunlarda Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarining faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 3-oktabr kuni Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan viloyatning qolgan Xonobod shahar, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Xo‘jaobod, Buloqboshi, Asaka, Shaxrihon, Bo‘ston hamda Ulug‘nor tuman  DXM va FHDY bo'limlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganishlar doirasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqishning samaradorligi, elektron xizmatlardan foydalanish darajasi, hujjatlarni rasmiylashtirishda byurokratik to‘siqlar mavjudligi hamda xizmat ko‘rsatish madaniyati kabi jihatlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, tizim xodimlari va fuqarolar bilan muloqotlar tashkil etilib, xizmatlar ko‘rsatishda qulayliklar yaratish borasida ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri Urganch tumani adliya bo‘limida PF–80-son Farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi


🔰 Adliya vaziri Xorazmda xizmat safari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan hamda “Namunaviy adliya bo‘limi” konsepsiyasi doirasida Urganch tuman adliya bo‘limi faoliyatida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar va erishilgan natijalarga alohida urg‘u berildi.

☑️ Shuningdek, Adliya vaziri boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son qonuni ijrosi yuzasidan hamda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqidagi taqdimoti bilan tanishdi.

Muloqot davomida amaliy natijalar, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinib, Adliya vaziri tomonidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5👏1