#Adliya_xabari
Xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda
Joriy yilning 19-sentyabr kuni Toshkent shahrida BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Taraqqiyot dasturi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda bir qator nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligida “O‘zbekistonning demokratik rivojlanishida fuqarolik jamiyatining o‘rni: global chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.
Konferensiyada adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati erkinligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etmoqda.
Shuningdek, konferensiyada bir qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda: BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili – Sabine Mahl, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o'rinbosari – Anas Fayyad Qarman hamda YXHTning O‘zbekistondagi loyiha koordinatori – Antti Karttunen va boshqalar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

#Diqqat_muhim
📣 Hurmatli hamyurtlar!
Adliya vazirligining 1008, 1148 – “Ishonch telefonlari” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.
Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda.
Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz.
Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#Adliya_xabari
✅ Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashda yangi tartiblar joriy qilindi
✅ Bugun 19-sentabr kuni Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning mas’uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–161-son Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirish va uning ijrosini samarali tashkil etish maqsadida vazirlik va idoralarning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbarlari va xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
✅ Mazkur seminarda vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Adliya vazirligi mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
👉🏻Batafsil 👈🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👉🏻Batafsil 👈🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
❗️ Adliya vazirligi ishchi guruhi Farg'onada o'z ishini davom ettirmoqda
✅ Ayni kunlarda Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Farg'ona viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarining faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
✅ Bugun vazirlik mas’ullari Yozyovon, Qo'shtepa, Marg'ilon, Toshloq, Quva, Farg'ona tumanlari va Farg'ona shahridagi Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
✅ O‘rganishlar doirasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqishning samaradorligi, elektron xizmatlardan foydalanish darajasi, hujjatlarni rasmiylashtirishda byurokratik to‘siqlar mavjudligi hamda xizmat ko‘rsatish madaniyati kabi jihatlar atroflicha tahlil qilindi.
✅ Shuningdek, tizim xodimlari va fuqarolar bilan muloqotlar tashkil etilib, xizmatlar ko‘rsatishda qulayliklar yaratish borasida ularning taklif va mulohazalari tinglandi.
✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🌾Qishloq xo‘jaligiga mo'ljallangan yerlarni konservatsiya qilish davlat xizmatidan qulay tarzda foydalaning!
✅ Endlikda arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🔷 Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik va jismoniy shaxslar hamda tuman (shahar) hokimliklari.
🏛 Vakolatli organ: Qishloq xo'jaligi vazirligi.
💰Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-sentabrdagi 590-son qarori.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Xorazm_viloyati
Adliya organlariga biriktirilgan yoshlar muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan lavha