ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Jizzax viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashdi


Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev ishtirokida Jizzax maxsus industrial zonasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Bugungi kunda Jizzax viloyati bo'yicha 150 mingdan ortiq tadbirkorlar faoliyat olib bormoqda. Ularning erkin va qulay sharoitlarda ishlashi, qonunchilikdagi imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishlari uchun mutasaddi tashkilotlar doimo ko'makka tayyor.


Sayyor qabul davomida murojaatlar tinglanib, huquqiy yechimlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Har bir murojaat ish yurituviga qabul qilinib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralarini ko'rish uchun nazoratga olindi.

Shuningdek, uchrashuvda mamlakatimizda biznes uchun yaratilgan qulay muhit, soliq tizimidagi so‘nggi islohotlar, davlat xizmatlaridagi yengilliklar haqida ma’lumot berildi.

Muloqot davomida tadbirkorlarning fikr va takliflari tinglandi. Ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish, normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_xabari

Qoraqalpog'istonda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davra suhbati o'tkazildi

Tadbirda joriy yilning 21-avgustda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati, jumladan "Homiylik to'g'risida"gi Qonunga kiritilgan yangiliklar yetkazildi.

Muloqotda NNTlarni qiynayotgan muammolar va ularning yechimlari haqida fikr almashildi.

Shuningdek tadbir davomida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha 2030-yilgacha mo'ljallangan konsepsiya loyihasiga takliflar olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Respublika sud ekspertiza muassasalari rahbarlari ishtirokida seminar tashkil etildi

Joriy yilning 26-sentYabr kuni Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasida X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertiza markazi hamda Respublika sud ekspertiza muassasalari hamkorligida "Sud ekspertlik faoliyatining zamonaviy imkoniyatlari hamda ekspertiza tayinlashdagi xatoliklar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Farg'ona viloyatidagi sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertiza markazi direktori A.Xalilov tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan mavzu yuzasidan ma'ruzalar qilinib, ishtirokchilarga muhim konikmalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan 8 nafar fuqaroning yashaganlik faktlari belgilandi.

Yangiqo'rg'on tumani adliya bo'limi tomonidan "Huquqiy mahalla" konsepsiyasi doirasida mahallarda huquqiy muammolarni aniqlash, ularga o'z vaqtida yechim topish maqsadida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, konsepsiyasi doirasida hududlarda 8 nafar fuqaroning bir necha yillardan buyon O'zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportni olishda qiyinchiliklarga duch kelayotganliklari aniqlandi. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan fuqarolar bir necha marotaba turli idoralarga murojaat qilishgan biroq, muammo ijobiy hal qilinmagan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Adliya bo'limi tomondan Fuqarolik ishlari bo'yicha Yangiqo'rg'on tumanlararo sudiga fuqarolarning doimiy yashaganlik faktini belgilash yuzasidan kiritilgan ariza qanoatlantirilib, ularga fuqarolik pasport beriladigan bo'ldi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Tadbirkorlar bilan intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va himoya qilish boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi

Adliya vazirligi va Savdo sanoat palatasi oʻrtasida Intellektual mulk huquqini himoya qilish boʻyicha tuzilgan Memorandum asosida 2025-yil 26-sentyabr kuni Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ–1080-son Qonuni bilan intellektual mulk huquqini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi, xususan intellektual mulkdan noqonuniy foydalanish koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi muhokama qilindi.

Shu bois, tadbirkorlarga oʻzga shaxslarning intellektual mulk obyektlaridan, xususan tovar belgilaridan noqonuniy foydalanish oʻrniga oʻz brendiga ega boʻlish uchun afzalliklari haqida tushunchalar berilib, ularni tijoratlashtirishga erishish uchun talabnoma topshirish tartiblari koʻrsatib berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida “KFC”, “Krember” va “Hayot” tovar belgilariga boʻlgan huquqlari buzilayotganligi yuzasidan maʼlumotlar olindi va ushbu holat boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun huquq egalari bilan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM