ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️"San’at va ijod himoyasi oyligi”ga start berildi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi, viloyat hokimligi, "O'zbekkonsert" davlat muassasasi hamkorligida san'at va ijod ahli, OAV va blogerlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk himoyasi va mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilish rejalashtirilgan ishlar va boshlanayotgan oylik bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan ushbu oylikni o‘tkazish maqsadi, mualliflik huquqlarni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilish rejalashtirilgan ishlar va boshlanayotgan oylik to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ushbu oylik fuqarolarda mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sohaga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratiladi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga mualliflik huquqiga rioya etilishi va ularning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushunchalar berilib, huquqiy profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1👏1
Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Bekobod shahrida "E-qaror" elektron tizimi bilan ishlovchi hokimlik va xalq deputatlari Kengashlari mas'ul xodimlari ishtirokida "E-qaror" elektron tizimi yuzasidan amaldagi holat, tizimli muammolar va takliflar hamda metodik ta'minlash yo'nalishida  o'quv seminari o’tkazildi.

Shuningdek, seminarda hokimlik va Kengashlar tomonidan qarorlar qabul qilishda "Bekobod tajribasi"ni yaratish ishlari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍21
#ogoh_bo'ling!

‼️Adliya vazirligiga shu kabi mazmunda tadbirkorlar va fuqarolar elektron pochtasiga xabarlar yuborilayotganligi haqidagi murojaatlar kelib tushmoqda.

Bunday ko'rinish va mazmundagi xatlar Adliya vazirligiga umuman tegishli emas va feyk xabarlar hisoblanadi.

Mazkur xatdagi havolalar va QR-kod sizning ma’lumotlaringizni o’g’irlaydigan soxta saytlarga ham yo‘naltirishi mumkin.

❗️Tadbirkorlardan va fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolmaslikni va feyk xabarlarga ishonmaslikni so'raymiz.

Adliya vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“SANʼAT VA IJOD HIMOYASI” OYLIGIGA START BERILDI

muxbir: Diyora G’aniyeva

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2🔥1
Oshxona shon-shuhrati faqat ta’mda emas — nomda ham. Adliya vazirligida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan restoran brendlari bilan tanishing!

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "OKO", "Khanate", "Giotto" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

🔸Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

✔️
Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘 "Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐 Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2
🧷 6 oylik kurslarga qabul boshlandi!

➡️ An'anaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.

Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish 6-oktabrdan 6-noyabrga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📩Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

♻️Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o'zbek guruhi uchun); to‘lov-kontrakt miqdori: 16 713 604 so‘m.

❗️Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

☎️ (98) 125-73-92
☎️ (99) 937-04-33

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Adliya: aholiga sifatli huquqiy yordam va davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔹Patent vakilligi rivojlanmoqda

Bugun Samarqand viloyati adliya boshqarmasida 60 ga yaqin advokatlar uchun intellektual mulk sohasida o‘quv-seminar tashkil etildi.

📌 Tadbirda patent vakilligi faoliyati yushuntirilib, ularning jamiyatdagi o‘rni, intellektual mulk muhofazasidagi roli hamda advokatlikdan farqli jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📈 Hozirda yurtimizda 100 dan ortiq patent vakili faoliyat olib bormoqda, ularning katta qismi Toshkent shahri hududiga to‘g‘ri keladi. Shu sababli, mintaqalarda ham bu sohaga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda.

📚 Seminar yakunida advokatlar tomonidan bu soha ular uchun yangi soha ekanligi, ushbu sohada malaka oshirish kurslarida o‘qish istagi borligi bildirildi.

👉 Bu kabi seminarlar hududlarda patent vakilligi faoliyatini kengayishiga va yangi brendlar kashf etilishiga hamda sifatli talabnomalar sonini oshishiga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1👍1
#Diqqat_so'rovnoma

📊 Davlat xizmatlarini ko'rsatilishi yuzasidan o'tkazilayotgan so'rovnomada faol ishtirok eting!

📝 So‘rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.


So'rovnomada
ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1