ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Buxoro davlat universiteti va Buxoro davlat texnika universitetida “Intellektual mulk sohasidagi faoliyatni himoya qilish” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi


Seminarda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari hamda soha mutaxassislari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mamlakatimizda intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, ularni amaliyotda samarali qo‘llash, yoshlar o‘rtasida mualliflik huquqi va patent madaniyatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mutaxassislar intellektual mulkning iqtisodiyot va ta’lim sohasidagi o‘rni, innovatsion faoliyatni rivojlantirishdagi ahamiyati, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari haqida ma’ruza qildilar.

Seminarda ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Ishtirokchilar fikr-mulohazalari orqali intellektual mulk sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan keng qamrovli bilim va amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Mazkur ilmiy seminar yoshlarni intellektual mulkni qadrlash, mualliflik huquqlarini hurmat qilish va ijodiy ishlarda innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanishga undashga xizmat qildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhining Buxoro viloyatiga xizmat safari “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasida davom etdi


Erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqotlar davomida ular tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–1080-son Qonuni bilan tadbirkorlik subyektlarida intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi jarayoni, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarida ortiqcha hujjatlardan voz kechilishi hamda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati bilan tanishildi.


Adliya vazirligi mas'ul xodimlari Buxoro viloyatiga xizmat safari doirasida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati bilan tanishildi.

Bunda birinchi navbatda Markazlar xodimlariga yaratilgan sharoitlar o'rganildi. Markaz xodimlariga "E-huquqshunos" elektron tizimiga joriy etilayotgan innovatsion funksiyalar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Markaz xodimlarining sohani takomillashtirish yuzasidan bildirgan takliflari yurituvga olinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Navoiy davlat universitetida ixtiro, foydali model va boshqa intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish yuzasidan targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ–1080-son Qonuniga asosan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik va kuchaytirilayotgan ma'muriy jazo choralari yuzasidan tushuntirilar berildi.

Shuningdek, kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

“Nogironlar va xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish masalalari”ga bagʼishlangan trening tashkil etildi.

Joriy yilning 2025-yil 19-sentyabrda "Madad" muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Buyuk Britaniyaning Oʼzbekistondagi elchixonasi koʼmagi bilan Аndijon shahridagi “Chinor” mehmonxonasida nogironlar va xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish masalalariga bag'ishlangan trening tashkil etildi.

Mazkur treningni oʼtkazishdan maqsad nogironligi boʼlgan shaxslar va xotin-qizlarni huquqiy himoya qilishga doir qonunchilik boʼyicha "mahalla yettiligi" vakillarining huquqiy savodxonligini oshirish hisoblanadi.


Mazkur tadbirda, Аndijon viloyat adliya boshqarmasi, “Madad” NNT masʼul xodimlari va “mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Quvasoyda "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko'mak" aksiyasi o'tkazildi

"Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko'mak" aksiyasi doirasida Quvasoy shahrida o'nlab hamkor tashkilotlar ishtirokida huquqiy aksiya o‘tkazildi.

Tadbirda 150 dan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi ishtirok etdi, 40 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi,132 nafar fuqarolar bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, ularning 68 nafariga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Batafsil videolavhada 👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM