📣 Samarqand viloyat adliya boshqarmasida Germaniya delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv
📍Viloyat adliya boshqarmasida Germaniya Federativ Respublikasining Adliya va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federal vazirligi Parlament davlat kotibi Anette Kramme xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔹 Boshqarma boshlig‘i S. Sattarov tomonidan viloyat adliya boshqarmasi, tuman va shahar adliya bo‘limlarining asosiy yo‘nalishlari — huquqiy targ‘ibot, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va qonunlarni qo‘llash amaliyotidagi islohotlar haqida ma’lumot berildi.
🤝 Uchrashuv xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni milliy qonunchilikka tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Tomonlar Germaniyaning qonun ijodkorligi sohasidagi ilg‘or tajribasi, qonunchilikka sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, huquqiy tizimni raqamlashtirish hamda adliya tizimidagi innovatsion yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
🤝 Uchrashuv xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni milliy qonunchilikka tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤3👍2🔥2
#Adliya_aralashgach
❗️ Farg‘onada “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida 19 mingdan ortiq fuqaroning konstitutsiyaviy huquqlari tiklandi
✅ Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasida har kim sog'lig'ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi hamda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqliligi belgilangan.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoniga asosan adliya organlariga aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish vazifalari yuklatilgan.
✅ Mazkur farmon ijrosi yuzasidan adliya organlari tomonidan belgilangan reja-grafikka asosan joylarda “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilib, mahallalarda uyma-uy yurish tadbirlari orqali aholining huquqiy muammolarini aniqlash va vakolat doirasida ularni bartaraf etish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
✅ Xususan, Farg‘ona viloyatida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2025-yilning o‘tgan 9 oyi davomida mahallalarda uyma-uy yurish tadbirlari orqali minglab fuqarolarning bepul dori-darmon olish, shuningdek, bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishga oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan huquqlari buzilayotganlik holatlari aniqlandi.
✅ Mazkur aniqlangan holatlar bo‘yicha adliya bo‘limlari tomonidan mas’ul tashkilotlarga kiritilgan tegishli ta’sir choralari natijasida viloyat bo‘yicha jami 15069 ta shaxsning bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanishiga hamda 4313 ta shaxsning bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishiga erishildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
#Xalqaro_hamkorlik
✅ Bugun, 2-oktabr kuni Adliya vazirligida “Mamlakat platformasi”ning Qonun ustuvorligi va davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha Ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.
✅ Tadbirda Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamiyati (GIZ), Yevropa Ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD), BMT narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC), UNICEF, shuningdek, Shvetsariya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Latviya elchixonalarining vakillari ishtirok etishdi.
🔹Yig‘ilishda strategik rejalashtirish islohotlari, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, samarali tartibga solish tizimi va uning yangi yo‘nalishlari, adolatga erishish hamda odil sudlovni modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
✅ Xorijiy hamkorlar va donorlarga Jahon odil sudlov loyihasi tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda huquq ustuvorligini yaxshilash hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan davlat boshqaruvi, adliya va sud sohasini isloh qilish bo‘yicha loyihalar, shuningdek, tartibga solish ta’sirini baholash sohasida amalga oshirilgan ishlar taqdimot qilindi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston bo‘yicha “Mamlakat platformasi” donorlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning qo‘shma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorligini taʼminlashga qaratilgan mexanizm hisoblanadi.
🔹Yig‘ilishda strategik rejalashtirish islohotlari, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, samarali tartibga solish tizimi va uning yangi yo‘nalishlari, adolatga erishish hamda odil sudlovni modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏡 Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza berish boshlandi!
💥Uyli bo‘lish orzusi bilan yurganlar diqqatiga!
🗓2025-yil 2-oktabrdan boshlab ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi!
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
📜 Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.
⚠️ Davlat xizmatlari markazi faqat arizani qabul qilish va komissiyaga yuborish uchun vakolatli hisoblanib, uni ko'rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤3🔥2🎉2
#adliyatv #jonliefir
❓ Chet elda ishlashni rejalashtiryapsizmi? Yoki allaqachon migrantmisiz? Unda sizni qiziqtiradigan savollarga mutaxassislar jonli efirda javob beradi!
🔸 Migratsiyani to‘g‘ri tashkil etish, migrantlar duch keladigan muammolar va ularga huquqiy yordamlar
💬 Adliya TV da jonli efirda barchasi mutaxassis bilan muhokama qilinadi!
📲 O'zingizni qiziqtirgan savollarni @mehnatpodkast_bot ga yuboring!
🗣 Jonli efirni ushbu havola orqali kuzatishingiz mumkin👇🏻
https://www.youtube.com/live/3uIc6s2-kEA?si=TzcFOJMyfYpSyD_g
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❓ Chet elda ishlashni rejalashtiryapsizmi? Yoki allaqachon migrantmisiz? Unda sizni qiziqtiradigan savollarga mutaxassislar jonli efirda javob beradi!
🔸 Migratsiyani to‘g‘ri tashkil etish, migrantlar duch keladigan muammolar va ularga huquqiy yordamlar
📲 O'zingizni qiziqtirgan savollarni @mehnatpodkast_bot ga yuboring!
https://www.youtube.com/live/3uIc6s2-kEA?si=TzcFOJMyfYpSyD_g
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi
✅ Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi tashabbusi bilan ilk bor “Oktabr oyi — San’at va ijod himoyasi oyligi” deb e’lon qilingan edi. Bugun, 2-oktabr kuni mazkur oylik doirasida intellektual mulk sohasidagi mutaxassislar, ijodkorlar, OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
✅ Tadbir “San’at va ijod himoyasi” oyligiga rasmiy start berish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda oylikning asosiy maqsad va vazifalari, belgilangan tadbirlar rejasi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berildi.
✅ Ushbu tashabbus mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va sohaga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Vazirlik tomonidan oylik davomida oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida seminar-treninglar va mahorat darslari, shuningdek, yozuvchilar, bastakorlar, dizaynerlar va boshqa ijodiy kasb egalari bilan maxsus uchrashuvlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali mualliflik huquqini targ‘ib qiluvchi qisqa videoroliklar va savol-javob shaklidagi axborot materiallari keng jamoatchilikka tarqatib borilishi rejalashtirilgan.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
O‘RQ–1080 bo‘yicha targ‘ibotlar davom etmoqda
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish yuzasidan targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ–1080-son Qonuniga asosan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik va kuchaytirilayotgan ma’muriy jazo choralari yuzasidan tushuntirilar berildi.
Shuningdek, kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

👍1
Forwarded from TSTB Instituti | Rasmiy kanal
#XalqaroHamkorlik
✈️ Ayni damda, Adliya vazirligi ishchi guruhi vakillari Riga shahrida amaliy o‘quv tashrifida ishtirok etmoqda.
🔍 Tashrif Yevropa Ittifoqining Twinning Project UZ 21 NDICI JH 01 22 loyihasi doirasida tashkil etilib, normativ-huquqiy bazani tizimlashtirish va soddalashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganishga qaratilgan.
Tashrif davomida:
✈️ Tashrif natijalari qonunchilik jarayonlarini raqamlashtirish, hujjatlarni tizimlashtirish va soddalashtirish, rasmiy tarjimalar sifatini kafolatlash hamda standart xarajat modeli asosida tartibga solish ta’sirini baholashni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tashrif davomida:
🔵 Latviya Adliya vazirligi va Seym faoliyati bilan tanishish;🔵 qonun loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha yagona TAP portali;🔵 normativ-huquqiy hujjatlarning raqamlashtirilgan tizimi — Likumi.lv;🔵 qonunchilikka oid raqamli qo‘llanmalar va metodologiyalar;🔵 ex-ante va ex-post tartibga soluvchi ta’sirni baholash tajribasi;🔵 rasmiy tarjimalar sifatini ta’minlash mexanizmlari bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1