ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

🔹Tadbirda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, “Millat umidi maktabi” xususiy ta’lim muassasasi, 220-sonli umumtalim maktabi va 59-sonli xitoy va koreys tillarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

✔️Ushbu tadbir orqali o‘quvchi yoshlarda intellektual mulkka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda yaratuvchanlik, innovatsion fikrlash va huquqiy savodxonlikka asos soluvchi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
Adliya vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida “O‘zbekistonda maʼlumotlar boshqaruvini (data governance) tahlil qilish va rivojlantirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan hamda BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishniyanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Seminarda, adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi janob Toyvo Klaar,Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari janob Anas Fayyad Qarman hamda 20 dan ortiq vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etishdi.

Seminar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Raqamli boshqaruv idorasi Maʼlumotlar amaliyoti rahbari Alena Klatte xonim tomonidan olib borildi.

Seminarda ma’lumotlar boshqaruvining tamoyillari, bu borada qonunchilik hujjatlaridagi, texnologiya va infratuzilmadagi muammolar va imkoniyatlar muhokama qilindi.

Eslatib o’tamiz, Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Kosonsoy tumani adliya boʻlimi foydalanishga topshirildi.

Namangan viloyatida adliya organlarining yana bir binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Namangan viloyati hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi vakillari Qoraqalpog‘istondagi NNTlar faoliyati bilan tanishdi


Adliya vazirligi vakillari Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida Nodavlat notijorat tashkilotlar uyiga tashrif buyurib, u yerdagi NNTlar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlarni o‘rgandi.

Mutasaddilar bilan uchrashuv davomida NNTlarning faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholining ijtimoiy faolligini oshirish hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

Mazkur tashrif nodavlat sektorining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot