ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Ishchi guruh tomonidan tashkilotlar faoliyati o'rganildi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan "Namunaviy tashkilot" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida nazorat qiluvchi organlarning mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Buxoro shahar iqtisodiyot va moliya bo'limi hamda 17-sonli umumiy umumiy o'rta ta'lim maktabida ekologiya, yong'in va texnika xavfsizligi, sanitariya-epidemiologik talablarga rioya etilishi hamda arxiv ishining yuritilish ahvoli o'rganildi.

O'rganish davomida aniqlangan holatlarni bartaraf qilish yuzasidan tashkilotlarga amaliy yordam berilib, tegishli uslubiy tavsiyalar taqdim etildi.

"Namunaviy tashkilot" loyihasi doirasida erishilgan natijalar respublika miqyosida ommalashtirilishi ta'minlanadi.
#Adliya_xabari

❗️Farg'onada tadbirkor ayollar bilan noodatiy uchrashuv tashkil etildi

"Tovar belgisi hamda unga ega bo'lishning afzalliklari" mavzusida o'tkazilgan ushbu uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan o‘z brendiga ega bo‘lish hamda uning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir davomida tadbirkor ayollar intellektual mulk sohasiga oid savollarga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari to‘g‘risida tadbirkorlarga tushuntirishlar berish orqali profilaktik tadbirlar o'tkazildi.

Shuningdek, 2025-yilning 8-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ–1080-son Qonuni bilan intellektual mulk egalarining mulkiy huquqlarini, jumladan tovar belgisi, ixtirolar, dasturiy taʼminot, sanoat namunasi va boshqa obyektlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarliklar belgilanganligi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ADLIYA ARALASHGACH

🔹Muammoga yillar davomida yechim topilmagan edi. Ammo adliya aralashgach, fuqarolarning huquqlari tiklandi. Shahrisabz shahrida xodimlarga tegishli ustama to‘lovlar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijasida yuz millionlab so‘mlar qayta undirib berildi…

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Farg'onada.

🔹Ayni kunlarda Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Farg'ona viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarining faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔸Bugun vazirlik mas’ullari Beshariq, Bag'dod, Buvayda, Dang'ara, Furqat, Uchko'prik va O'zbekiston tumanlari Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔸O‘rganishlar davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini tez va oson taqdim etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish jarayonlari o‘rganilib, bu boradagi ishlar sifati tahlil qilindi.

🔸Shuningdek, tizim xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralari belgilandi.
Endi vasiyatnoma oshkora tasdiqlanadi

Er-xotinlar birgalikda vasiyat qoldirishi mumkinmi? Meros shartnomasi otaning so‘nggi vasiyatidan ustunmi? Vasiyatnomadan bexabar aka-uka yoki opa-singillar merosdan mahrum bo‘ladimi?

“Yuridik klinika” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida ana shu dolzarb mavzuning huquqiy tomonlari muhokama qilindi. Prezidentning notariatga oid yangi qarori (PQ-280)da ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar va qulayliklar tushuntirildi.

❗️To‘liq video 👉🏻 https://youtu.be/tqKIa7vi0EM?si=qFnoQjk5jgSTkrPA

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM