🌐Adliya vaziri A.Tashkulovning BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Matilda Bogner bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🔹A.Tashkulov uchrashuv davomida O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda milliy qonunchiligimiz inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiqlashtirib borilayotganligi haqida ta'kidladi.
🤝Shuningdek, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘limi bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Bundan tashqari, uchrashuvda:
▪️Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish;
▪️Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar tizimi;
▪️Aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasi bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilganligi;
▪️Jahon odil sudlov loyihasi (WJP);
▪️NNTlar bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini samarali yo‘lga qo‘yish;
▪️Bepul yuridik yordam sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari doirasida qilinayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.
🤝Shuningdek, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘limi bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari
❗️ Senat a'zolari va deputatlar Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida
✅ O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat a'zolari va Xalq deputatlari Farg'ona viloyat Kengashi deputatlari viloyat adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida boshqarmaga tashrif buyurdilar.
✅ Senat a'zolari va deputatlar adliya boshqarmasida rahbarlar va xodimlarga yaratilgan sharoitlar, shu'balar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
✅ Senat a'zolari va deputatlar tomonidan aholi murojaatlari va ularning huquqiy yechimini ta’minlash yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️ Deputatlar bilan o'ziga xos hamkorlik tizimi yaratiladi✅ O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat a'zolari va xalq deputatlari Farg'ona viloyat Kengashi deputatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoniga asosan adliya organlariga yuklatilgan qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari bo'yicha ma'lumotlar berildi.✅ Xususan, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish, joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda deputatlar bilan hamkorlik o'rnatilishi haqida fikr almashildi.✅ Mazkur tadbirda “Huquqiy mahalla” loyihasi oʻtkazilgan har bir mahallada huquqiy muammolar aniqlash mexanizmi qanday yoʻlga qoʻyilganligi hamda ularni aniqlash holatlari tahlil qilindi.✅ Shuningdek, aholining turmush tarziga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi birlamchi minimal standartlarning tuman (shahar)lardagi ayrim tashkilotlar tomonidan yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar haqida ham to'xtalib o'tildi.✅ Bir so‘z bilan aytganda, adliya boshqarmasining deputatlar bilan yaqin hamkorligi, murojaatlarni hal etishdagi yangicha yondashuv, odamlar tashvishini yengillatishga, ularning o‘z hayotlaridan rozi bo‘lib yashashlariga xizmat qiladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TDYU YURIDIK KLINIKASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega aynan biz?
Web-site: https://tsulclinic.uz/
(Ru)
https://t.me/tsul_yuridicheskaya_klinika
https://youtube.com/@Yuridikklinika?si=DVgAnGXDOi4kpvp6
@TDYU_Yuridik_klinika_bot
71 233 66 36 (ichki raqam 1-1)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yevroosiyo iqtisodiy forumi: mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichi
Joriy yilning 23-25 sentyabr kunlari Xitoyning Sian shahrida “Yevroosiyoda yangi harakatlantiruvchi kuchlarni birlashtirish, barqaror rivojlanishning yangi arxitektonikasini birgalikda barpo etish” mavzusida iqtisodiy forum boʻlib oʻtmoqda. Ushbu forumda ishtirok etish uchun Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi delegatsiyasi vakillari Sian shahriga boʻlib turishibdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Joriy yilning 23-25 sentyabr kunlari Xitoyning Sian shahrida “Yevroosiyoda yangi harakatlantiruvchi kuchlarni birlashtirish, barqaror rivojlanishning yangi arxitektonikasini birgalikda barpo etish” mavzusida iqtisodiy forum boʻlib oʻtmoqda. Ushbu forumda ishtirok etish uchun Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi delegatsiyasi vakillari Sian shahriga boʻlib turishibdi.
Kuni kecha “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi vakillari mazkur yirik xalqaro forumning ochilish marosimida ishtirok etdi. Delegatsiya aʼzolari forum doirasida boʻlib oʻtayotgan turli tadbirlar orqali xalqaro tashkilotlar, davlat va hukumat vakillari, shuningdek, xorijiy ekspertlar bilan fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.
Forumda 40 ga yaqin mamlakat va mintaqalardan 500 dan ortiq siyosat arboblari, ishbilarmonlar va ilmiy doiralar vakillari, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) va “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusiga aʼzo davlatlar vakillari ishtirok etmoqda.
Ushbu tadbir doirasida 13 ta yoʻnalish boʻyicha kichik forumlar, shuningdek, iqtisodiy, huquqiy, savdo va madaniy aloqalarga oid qator uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, bu oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy qadamdir.
Jumladan,
Yevroosiyo iqtisodiy forumining eng muhim jihati shundaki, u nafaqat rasmiy uchrashuvlar maydoni, balki ishtirokchi mamlakatlar oʻrtasida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi samarali mexanizmdir. Forum doirasida erishilgan kelishuvlar va oʻrnatilgan aloqalar esa kelgusida savdo, investitsiya va huquqiy sohalarda yangi, oʻzaro manfaatli loyihalarning amalga oshishiga zamin yaratadi.
Shuningdek, “Adolat” MHAM vakillari Xitoy va xorijiy korxonalar oʻrtasida transchegaraviy hamkorlik boʻyicha xizmat koʻrsatish va sheriklik uchrashuvi doirasida Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi (Lex.uz) imkoniyatlari, unga joriy etilgan yangiliklar yuzasidan taqdimot oʻtkazishdi.
Mazkur taqdimot davomida mamlakatimizda huquqiy axborot sohasini raqamlashtirish jarayonlari, jumladan, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan Lex AI platformasi haqida atroflicha maʼlumot berildi. Taqdimot ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi va xorijiy hamkorlar bilan qator amaliy loyihalarni muhokama qilishga zamin yaratdi.
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi vakillarining Yevroosiyo iqtisodiy forumidagi ishtiroki huquqiy axborot va raqamlashtirish sohasidagi innovatsion tajribalarni keng targʻib qilish, xalqaro loyihalarni implementatsiya qilish va tajriba almashish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🗓 2025-yil 1-dekabrdan boshlab fuqarolardan quyidagi hujjat va ma'lumotlarni talab qilish bekor qilinadi:
❌ nikohni rasmiylashtirishda — tibbiy ko'rik natijalarini taqdim qilish;
❌ FHDY organi tomonidan sud qarori bilan nikohdan ajratishni qayd etishda — sud qarorini taqdim qilish;
❌ tegishli mudofaa organlariga — chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, o‘qish joyi, ish joyi va lavozimida o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilish;
❌ avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasida — mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi.
✅Ushbu turdagi ma'lumot va hujjatlar "Raqamli hukumat" tizimi orqali mas'ul davlat organlari tomonidan taqdim etiladi.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni.